Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə233/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   247
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari
940-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.

941-hadis. Isnodi noma’lum.

942-hadis. Isnodi zaif.

943-hadis. Zaif.

944-hadis. Abu Na’im rivoyat qilgan.

945-hadis. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.




SAKSON SAKKIZINCHI BOB TOATDA JIDDU JAHD QILISH
946. Faqih aytadilar. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: “Sizlarga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatib qo‘yaymi?” “Ha”, dedim. Aytdilar: “Ro‘za qalqondir, sadaqa xujjatdir, bandaning yarim kechada qoim bo‘lishi hamma xatolarini o‘chiradi”.
947. Faqih (r.a.) Abu Ubaydadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ro‘za, agar uni buzmasalar, qalqondir”, dedilar. Uni buzish g‘iybat bilan bo‘ladi”.
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa oxirat zahiralaridan: nafsning sihhati bo‘lgan ro‘za, egasi va do‘zax orasini to‘suvchi sadaqa, bandani Rabbiga yaqinlashtiruvchi namoz, xatolarni o‘chiruvchi ko‘z yoshi”.
Faqih (r.a.) aytadilar, “Toatning asli uch narsa- dir: qo‘rqinch, umid va yaxshi ko‘rish. Qo‘rqinchning alomati harom qilingan narsalarni tark qilish. Umidning alomati taotga rag‘bat qilish, yaxshi ko‘rishning alomati shavq va tazarru’dir. Gunohning asli uchta narsadir: kibr, hirs va hasad. Kibr shayton sajda qilishga buyurilganida, bosh tortganida ko‘rindi. Keyin u mal’unga aylandi. Hirs Odamning (alayhissalom) ishlarida namoyon bo‘ldi. Ya’ni, u kishi jannatda abadiy qolish uchun mevani tanavvul qildilar va jannatdan chiqarildilar. Hasad esa, Odamning (alayhissalom) o‘g‘li Qobilning ishida zohir bo‘ldi. Ya’ni, u o‘z inisini o‘ldirdi va do‘zaxga kiritildi. Har bir kishi mana shu gunohlardan tiyilmog‘i, toatga ko‘p harakat qilmog‘i va toatni Alloh taoloning roziligi uchun xolis bajarmog‘i vojibdir”.

948. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Kim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa, qalbidan tiliga hikmatlar oqadi”.


Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar. Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’.
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Hisob-kitob qilinmasingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar.
O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar. Sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-haqqa, 18-oyat)”.
Yahyo ibn Maozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Odamlar uch sinfdir. Bir kishini oxirati dunyosidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bir kishini dunyosi oxiratidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Va bir kishi ikkalasi bilan ham shug‘ullanadi. Birinchisi ajr-mukofot oluvchilar darajasi. Ikkinchisi halok bo‘luvchilar darajasi. Uchinchisi xatardagilar darajasi”.
Hotam Zohid aytadilar: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi biladi. Yigitlikning qadrini qarilar biladi, ofiyatning qadrini balolanganlar biladi, salomatlik qadrini kasallar biladi, hayotning qadrini o‘liklar biladi”.
949. Faqih aytadilar: “Hotamning gapi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisdan olingan. U

zot: “Besh narsani beshta narsadan oldin g‘animat bil”, deb aytganlar.


Inson hayotning qadriga yetishi, uning har soatini g‘animat bilishi lozim. “Bir soatdan so‘ng holim qanday bo‘ladi?” deb o‘ylashi, o‘tganlarning nadomatlari haqida tafakkur qilishi kerak. Axir, ular emasmi ikki rak’at namoz o‘qish yoki “la-a ilaha illalloh” so‘zini aytish miqdoricha hayot berilishini orzu qiladiganlar?! Senda shu fursat bor, hasrat va nadomat vaqti kelmasidan oldin Allohning ibodatida jiddu jahd qil.
Hotamdan: “Qaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “To‘rt narsa ustiga:

- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim;

- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim;

- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman;

- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim”.


Faqih aytadilar: “Ajalga shoshilish – unga solih amallar bilan tayyorlanish, Alloh qaytargan ishlardan qaytish, Alloh taolodan shu holatda sobitqadam etishini va uning oqibatini yaxshi qilishini so‘rab tazarru’ etishdir”.

Hakimlar aytishadi: “Kishi amalga niyat va shukr bilan kirishmagunicha, qo‘rqinch bilan amal qilib, ixlos bilan topshirmagunicha ibodat mazasini topmaydi. Chunki niyat bilan kirsa, albatta, Alloh taolo uni ushbu amalga muvaffaq qiladi. Allohga shukr bilan amalga kirishsa, Alloh unga yanada ziyoda etadi. Chunki Alloh taolo:


Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta, azobim juda qattiqdir” (Ibrohim, 7-oyat), deb aytgan. Agar qo‘rqinch bilan amal qilsa, uning savobi Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi. Alloh taolo:
Zotan, Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoe’ qilmaydi” (Tavba, 120- oyat), deydi. Dunyoda savob ish qilish toatda halovat paydo qiladi, oxiratda esa, jannatga olib boradi. Agar uni ixlos bilan qilsa, Alloh qabul etadi. Amalning qabul qilinganlik alomati yanada balandroq toatga muvaffaq bo‘lishdir”.
Aytishlaricha, johillik alomati uchta:

1) foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish;

2) halok qilinadigan gunohlarni qilish;

3) qutqaradigan amalni tark etish.


Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta:

1) qalbini tafakkur uchun;

2) tilini zikr uchun;

3) badanini xizmat uchun fido qilmog‘i.


O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta:

1) xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish;

2) uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish;

3) oxiratni amalsiz umid qilish”.


Hakimlardan ba’zi biri aytadilar: “Kim uch narsasiz uch narsani da’vo qilsa, bilki shayton uni masxara etadi:

- kim dunyoni yaxshi ko‘rib turib, Alloh zikrining halovatiga yetishishni da’vo qilsa;

- kim Allohning rizoligini nafsini rozi qilish orqasida da’vo qilsa;

- kim odamlarning maqtovini yaxshi ko‘rish bilan ixlosni da’vo qilsa”.


Abu Nazra aytadilar: “Kimda to‘rt narsa bo‘lsayu, ular bilan yaxshilikni ziyoda qilmasa, Alloh taolo uning amalini qabul etmaydi:

- kim urushdan omon qaytib, keyin yaxshilikni ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo undan amalini qabul qilmaganining belgisidir;

- kim ramazon oyida bir oy ro‘za tutsayu, yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo uning amalini qabul qilmaganining belgisidir;

- kim haj qilsayu, yaxshiliklarini ziyoda etmasa, bu hol ham Alloh taolo undan qabul qilmagani belgisi;

- kim kasal bo‘lsa, so‘ng tuzalib yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu holat kasallik uning gunohlariga kafforat bo‘lmaganining belgisidir”.
Aytishlaricha, oqil kishiga amalini isloh etishi va harakatini zoe’ qilmasligi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi:

1. Ilm. Unga ilmi hujjat bo‘ladi.

2. Tavakkul. Ibodatda forig‘ va odamlarga qaram bo‘lmasligi uchun.

3. Sabr. U bilan amalini mukammal qiladi.

4. Ixlos. U bilan savobga yetadi.
Hasan Basriy aytadilar: “Kishi jannat talabida tinimsiz harakat qiladi, ozib-to‘zib ketadi. Ammo Alloh taologa yo‘liqqunicha, mustaqim bo‘ladi. Allohning:

Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat- ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar” (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini eshitmaganmisan?”


Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt alomat bor: u issiqda erimaydi; sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel oqizib ketolmaydi.
Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa, shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo toatidan to‘xtatolmaydi”.
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib bo‘lgandir:

1. Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi:

Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar” (Bayyina, 5-oyat).
2. Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi:

Sen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!”

(Luqmon, 14-oyat).
3. Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi:

Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso, 1-oyat).


4. Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi:

Albatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi”

(Niso, 58-oyat).
5. Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi:

Bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik” (Oli Imron, 64-oyat).


6. Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi:

Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorning (huzurida) turishi (va uzoq hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatdagina (uning uchun joy bo‘lur)” (Nozi’at, 40 – 41).

7. Toatlarda jiddu jahd qilish va Allohdan qo‘rqish. Bu haqda Alloh taolo aytadi: “Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umid bilan duo-iltijo eturlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar” (Sajda, 16-oyat).
Har bir inson oqibatidan qo‘rqishi, yig‘lashi shunga ko‘ra amal qilishi lozim. Zero, qiyomat kunidagi ish og‘irdir.
Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom bir qishloqdan o‘tdilar. U yerda bir tog‘ bor edi. Tog‘dan yig‘i va ingroq eshitilardi. Iso alayhissalom qishloq ahlidan: “Bu tog‘dagi nima yig‘i?” deb so‘radilar. “Ey Iso, biz bu qishloqda turganimizdan beri shu yig‘ini va tog‘ning ingrashini eshitamiz”, deyishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Bu yig‘i, bu ingrashlar to‘g‘risida xabar ber, ey tog‘”. Tog‘ aytdi: ”Ey Iso, men shunday tog‘manki, toshlarimdan sanamlar yasab, ularga ibodat qilishadi. Alloh taolo bu bilan meni do‘zaxga tashlamog‘idan qo‘rqaman. Allohning: “Odamlar va toshlardan o‘tini bo‘lgan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing”(Baqara, 24-oyat), degan so‘zini eshitganman. O‘sha kunda do‘zaxga tashlanadigan toshlardan bo‘lib qolishdan qo‘rqaman”. Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi: “Toqqa ayt, turaversin, Men uni jahannamdan ozod qildim”.
Tog‘u toshlar og‘irligi, kattaligiga qaramasdan, Allohdan qo‘rqishadi. Qanday qilib zaif, kuchsiz, miskin odam farzandi do‘zaxdan qo‘rqmaydi, undan panoh tilamaydi. Ey odam farzandi, undan ehtiyot bo‘l. Undan ehtiyot bo‘lish esa, gunohlardan saqlanish bilan bo‘ladi. Albatta, gunohlar Alloh taoloning g‘azabini va azobini keltiradi. Allohning azobini ko‘tarishga esa, toqat qilolmaysan.
950. Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: ”Allohning: “Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143), degan oyati nozil bo‘lganida, Payg‘ambarning (s.a.v.) ko‘zlari yoshlandi. So‘ng aytdilar: “Ey odamlar jamoasi, Alloh taolo meni nabiy va rosul qilib qilib yubordi. Sizlarni payg‘ambari uchun tanladi. Meni sizlarga guvoh qildi, sizlarni o‘tgan asrlarda o‘tgan ummatlar uchun guvoh qildi”. Ansorlardan Qays ibn Urva degan kishi: “Ey Rasululloh, o‘tgan ummatlarga qanday guvohlik beramiz, biz ulardan bo‘lmasak, ular bizning zamonamizda bo‘lmasa? ”

deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Ey Ibn Urva, qiyomat kuni bo‘lsa, yer boshqa narsaga aylanadi, osmonlar kitobni yozish uchun yoyilgandek yoyiladi, odamlar

tiriladilar. Ularning orasida yuzi oq bo‘lganlar ham, yuzi qora bo‘lganlar ham bor.

So‘ngra ular qirq yil turishadi”. “Ey Rasululloh, ular nimani kutadi?” deb so‘rashdi. “Alloh taolo aytgan qichqiriqni.


U kunda (odamlar mashhargohga) chorlovga (farishtaga) egilmay-burilmay ergashurlar, itoat qilurlar.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin