Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning "makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə87/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   247
"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning "makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi" (A’rof, 99). Bu ummatning yomoni ham Allohning lutfidan noumid bo‘lmaydi.
Alloh aytadi:

"Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87)", dedilar Hazrati Ali.
Yazid Raqqoshiy aytadilar: "Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda, bergan zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman". Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring, uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman.
Bu xabarlarda sabr amallarning afzali ekaniga dalil bordir. Alloh taolo aytadi: "Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob- kitobsiz, to‘la-to‘kis qilib berilur" (Zumar, 10).
323. Muhammad ibn Muslim rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning elchisi! Molim ketdi, tanam kasal bo‘ldi", deb shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Moli ketmagan, joniga kasallik yetmagan bandaga yaxshilik yo‘qdir. Albatta, Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa, unga balo yuboradi, agar unga balo yuborsa, uni sabrli qilib qo‘yadi".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaysi bir kishini sulton zulm qilib qamasa, u hibsda o‘lsa, shahiddir. Agar ursa, tayoq zarbidan o‘lsa, shahiddir".
324. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Aytdilar: "Albatta, kishining Alloh nazdidagi darajaga erishmog‘i uchun qilgan amali yetmaydi. Hattoki, uning joniga balo keladi, o‘sha balo tufayli uni o‘sha darajaga yetkazadi".
325. Rivoyat qilindi. Allohning:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin