Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə156/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   247
"Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35). Aqlli kishi taqvodor kishidir, garchi dunyoda past sanalsa ham".

Ya’ni, taqvodor shunday zotki, u ham Allohdan qo‘rqadi, ham gunohlaridan qo‘rqadi.


Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo‘rqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qo‘rqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. U umid etish alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish".
Aytilishicha, xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati – amalingizning Allohni rozi qiladigan bo‘lishi, qo‘rqinch alomati – Alloh man qilgan narsalardan qaytishingiz.
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Hazrati Umarga (r.a.) suiqasd qilinganda: "Ey amirul mo‘minin, odamlar kofirligida musulmon bo‘ldingiz. Odamlar o‘zini chetga olganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga jang qildingiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Sizga hech qachon ikki kishi muxolif bo‘lmadi. Shahid bo‘lib, jon beryapsiz", dedilar. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: "Fururlanuvchi sizlar g‘ururlantirgan kimsadir. Allohga qasamki, agar quyosh nuri yetgan barcha narsa meniki bo‘lsa, ularni qiyomat kunidagi qo‘rqinchga fido qilib yuborar edim".
586. Hasan Basriy Jobirdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Mo‘min ikki qo‘rqinch orasidadir: O‘tgan umrini Alloh nima qilishini bilmaydi va qolgan umriga qanday taqdir bitganini ham bilmaydi. Banda nafsidan nafsi uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga

qasamki, o‘limdan keyin tanbeh yo‘qdir, dunyodan keyingi hovli yo jannat, yo do‘zaxdir".


587. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh azza va jalla deydi: "Izzatim va buyukligimga qasamki, ikkita qo‘rquv va ikkita xotirjamlikni bandamda jam qilmayman. Kim dunyoda Mendan qo‘rqsa, oxiratda uni xotirjam qilaman. Kim dunyoda xotirjam bo‘lsa, qiyomatda uni qo‘rqitaman".
588. Ammor ibn Mansur (r.a.) rivoyat qiladilar: "Adiy ibn Arta’aning minbarlari tagida edim. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘rtamizda bo‘lgan gapni aytib beraymi?" deb qoldilar. Odamlar: "Ha", deyishgach, aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo yaratgan kundan boshlab, qiyomatgacha yettinchi osmonda sajda qiluvchi maloikalar bordir. Ularning tizzalari Allohdan qo‘rqqanidan qaltirab turadi. Qiyomat kuni bo‘lsa, ular boshlarini (sajdadan) ko‘tarib, ey pok Parvardigor, Senga

haqiqiy ibodat qila olmadik", deb aytishadi", dedilar".


Abu Maysaradan rivoyat qilinadi: U kishi ko‘rpasiga yotayotganlarida aytar ekanlar: "Qani, meni onam tug‘masa edi". Xotinlari: "Ey Abu Maysara, Alloh sizga yaxshiliklar bermadimi, Islomdek ne’matga sazovor qilmadimi?" desa, "To‘g‘ri, lekin Alloh taolo bizlarning do‘zaxga kirishimizni bayon qildi-yu, undan chiqishimizni bayon qilmadi", der ekanlar.
Fuzayil ibn Iyoz (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Men muqarrab farishta bo‘lishni ham, payg‘ambar bo‘lib yuborilishni ham orzu qilmayman. Ular qiyomat kuni itobga olinmaydilarmi? Men yaratilmaganimda edi, deb orzu qilaman".
Hakimlardan biri aytadi: "Xafalik ovqatdan tiyadi, xavf esa gunohlardan. Umid toatni mustahkamlaydi, o‘limni eslash ortiqcha narsalarni tark etdiradi".
589. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘minning qalbi Allohdan qo‘rqqanidan qaltirasa, xatolari daraxtning barglari tukilgan yanglig‘ to‘kiladi".
590. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Sizni ahlingiz kimlar, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Qiyomat kunigacha taqvo qilgan har bir mo‘min mening ahlimdir. Ogoh bo‘linglarki, mening do‘stlarim taqvodorlardir. Biringizning biringizdan fazlingiz Allohga taqvo qilishingiz bilandir".
591. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa najot beradi va uch narsa halok etadi. Halok qiluvchi narsalar – qattiq baxillik, o‘zining orqasidan ergashtiruvchi havoyi nafs, kishining o‘z-o‘ziga ajablanishi. Najot beruvchilar – g‘azab va rizolikda adolat qilish, tanglik va kenglikda iqtisod qilish, yashirin va oshkora Allohdan qo‘rqish".
Rabi’ ibn Xusaymdan zikr qilinadi. U kishi kechasi bilan qo‘rqib yig‘lab chiqar edilar. Onalari bu holatlarini ko‘rib: "Birontani o‘ldirdingmi?" deb so‘ragan edilar, "Ha", deb javob qildilar. "Kim u? Uning yaqinlaridan afv so‘raymiz. Allohga qasamki, ular sening ahvolingni bilsalar, senga rahm qiladi", dedi onalari. U kishi shunda: "Ey onajon, nafsimni halok qildim", dedilar.
Faqih aytadilar: Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi.

1. Tilida, ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi va Allohning zikri, Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi.

2. Qornida, ya’ni, faqat halol narsani yeydi va hojati miqdorida yeydi.

3. Ko‘zida, ya’ni, haromga qaramaydi, dunyoga rag‘bat nazari qilmaydi, balki ibrat bilan qaraydi.

4. Qo‘lida, ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi. Balki qo‘lini Alloh toatidagi ishlarga uzatadi.

5. Oyog‘ida, ya’ni, Allohga gunoh ishlarda yurmaydi.

6. Qalbida, ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azablanish, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat paydo qiladi.

7. Allohga toatda, ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi. Riyo va nifoqdan saqlanadi.


Kim ushbu ishlarni qilsa, Alloh taolo aytgan kishilardan bo‘ladi:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin