Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə29/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   247
X BOB. YANA TAVBA HAQIDA
122. Ibn Abbosdan rivoyat: “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn Xattob: “Yo Rasululloh, tavba eshigi nima?” deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tavba eshigi mag‘ribning orqasidadir, uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir. Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan qaysilari tavbai nasux qilsa, uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi”. Maoz ibn Jabal aytdi: “Otam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?” Aytdilarki: “Gunohkor o‘zidan

o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir: “Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik kasb qilmagan biron joyiga (endi keltirgan) imoni foyda bermas” (An’om, 158).


Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Tavbai nasux tavba qilib, keyin bu gunohlarga qaytmaslikdir”. Yana aytadi: “Tavba eshigi ochiqdir. U har kishini qabul qilguvchidir, uch kishidan boshqa:

kufrning boshi shaytonni;

xatolarning boshi Odamning o‘g‘li Qobilni;

payg‘ambarlarni o‘ldirganlarni”.

Aytdilar: “Tavba qilguvchilarning eshigi mag‘rib tomonidan ochiqdir. Orasi qirq yillik yo‘ldir. Ular yopilmaydi, toki quyosh g‘arb tomonidan chiqqunicha”.
123. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Tavba havoda muallaq osilib turadi. U kechayu kunduz nido qiladi: “Kim meni qabul qilgan bo‘lsa, u azoblanmaydi”. Bu nido dunyo tugab, quyosh mag‘ribdan chiqqunga qadar davom etaveradi, qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa, u qabul qilinmaydi”.
Bu xabarlarda tavbaga undashlik bor. Bundan ravshanlik shulki, tavba qilsa, undan tavba qabul qilinadi. Alloh taolo mo‘minllarni tavbaga chaqiradi. Aytadiki: “Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, najot topsalaringiz” (Nur, 31). Ya’ni, Allohning azobidan najot topishlaringiz uchun va Uning rahmatiga erishmoqlaringiz uchun tavba qilingiz. Alloh bayon qildiki, tavba hamma yaxshiliklarning kalitidir. Albatta, mo‘minlarning najot topishi, uning tavbasidandir. Mo‘minlarga tavba qilmoqliklarini buyuryapti: “Ey imon keltirgan bandalar, Allohga xolis

tavba qilinglar!” Keyin tavbadan so‘ng, ular uchun qanday karomatlar bo‘lishini bayon qildi:

Shoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik – gunohllaringizni o‘chirib”, ya’ni, sizlardan gunohlarni Alloh taolo o‘chiradi va “Ostidan daryolar oqib turadigan jannatga kiritur” (Tahrim, 8). Ya’ni oxiratda sizlarga tagidan suvlar oqib turuvchi va mevali daraxtzorlardan iborat bog‘lar beradi.
124. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Albatta men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman va Allohga bir kunda yuz marta tavba qilaman!
125. Boshqa xabarda: “Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz marta tavba qilaman”, dedilar.
Payg‘ambarning (s.a.v.) oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan holda tavba qilsalar-u, gunohi kechirilgani yoki kechirilmagani ma’lum bo‘lmagan kishilar-chi? Ular nechun Alloh taologa har zamon tavba qilmasin! Va tilini qanday qilib doimiy istig‘for bilan mashg‘ul qilmasin”.
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, deydiki: «Alloh kalomida aytdi: “Balki inson oldinda (kelgusi hayotida ham), fisq-fujur qilmoqni xohlaydi” (Qiyomat, 5), ya’ni gunohlarini qilib kelaveradi. Tavbasini kechiktiradi. U yaqinda tavba qilaman, deydi, hattoki yomonlik ustida o‘limini topguncha cho‘zadi, so‘ngra o‘ladi”.
126. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yaqinda tavba qilaman deb aytuvchi halok bo‘ladi. Mo‘min kishiga to o‘lim kelgunicha, har vaqt Allohga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. U o‘lim paytida tavba qilguvchi bo‘lsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilguvchidir. Alloh taolo aytdi:

U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25).


Ya’ni gunohlaridan o‘tadi, agar tavba qilsalar va qaytsalar. Tavba – gunohlariga qalbi bilan pushaymon bo‘lmog‘i, til bilan istig‘for so‘ramoqligi va gunohlariga hech ham qaytmaslikni ko‘ngliga tugmoqligidir.
127. Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kimiki faqat yakka-yagona, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman, deb uch marta aytsa, uning gunohlari kechiriladi, agar dengizning ko‘piklaricha bo‘lsa ham”.
128. Abu Qaloba aytdi: “Albatta, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda iblis muhlat berishni so‘radi. Alloh unga muhlat berdi. “Sening ulug‘ligingga qasamki, bandangning qalbidan joni chiqqunicha chiqmayman”, dedi. Alloh aytdi: “Ulug‘ligimga qasamki, bandamdan tavbani to‘smayman, toki nafasi chiqqunicha”.
Allohning rahmatini, o‘z bandalariga yumshoqligini ko‘ring! Albatta ularni, gunoh qilganlaridan keyin ham, mo‘minlar deb atadi. Alloh taolo aytdi: “Barchalaringiz Allohga tavba qilingizlar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot topsangizlar” (Nur, 31). Tavbadan keyin ularni yaxshi ko‘rdi. Alloh aytdi:

Albatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi” (Baqara, 222).


129. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki gunohi yo‘q kishiga o‘xshaydi”.


Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: “Bir kishi: «Men bir gunoh qildim”, deb aytdi. Hazrati Ali: “Allohga tavba qilgin, keyin bu gunohlarga qaytmagin”, dedi. Aytdi: “Men tavba qildim, yana gunoh qildim, yana qaytdim”. Hazrati Ali: “Allohga tavba qil, keyin bu ishni qilmagin”, dedi. Haligi kishi: “Qachongacha, yo Ali?” dedi. Ali aytdi: “To shayton mag‘lub bo‘lgunicha”.
Mujohid aytdi: “Alloh so‘zida:

Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish, faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir” (Niso, 17). Aytdi: Nodonlik qasddan qilishlik. Aytdilar: o‘limdan boshqa barcha holat (tavbaga) yaqindir (ya’ni, o‘lim paytidagi tavba qabul qilinmaydi).


130. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Abu Hurayra rivoyat qiladi: “Agar banda bir gunoh qilsa, keyin aytsaki: “Yo Allohim, men gunoh qildim”, yoki aytsaki, “Men bir gunoh sodir qilib qo‘ydim, meni kechirgin”, deb. Alloh taolo aytadi: “Bandam gunoh qildi, bildiki, uning Parvardigori gunohlarni kechiradi va shu gunoh bilan jazolaydi. Bas, bandamning gunohlarini kechirdim”.
Bu narsalarning hammasi Muhammadning (s.a.v.) hurmatlari uchundir. Oldingi ummatlar gunoh qilsalar, ularga halol narsalar harom qilinardi. Ulardan biri gunoh qilib qo‘ysa, eshigida yoki peshonasida: “Falonchining o‘g‘li falonchi bu gunohni qildi”, deb yozilganini topardi. Alloh taolo bu ummatining zimmasida bu ishni yengil qilib qo‘ydi. Bas, aytdi:
Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110).
Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi.
Mujohid aytdi: “Kim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini”.
131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: “Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: “Yo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi:
Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir!” (Hud, 114). Ya’ni, kunduzning ikki vaqtida Alloh taolo uchun namoz o‘qing, u bomdod, peshin, asr namozlaridir. Kechaning bir bo‘lagi,

ya’ni shom va xufton namozlarini Alloh taolo uchun o‘qing. “Albatta yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur”, ya’ni besh vaqt namoz bu oradagi gunohlarga, agar katta gunohlar bo‘lmasa, kafforat bo‘ladi. Ana shular tavba qilguvchilar uchun tavbadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishini chaqirdilar va bu oyatni o‘qib berdilar. Hazrati Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, so‘radi: “Yo Rasulalloh, bu oyat asosan u uchunmi yoki hamma insonlar uchunmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odamlarning hammasi uchundir”.


132. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi. Ikkovi u bandaning amallarini yozadi, o‘ng tomon sohibi Amin chap tomon sohibidan ustundir. Agar banda bir yomon ishni qilsa, chap tomon farishtasi undan: “Yozaymi?” deb so‘raydi. O‘ng tomon farishtasi: “Beshta gunoh qilgunicha to‘xtab turgin”, derkan. Vaqtiki beshta gunoh qilsa, chap tomon sohibi: “Yozaymi?” deb so‘raydi, o‘ng tomon

sohibi: “Bitta yaxshilik qilgunicha to‘xtab turgin”, deydi. Vaqtiki bitta yaxshilik qilsa, o‘ng tomon sohibi aytadi: “Albatta, bizga xabar keldiki, bitta yaxshilikka o‘nta yaxshilik yoziladi, kelgin, beshtasini beshta yaxshilik bilan o‘chiramiz va qolgan beshta yaxshiligini yaxshiliklariga qo‘shib yozamiz”. Shu paytda shayton qichqirib aytadi: “Qachon Odam farzandiga yetaman”.


133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: “Ey Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” “Nima gunoh qilding?”, deb so‘radim. “Men zino qildim va zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim”. Unga: “Halok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga qasamki, senga tavba yo‘q”, dedim. “U qattiq qichqirib, hushidan ketdi, men ketdim. Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. “Yo Rasulalloh, bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo berdim”. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Bizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan!
Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar...” oyatidan to:

Alloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil bo‘lganda sen qaerda eding”.


So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim. Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: “Mening bir bog‘im bor, o‘shani qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim”, deb aytdi”.
Alloh kalomida zikr qilindi:

Magar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur” (Furqon, 70).

Ba’zilar aytadilar: “Albatta, banda gunohlaridan tavba qilsa, o‘tgan gunoh amallarining hammasi yaxshiliklarga aylanadi”.
Shuningdek, Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi, avval gunohlarini ko‘radi, oxirida yaxshiliklarini. Keyin birinchi kitobga qarasa, uning hammasida yaxshiliklarini ko‘radi”.
Abu Zarr G‘iforiy Payg‘ambardan (s.a.v.) qilgan rivoyatda ham shunga o‘xshashdir – Alloh kalomida: “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur”, deydi. Uning ma’nosida aytiladi: Yomon amaldan solih amallarga aylanadi. Yomon amallar o‘rnini yaxshilik amallari egallashi uchun Alloh taolo muvofiq qilib qo‘yadi.
Nechukkim, Alloh taolo aytdi:

O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir” (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir.


Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi:

(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan)




Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin