Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə23/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   247
so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar” (Niso,

110).
78. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening shafoatim ummatimning katta gunoh qilganlari uchundir, buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi”.


Jobir ibn Abdulloh aytdi: “Kim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj bo‘lmaydi”.
79. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Mening shafoatim katta gunoh qiluvchi ummatimgadir. Buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi”.
80. Jobir ibn Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Bizlarning oldimizga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar va aytdilar: “Mening oldimdan hozirgina do‘stim Jabroil alayhissalom chiqdi, aytdi: “Ey Muhammad, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, Allohning bandalaridan biri besh yuz yil tog‘ning ustida Allohga ibodat qildi. Tog‘ning uzunligi va kengligi o‘ttiz gaz edi. Dengiz uni har tomonlama to‘rt ming farsax masofadan o‘rab turardi. Alloh taolo uning uchun shirin suvli buloq oqizgan edi. Va yana anor daraxti bor edi. Har kuni undan bir dona anor chiqar edi. Kechasi o‘tsa, tahorat

olganidan keyin, o‘sha anorni olib yer, keyin namozga qoyim bo‘lar edi. U Allohdan sajda qilib turgan vaqtida jonini olishni va yer va boshqa qurt-qumursqalar yemasligini so‘rar edi” Alloh taolo uning aytganidek qildi. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bizlar qachon uning oldidan o‘tsak, tushsak va chiqsak, uning sajdada ekanini ko‘rar edik. Ilmda topdikki, qiyomatda u tirildi va Allohning qudrati oldida to‘xtadi. Alloh taolo: “Bandamni jannatga kirgizinglar, rahmatim bilan!” dedi. Banda aytdi: “Yo‘q, meni amalim bilan kirgizgin”. Maloikalarga Alloh aytdi: “Uning amallarini unga berilgan ne’matlar bilan hisoblanglar”. Unga berilgan ko‘z ne’matining o‘zi besh yuz yillik ibodatini qamrab oldi va jasad ne’mati qarz bo‘lib qoldi. Alloh: “Bandamni do‘zaxga kirgizinglar”, dedi. So‘ngra ular do‘zaxga

olib borar ekanlar, u nido qilar edi: “Ey Rabbim, rahma-ting bilan jannatingga kirgizgin!” Alloh taolo uni qaytarishni buyurdi. Alloh qudrati oldida to‘xtatildi. Alloh: “Ey bandam, sen oldin yo‘q eding, seni kim yaratdi?” dedi. “Ey Rabbim, Sen yaratding!” “Bu sening amalingmi yoki mening rahmatimmi?” Aytdi: “Sening rahmating!” “Kim seni besh yuz yil ibodat qilishga yarasha quvvatlantirdi?” Aytdi: “Ey Rabbim, sen quvvatlantirding!” “Tog‘da senga tagi ko‘rinmaydigan katta suvni kim chiqardi? Sho‘r suvdan shirin suvni kim chiqardi? Har kecha senga bir dona anorni kim chiqardi? Anor yilda bir marotaba chiqar edi-ku! Sajda qilib turgan vaqtingda joningni olishimni so‘rading. Men shunday

qildim. Bularni kim qila olardi?” “Sen, ey Rabbim!” dedi. Alloh aytdi: “Bularning hammasi Mening rahmatimdir va rahmatim bilan jannatga kirgizgayman!.. Bandamni rahmatim bilan jannatga kirgizinglar! Sen qanday yaxshi bandam bo‘lding!” Alloh taolo uni



jannatga kirgizdi”. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bularning hammasi Allohning rahmatidir!”
81. Hasandan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘lim vaqtida musulmon kishining qalbida xavf bilan umid jam bo‘lganida, nimani umid qilsa, Alloh taolo shuni beradi va nimadan qo‘rqqan bo‘lsa, uni ketkazadi”.
82. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar!” “Siz ham najot topmaysizmi, yo

Rasululloh?” Aytdilar: “Men ham, lekin meni Alloh o‘z rahmati bilan o‘rab oladi! Alloh taologa yaqin bo‘ladigan amallarga yaqinlashinglar. To‘g‘ri so‘zni aytinglar. Allohga ibodat qilinglar va kunning ikki tarafi va kechaning qorong‘u paytida zikr qilinglar. Amal qilinglar quyosh chiqishida va quyosh botishida, qorong‘i kechalarda ibodatni lozim tutinglar”.


83. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)

aytdilar: “Yengil qilinglar, og‘ir qilmanglar, xursand qilinglar va qochirmanglar!”


