"Duolaringiz ijobat bo‘ldi, endi to‘g‘ri yo‘lda sobit bo‘linglar" (Yunus, 89), deb vahiy qildi.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Duolari bilan ijobat bo‘lish orasidagi vaqt qirq yil edi".
613. Yazid ibn Raqqoshiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rsa, unga baloni beradi... Shunda osmon ahli orasida rahm qilingan kishi bo‘ladi. Qaysi bir duoni qilsa: Alloh uni uch holatdan biri bilan ijobat qiladi", ya’ni, duosini tezda beradi, yoki oxiratga zaxira qiladi yoki uning miqdoricha gunohini kafforat qiladi.
Hakimlar bir zot aytadi: "To‘rt kishida saodat yo‘qdir:
1. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishga baxillik qilgan kishida.
2. Muazzinga ijobat qilmagan kishida.
3. Biror inson yaxshilik ustida undan yordam so‘raganda, yordam bermagan kishida.
4. O‘ziga va mo‘minlar haqqiga namozlarining orqasidan duo qilmagan kishida".
Abdulloh ibn Antokiy (r.a.) aytadilar: "Qalbning davosi beshta narsada: Solihlar bilan o‘tirish, Qur’on o‘qish, qorinni haromdan saqlash, kechasi ibodat qilish va subh paytida tazarru’da bo‘lish".
. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar Allohdan so‘rasangiz, kaftlaringizning ichini ochib so‘ranglar, orqasi bilan so‘ramanglar va kaftlaringizni yuzlaringizga surtinglar".
Dostları ilə paylaş: |