"Kim yaxshi amal qilsa, unga o‘n barobar (qaytarilur)" (An’om, 160);
"Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyu xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur" (Noziot, 40–41).
Havoyi nafs hamma gunohlarning aslidir. Darhaqiqat, toatlarda ko‘p jihatlar, vaqtlar shart qilindi. Shundan so‘ng Alloh xohlasa, qabul qiladi va jannatga o‘z rahmati va fazli bilan kirgizadi, agar xohlasa, qaytaradi. Gunohlarni tashlashda uni tark qilishdan boshqa narsani shart qilmadi va jannatga kirgizishni va’da berdi:
"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga kiriturmiz" (Niso, 31).
. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo qaytargan narsaning ozginasini tark qilish ins va jin ibodatlaridan yaxshidir".