Ibn Mas’ud aytadi: “Odamlarga qiyomat kuni rahmat davomli bo‘lganini ko‘rgan iblis boshini ko‘tarib, Alloh rahmatining kengligini, shafoat qiluvchilarning shafoatini ko‘radi!”.
84. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kunida Arshning tagidan nido qilguvchi nido qiladi: “Ey Muhammadning ummati! Mening tomonimdan sizlarga nimaiki bo‘lsa, berdim. Endi bandalarning haqlari qoldi. Bir-biringizga beringizlar va jannatga Mening rahmatim bilan kiringizlar”.
Fuzayl ibn Iyoz, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Xavf inson salomat bo‘lgan paytda bo‘lsa, afzaldir. Vaqtiki kasal va amaldan ojiz bo‘lsa, umid qilishi afzaldir”. Ya’ni kishi salomat bo‘lsa, qo‘rqinch afzal, toatlarda kuch va g‘ayrat ko‘rsatmoqligi, gunohlardan qaytishligi kerakdir. Agar kasal va ojiz bo‘lsa, umid qilish afzaldir.
Abu Ravvodning otasi aytadi: “Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: “Ey Dovud! Gunohkorlarni xursand qil va siddiqlarni ogohlantir!” So‘radi: “Gunohkorlarni qanday xursand qilib, siddiqlarni qanday ogohlantiraman?” “Gunohkorlarga xursandchilik xabarini bergin, ularning gunohlarini kechirmoqlik Menga katta ish emas! Va ogohlantir siddiqlarni, qilgan amallari bilan gerdaymasinlar. Men biror kishiga o‘zimning o‘lchov- hisobimni qo‘ysam, uni halok qilgayman”.
Ba’zi ahli kitoblardan aytiladi: “Alloh taolo: “Albatta Mening o‘zimgina Allohman! Podshohlarning podshohiman! Podshohlarning qalblari Mening qudratimdadir va taqdirlari qo‘limdadir. Qaysi qavmdan rozi bo‘lsam, ularga podshohlarning qalbini rahmli qilib qo‘ydim. Qaysi qavmga g‘azabim tushsa, ularga podshohlarning qalbini o‘t-g‘azabli

qilib qo‘ydim. Podshohlarni la’natlash bilan o‘zlaringni mashg‘ul qilib qo‘ymanglar. Menga tavba qilinglar va sizlarga mehribonlik va yumshoqlik qilgayman”.


85. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘minlar Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, jannatiga hech kim tama’ qilmagan bo‘lar edi va agar kofirlar Allohning huzuridagi rahmatini bilganida edi, uning rahmatidan hech kim noumid bo‘lmas edi”
86. Ahmad ibn Saql aytdi: “Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim va: “Senga Rabbing nima qildi!” deb so‘radim. Dedi: “Meni chaqirdi va aytdi: “Ey yomon chol, nima qilgan bo‘lsang, qilib bo‘lding!” Aytdimki: “Ey Rabbim, Sendan bir so‘z eshitgan edim”. So‘radi: “Nima eshitding?” Aytdim: “Menga Abdurazzoq Mu’ammardan, Zuhriydan, Urvadan, Oyishadan, Payg‘ambardan (s.a.v.) Jabroil alayhissalomdan rivoyat qilinishicha, Sen aytibsanki: “Qaysi bir muslim Islomda sochi oqarsa, Men uni azoblashdan uyalgayman”, deb. Men esa juda keksaman”. “Abdurazzoq to‘g‘ri aytdi. Mu’ammar, Zuhriy, Urva, Oyisha, Muhammad va Jabroil to‘g‘ri aytibdilar. Men ham to‘g‘ri aytganman! Ey Yahyo,

Men Islomda sochlari oqargan kishini azoblamayman!” dedi va meni jannatga kirishga buyurdi”.


87. Umar Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning oldilariga kirgan vaqtida, yig‘lab turgan ekanlar. “Nega yig‘layapsiz, yo Rasululloh?” deb so‘radi. “Menga Jabroil keldi va aytdi: “Albatta, Alloh taolo Islomda qarib, sochi oqargan mo‘minlarni azoblashdan uyaladi”. Endi mo‘min ham Islomda sochi oqargan paytida Alloh taologa gunoh qilishlikdan qanday uyalmasin!”
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: qariyalarga bu ikrom-karomatlarni bilmoqligi va Allohga shukr qilmoqligi, kiroman kotibinlardan (ikki farishtadan) uyalishi, gunohlardan qaytishi va Alloh taoloning itoatiga doim tayyor bo‘lishligi vojibdir! Chunki u qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, agar ekin o‘rimga kelib qolsa, kutib o‘tirilmaydi. Shuningdek, yigitlarga ham Allohdan qo‘rqmoqligi, gunohlardan saqlanmoqligi, toatda bardavom bo‘lishliklari vojibdir! Chunki hech kim qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, yigit Alloh taoloning ibodatlarini qabul qiluvchi bo‘lsa, gunohlardan qaytsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida Arshning tagida soyalantiradi!
88. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo yetti kishini, qiyomatda faqatgina arshning soyasidan boshqa soya yo‘q vaqtda uning soyasida soyalantiradi: 1) odil imomni; 2) Allohning ibodatida ulg‘aygan yigitni; 3) hami-sha qalbi masjidga bog‘langan, agar masjiddan chiqsa, yana qaytadigan kishini; 4) Alloh yo‘lida bir-birini do‘st tutgan kishilarni va Alloh yo‘lida yig‘ilib, Alloh yo‘lida tarqaladiganlarni; 5) Allohni xoli holda zikr qilib, ko‘zidan yosh oqizgan kishini; 6) sadaqa berganida yashirib beradigan kishini, qaysiki o‘ng qo‘li

berganini chap qo‘li bilmaydi; 7) chiroyli, nasabli ayol o‘ziga chorlaganida, “Men Allohdan qo‘rqaman”, deb bormagan kishini”.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin