Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə41/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   247
Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur” (Qasos, 56). Albatta, Alloh taolo bu oyatda silai rahmni zikr qildi.
Boshqa oyatda:

Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar! Unday kimsalarni esa Alloh taolo la’natlagandir. Bas, ularning quloqlarini (pand- nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir” (Muhammad, 22-23). Ya’ni silai rahmni uzganlarni.

165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi.
166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey Parvardigor, Sening yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa, uzilgin”.
Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi”.
Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?” Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri

yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin: “Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin, kechaning uchdan biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki: “Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman. O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda topibdi”.


Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa, borishligi afzaldir.

167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”. Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor:



1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi;

2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan;

3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand bo‘ladilar;

4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir;

5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir;

6) umrning ziyoda bo‘lishi;

7) rizqda baraka bo‘lishi;

8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan xursand bo‘ladilar;

9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil bo‘ladi;

10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar.


Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”.
168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”.
Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda davomli bo‘lsa”.
Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin