Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə43/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   247
XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI
169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda

ularga: “Do‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deydi. Ular:

1) livota qiluvchi va livota qilingan;

2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi);

3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi;

4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi;

5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi;

6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi;

7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi”.

Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir.


170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan, tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha”. “Uning yomonligi nima?” deyishdi. Aytdilar: “Qo‘polligi va zulmi”.
171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati kabidir”.
172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar: “Qo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin”. Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi: “Ey g‘ulom!” Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin”. G‘ulom aytdi: “Bu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku”. Abdulloh ibn Amr: “Senga dard tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik”.
173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha- kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi”.
174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: “Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?” Aytdilar: “Agar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir

musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa, shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan bergin”.


Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: “Uyingni uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli”.
175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros beriladi”, deb o‘ylardim”.
Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: “Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik

qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi”.


Alloh taolo:

Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar”, ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga” qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; “yo‘lovchi musofirga”, ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va “qarindosh qo‘shniga”, ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga “yaxshilik qilinglar” (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham.


177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi: ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir”.
Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi

va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim bo‘ladi.


178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: “Eshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin”.
Va aytildi: “Uch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning gunohlari kechiriladi”.
179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar.
Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”.
Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi.

Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir (ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir).


Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir:

1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar;

2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab turadi;

3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”.


180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor, sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?”
Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir:

1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa;

2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa;

3) kishi qabristonlardan o‘tib, u yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa;

4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa.

5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa;

6) Kishi yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa o‘rganish uchun bormasa;

7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa;

8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa;

9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa;

10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa bermasa...”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt narsadadir:

1) qo‘shniga hamdard bo‘lish;

2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi;

3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i;



4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin