Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə25/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   247
VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi. Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo hammani bitta xos amal bilan azoblamaydi, lekin gunohlar zohir bo‘lsa, o‘shandan qaytarmasalar, o‘sha qavmning hammasi azobga haqli bo‘ladi”.

90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan halok qiluvchiman va yomon ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim, yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi: “Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar bilan birga yeyishdi va ichishdi”.


91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay Alloh taolo yomonlik kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki, yaxshilikka buyuradilar, yomon ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki:
Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar...” (Tavba, 71).
Ammo shunday kishilar borki, ular yomonlikka buyuradilar, yaxshi ishlardan

qaytaradilar. Shu yomonlikni ochuvchi kalitdir. Bu munofiqlarning alomatidir. Alloh taolo aytganidek:

Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar. Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar” (Tavba, 67).
Hazrati Ali ibn Abu Tolib aytadi: “Amallarning yaxshirog‘i yaxshi ishlarga buyurmoqlik, yomonlikdan qaytarmoqlikdir, fosiqni yomon ko‘rmoqlikdir. Yaxshi ishlarga buyurish mo‘minlik alomatini kuchaytiradi. Kim yomon ishlardan qaytarsa, munofiqning burnini yerga ishqabdi!”
92. Said Qatodadan rivoyat qildi. Bizga eslatildiki, bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘sha kuni Makkada edilar. Aytdiki: “Siz o‘zingizni payg‘ambar deb da’vo qilasizmi? Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ha”. Aytdi:

“Alloh taolo uchun qaysi amallar yaxshiroq?” “Allohga imon keltirishing, qarindoshchilikni bog‘lashing”. “Keyin-chi?” Aytdilar: “Yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarmoqlik” Yana: “Alloh taologa qaysi amallar yomonroq?” deb so‘radi. Javob

berdilar: “Allohga shirk keltirishlik”. “Keyinchi?” deb yana so‘radi. “Qarindoshlikni uzishlik”. “Keyinchi?” “Yaxshilikka chaqirishni hamda yomon ishlardan qaytarishni tashlash”, deb javob berdilar.
Sufyon Savriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “O‘z qo‘shnisi oldida yaxshi ko‘ringan va do‘stlari oldida maqtalgan qorini ko‘rsang, bilginki o‘sha kishi xushomadgo‘y, laganbardordir”. Ya’ni kishi odatda o‘zining qo‘ni-qo‘shniisni va birodarlarining xatosini va kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurishga buyurilgan, demakki agar qo‘ni-qo‘shnisining xato-kamchiligini aytmasa, zotan ular tomonidan yaxshi ko‘riladi. Xuddi shu kabi yor- birordarlarini ham xato-kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurmasa, ular tomonidan maqtovga erishadi. Zeroki, inson tabiati agar islomiy ruh bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, undagi biror xato-egrilikni tuzatgan kishini yaxshi ko‘rmaydi.

93. Ubaydulloh ibn Jarir otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa, uni o‘zgartirishga qodir bo‘lib, o‘zgartirmasalar, Alloh taolo o‘shalarning hammalariga barobar azobni yuboradi, o‘lmaslaridan oldin”.


Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) qudratni shart qildilar.

Ya’ni ko‘pchiligi ahli solihlar bo‘lsa, o‘sha gunohkorlarni gunohlaridan qaytarishliklari ahli solihlarga vojib bo‘ladi, agar ular gunohni zohir qilsalar. Chunki Alloh taolo bu ummatni maqtab:


(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero sizlar yaxshi ishlarga buyurasizlar, yomon ishlardan qaytarasizlar va Allohga imon keltirasizlar. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari fosiq, itoatsizlardir” (Oli Imron, 110). Buning ma’nosi shuki, sizlar Lavhul-mahfuzda, odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat, deb yozilgansizlar. Alloh taolo sizlarni odamlarni yaxshi ishlarga buyurmoqlik uchun chiqardi, yaxshi ishlarga, ya’ni ibodat va toatlarga chaqirishlaringiz uchun, yomon ishlardan qaytarishlaringiz uchun. Yaxshi ishlarga buyurishlik Allohning kitobiga, sunnatiga va ahlga to‘g‘ri keladigan narsalarga buyurmoqlikdir.
Yomon ishlar bu narsalarga muxolif (qarama-qarshi) keluvchi narsalardir. Alloh taolo boshqa oyatda aytdi:

Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana o‘shalar najot topguvchilardir” (Oli Imron, 104).


Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni yomonladi. Bas, aytdi:

Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish” (Moida, 79).


Boshqa oyatda:

Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!” (Moida, 63). Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan qaytarmaydilarmi, deyilmoqda.


Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa, uni yaxshilabdi. Agar mav’iza tanholikda foyda bermasa, uni oshkoralik bilan buyuradi, gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob kelib, hammalari halok bo‘lishadi”.

94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb aytdi: “Alloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda ketishayotganida bittalari boltani oldi. “Boltani nima qilasan?” deb so‘rashdi. “O‘zimning joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv ichadigan idish bo‘ladi”, dedi. Ba’zilar aytishdi: “Unga indamanglar, o‘zi uchun xohlagancha teshaverin”. Va ba’zilar: “Uni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini ham halok qiladi!” dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi. Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi”.


95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”.
96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda bermaydigan kishilarga aylanadi”.
97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Albatta, yaxshi ishga buyurib,yomon ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi”.
98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir”.
Ba’zilar aytdilar: “Qaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar uchun dil bilandir”. Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib bo‘ladi, dedilar.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan

Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni xor qilib qo‘yadi.


Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: “Bir kishi Allohni qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: “Qaerga ketyapsan?” deb so‘rabdi. «Bir daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: “U senga nima

qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi uzoqlashtiradi”, dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: “Qaytgin, har kuni senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni olasan”. “Shunday qilasanmi?” deb so‘radi. Iblis: “Albatta, har kuni senga o‘sha pulni to‘layman”. Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. “Qaerga ketayapsan?” deb so‘radi. U kishi: “Allohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga boryapman, uni kesib tashlayman”, dedi. Iblis aytdi: “Bunga kuching yetmaydi. Ammo oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga o‘tsang, boshingni yoramiz”. U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi.


Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi:

1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi.

2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka.

3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan, do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi:

Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar” (Toha, 44).

4. Sabrli, halim bo‘lmoqligi, chunki Alloh taolo Luqmon qissasida aytdi:

Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga)


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin