Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə68/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247
XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ
256. Faqih Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir. Kimga g‘azab kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan holda g‘azabi to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan taqdirda ham g‘azabi kelsa, tuproqqa yumalasin».
257. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib

sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib, sekin ketadiganlaringizdir».


258. Abu Amoma Bohiliy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi:

«Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib, o‘ch olmasdan, g‘azabini bossa, Alloh uning qalbini qiyomat kunida rizo bilan to‘ldiradi».


Aytilishicha, Injilda bunday yozilgan:

«Ey Odam farzandi! Meni o‘zingga g‘azab kelganda eslagin, Men seni g‘azabim kelganda eslayman. Senga bergan yordamimga rozi bo‘lgin. Albatta, Mening senga yordamim o‘zingga qilgan yordamingdan yaxshidir».


Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni keltirmaganingda men seni jazolar edim».

Allohning:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin