Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə14/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   247
tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir” (Haj, 1-2).

Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir: “Sur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi” (“Zumar”, 68).


Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar shahidlarning ruhidir. Ba’zilar aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: “Maxluqlarimdan kim qoldi?” deb. Aytadiki: “Ey Parvardigor! Sen hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil, Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim”, deb javob berganida, Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida shunday zikr qilingan.
Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: “Alloh subhonahu va taolo aytadiki: “Jabroil, Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!” So‘ngra Alloh azza va

jalla aytadiki: “Ey ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?” deb. Shunda farishta: “Sen o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi”, deganida, Alloh aytadiki: “Ey ajal farishtasi, Mening:


Har bir jon o‘limni totguvchidir” degan so‘zimni eshitmaganmiding?” (Oli Imron, 185). Sen mening maxluqlarimdan biridirsan, seni ko‘rgan narsalaring uchun yaratdim endi o‘l!” deydi, so‘ng u o‘ladi”.

Boshqa bir xabarda rivoyat qilinadiki: “Alloh taolo unga o‘z jonini sug‘urishni buyuradi, farishta jannat va do‘zax oralig‘idagi joyga kelib, o‘z jonini o‘zi sug‘uradi va shunday qichqiradiki, agar maxluqot tirik bo‘lganda, uning ovozidan o‘lib qolar edilar. Shu vaqtda farishta aytadiki: “Agar jonni olish shunchalik qattiq va achchiqligini bilganimda, mo‘minlarning jonini olishda shafqat qilar edim”, deydi va o‘ladi. Shu bilan maxluqotdan hech kim qolmaydi. Shundan so‘ng Alloh taolo zaif-noqis dunyoga aytadiki: “Qani podshohlar? Qani shahzodalar? Qani zolimlar? Qani zolimlarning o‘g‘illari? Mening ne’matlarimni yeb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar qani?” Keyin aytadiki: “Bugun mulk kimniki endi?” Hech kim javob bermaydi, shunda Alloh taolo o‘zi javob berib aytadiki: “Yolg‘iz Qahhor bo‘lmish (qahr qiluvchi) Allohnikidir!” So‘ng Alloh taolo osmonga yomg‘ir yog‘dirishni buyuradi va osmon qirq kun erkaklarning maniysiga o‘xshash yomg‘ir yog‘diradi, suv hamma narsadan o‘n ikki barobar baland bo‘lgandan so‘ng Alloh taolo o‘sha suv bilan maxluqlarni o‘tni undirib chiqargandek undiradi, ular to‘lishib, o‘zlarining avvalgi holatlariga qaytadilar. So‘ngra Alloh taolo: “Isrofil va Arshni ko‘targuvchilar tirilsin!” deydi va Allohning amri bilan tiriladilar. Alloh taolo Isrofilga

buyuradi va u surni og‘ziga qo‘yadi, keyin Alloh taolo: “Jabroil va Mikoil tirilsin!” deydi va ular ham Allohning amri bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taolo ruhlarni chaqiradi va ular keltiriladilar va ularni surnayning ichiga qo‘yadi, keyin Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u tiriltirish surini chaladi va ruhllar xuddi arilarga o‘xshab osmonning orasini to‘ldirib chiqadilar, yerdagi jasadlarning dimog‘iga kiradilar va yer ularning ustidan ochiladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi”, deb aytganlar.

46. Boshqa bir xabarda kelishicha, Alloh taolo Jabroil, Mikoil va Isrofilni tiriltirganda Rasulullohning (s.a.v.) qabrlariga tushishadi, ular bilan birga Buroq va jannatdan keltirilgan rido va izor bo‘ladi. So‘ngra Rasulullohning (s.a.v.) ustilaridan yer ochiladi va payg‘ambarimiz Jabroilga qarab: “Ey Jabroil! Bu kun qanday kun?” deydilar. Shunda Jabroil aytadiki: “Bu qiyomat kuni, bu haqiqat kuni, bu musibat kunidir!” Rasululloh (s.a.v.) so‘raydilarki: “Alloh taolo ummatimni nima qildi?” deb Jabroil aytadiki: “Xursand bo‘ling, birinchi bo‘lib sizning ustingizdan yer ochildi!” So‘ngra Alloh taolo Isrofilga buyuradi va Isrofil surni chaladi, shunda hamma qabrdagilar Allohning amriga muntazir bo‘lib kutib turadilar.


Abu Hurayradan aytilgan hadisga qaytsak, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: “Ular qabrlaridan yalang‘och va yalangoyoq holda chiqadilar va yetmish yil bir yerda turadilar. Alloh ularga qaramaydi va hukm ham chiqarmaydi, ular ko‘z yoshlari tugaguncha yig‘laydilar. Ko‘z yoshlari tugagach, qon yig‘laydilar va terlab, terlari ularni iyaklarigacha ko‘mib, jilovlab bog‘laydigan holatga kelganlarida ularni mahsharga (yig‘ilish joyiga) chaqiradi. Alloh taolo:
Chorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan – chaqiradigan Kunda ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yeyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar. Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar: “Bu og‘ir kundir!” derlar” (Qamar, 6-

8).

Insonlar, jinlar va boshqa maxluqot – hammalari yig‘ilib turganlarida osmondan qattiq o‘kirik eshitiladi, bu ularni qo‘rqitib yuboradi, keyin osmon ochiladi va dunyo osmonning farishtalari yerdagilarga o‘xshab tushadi, keyin saflarini egallab turishadi. Ularga deydilarki: “Rabbimiz hisob qilishni sizlardan buyurib yubordimi?” Aytadilarki: “Yo‘q, Rabbimizning amri endi keladi” Keyin ikkinchi osmonning farishtalari tushadi, dunyo osmoni farishtalari ko‘payishib tushishadi va dunyo ahli atrofida turib oladilar.
Zahhok aytadiki: “Alloh taolo dunyo osmoniga buyuradi va u ichidagi farishtalari bilan ochiladi, farishtalar tushib yerni va yerdagi narsalarnni o‘rab olishadi, keyin ikkinchi osmon o‘z ichidagilari bilan ochiladi, keyin uchinchisi, keyin to‘rtinchisi, keyin beshinchisi, keyin oltinchisi, keyin yettinchisi ochilib, farishtalari tushib yetti saf bo‘lib, bir-birlariga aralashib turishadi. Yer ahli qaysi tomondan kelmasinlar, o‘sha joyda yetti qator farishtalarni topadilar. Alloh taolo aytadiki:
Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch- qudrat bilangina o‘ta olursizlar! (Lekin u kunda sizlarda hech qanday kuch- qudrat bo‘lmas)” (Rahmon, 33).
Bulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat)


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin