Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə112/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   247
"(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz" (Maryam,64).

413. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jum’a kuni g‘usl qilish, misvok tutish, xushbo‘ylanish har bir musulmonning burchidir".


Hamid ibn Abdurahmon aytadi: "Kim tirnoqlarini jum’a kuni olsa, Alloh uni kasallikdan chiqaradi va unga shifo beradi".
414. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim jum’a kuni tirnoqlarini olsa, u moxov kasalligidan omondadir".
415. Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam har qirq kunda avrat joylarning tukini va har jum’a kuni tirnoqni olishni tayin qilganlar.
416. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Misvok bilan og‘izlaringizni xushbo‘y qilinglar, chunki og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir".
Faqih aytadilar: Misvok tutish uch vajhga ko‘radir. U bilan Alloh taolo roziligini va sunnatni ado etishni iroda qilish yoki o‘zining foydasini iroda qilish yoki odamlarning roziligini iroda qilish. Agar Alloh taoloning roziligini va sunnatni qoim qilishni iroda etsa, savob topgandir va xabarda kelganidek, har bir namozi yetmish namozga tengdir. Agar

u bilan manfaatini iroda qilgan bo‘lsa, unga ajr yo‘q va hisobini beradi. Agar odamlarning ko‘zi uchun qilgan bo‘lsa, u gunohkor hisob beruvchidir.


Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:

"Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida ularni benuqson holda ado etdi. Shunda (Alloh taolo): "Albatta, Men seni odamlarga imom qiluvchidirman", dedi" (Baqara, 124), degan so‘zi haqida aytadilar: "U zotni beshta boshdagi va beshta jasaddagi tahorat bilan imtihon qildi. Boshdagisi – mo‘ylovni qisqartirish, g‘arg‘ara qilish, burun chayish, misvok va boshning farqi. Jasaddagisi – tirnoqlarni olish, xatna qilish, qo‘ltiq tuklarini olish, avrat joylarning tukini olish va suv bilan istinjo qilish".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin