«Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz
Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘lingizlar» (Oli Imron, 79).
Ba’zi mufassirlar bu oyatni: “Insonlarga kitobdan o‘rgatayotgan narsalaringizga amal qilguvchi bo‘linglar”, deb tafsir qilishgan. Alloh taolo yana aytadi”.
“Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlari-gina qo‘rqur” (Fotir, 28). Boshqa bir oyatda, U payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) deydi:
“Ey (liboslarga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan)
ogohlantiring!” (Muddassir, 1-2).
Boshqa o‘rinda yana Alloh taolo aytadi:
“Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, bu pand nasihatlar mo‘minlarga naf yetkazur” (Vaz-zoriyot, 55).
2. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganki: “Bir soatlik tafakkur bir yillik nafl ibodatdan yaxshidir”.
Ibrat, hikmat va mav’izalardan yuz o‘girgan kishi ikki xislatdan birida bo‘ladi: yo oz amal qilib, o‘zini ko‘p yaxshilik qilguvchilardan hisoblab qoladi. Yo ba’zi harakatlar qilib
urinadi, bu ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi va shu bilan o‘zini afzal bilib, sa’y-harakat va amallarini yo‘q qilib qo‘yadi. Agar bularga (hikmat va mav’izalarga) nazar qilsa, ibodatlarga hirsi ziyoda bo‘lib, darajasi past ekanini biladi.
Allohdan yaxshi amallar va ulug‘ barakotlarga muvaffaq etishini so‘raymiz. U zot ne’mat berguvchi, qodir zotdir.
Dostları ilə paylaş: |