Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


YETMISHINCHI BOB POSBONLIK FAZILATI



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə206/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   247
YETMISHINCHI BOB POSBONLIK FAZILATI
787. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadlari ila Usmondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Men bir sir saqlagan edim, uni bugun oshkor qilmoqchiman. Uni sizlarga bildirishdan faqat sizlarga bo‘lgan gumon to‘sib turardi. Payg‘ambardan (s.a.v.) ushbu hadisni eshitganman: “Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish ming kunlik ro‘za tutish va ming kecha qoim turishdan yaxshidir”.
788. Salmon Forsiy (r.a.) Shurhabil ibn Samitning yonidan o‘tdilar. u fors yeridagi qal’ani qo‘riqlab turgan edi. shunda: “Sizga payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan hadisimni

aytib beraymi? Payg‘ambar (s.a.v.): “alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish kishining bir oylik ro‘zasidan va kechasidagi qiyomidan yaxshidir. Kim posbonlikda o‘lsa, qabr fitnasidan mudofaa qilinadi, uning har bir amali qiyomatgacha yaxshi amal qilgani kabi o‘sib boradi”, deganlar”, dedilar”.


789. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh yo‘lida bir takbir aytsa, qiyomat kuni uning tarozisida u takbir osmon, yer va ularda bor narsadan og‘irroq tosh bosadi. Kim Alloh yo‘lida “la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ovozini ko‘tarib aytsa, Alloh taolo u uchun ulug‘ rozilikni yozadi va kimga ulug‘ rozilikni yozsa, uni Muhammad (s.a.v.), Ibrohim (alayhissalom) va boshqa payg‘ambarlar bilan birga qiladi”.
Faqih (r.a.) aytadilar: “Allohning “ulug‘ roziligi” xususida ixtilof bor. Ba’zilar: “U – Allohni ko‘rish”, deydi, boshqalar esa: “Ulug‘ rozilikdan keyin unga hech qachon g‘azab qilinmaydi”, deb aytadi”.
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod

qilgan kishining darajasiga yetaman?” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nimang bor?” “Olti ming dirhamim bor”, dedi u. “Agar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga teng keladi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”.


Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: “Kimki sochini qo‘riqchilik qilib turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi”.
Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: “Bir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan ajablandi. Abdurahmon: “Senga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?” dedilar. “Ha”, dedi u. “Bir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir”, dedilar”.
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi”. “Ey Rasululloh, ular kimlar?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ular o‘limni qo‘riqchilikda topganlar”, dedilar.
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.

Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha qo‘riqlanadi”.


Posbonlik fazilati bobi hadislari

787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.

788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.

789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang.

790-hadis. Isnodi noma’lum.

791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan.

792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin