Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


YIGIRMA YETTINCHI BOB DUNYODAN YUZ O‘GIRISH



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə18/46
tarix22.10.2017
ölçüsü3,04 Mb.
#10138
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46

YIGIRMA YETTINCHI BOB DUNYODAN YUZ O‘GIRISH
306. Faqih Abu Lays Samarqandiy Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning niyati oxirat bo‘lsa, Alloh hamma ishlarini jam qilib qo‘yadi. Boyligini qalbida qiladi. Dunyo uni izlab keladi. Kimning niyati dunyotalab bo‘lsa, Alloh uning ishlarini tarqoq etib, kambag‘alligini ko‘z oldida ko‘rsatib qo‘yadi. Unga dunyodan faqat Alloh yozgani keladi".
307. Asvad ibn Qays rivoyat qiladilar: "Men Jundubdan eshitdim, u kishi aytdilarki, Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirganlarida, u zot qamishdan to‘qilgan sholcha ustida yotgan ekanlar. Ikki yonlarida qamishning izlari bilinib qolgan edi. Umar (r.a.) bu holga yig‘ladilar. Umarni ko‘rib, Payg‘ambar sollallohu alayhi

vasallam so‘radilar: "Ey Umar! Sizni nima yig‘latdi?" Hazrati Umar: "Kisro va Qaysarni esladim. Ularda hamma narsa bor. Siz payg‘ambar bo‘lib, yonlaringizda qamishning izi bilinib qolibdi", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Dunyo yaxshiliklari ularga berilgandir. Biz esa, yaxshiliklari oxiratga kechiktirilgan qavmmiz".


Valid Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytdilar: "Men sizlardagi ikki narsadan qo‘rqaman. Orzu-havasni ko‘paytirish va havoyi nafsga ergashish, chunki uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoiy nafsga ergashish haqdan adashtiradi. Albatta, dunyo orqada qoladi. Oxirat esa, oldinda. Har ikkovining ham farzandlari bor. Sizlar oxirat farzandlari bo‘linglar, dunyo farzandlari bo‘lmanglar. Albatta, bugun amal bor, hisob

yo‘q. Ertaga esa, hisob bor, amal qilish yo‘q". Ya’ni, bu kunda amallarni ko‘paytiringizlar. Chunki ertaga amal qilishga imkon topmaysizlar.


308. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a qilgan xutbalarini to‘rt yil izladim, lekin topa olmadim. Bir kuni bu xutbalar ansorlardan birida borligi ma’lum bo‘ldi. Uni izlab, Madinaga kelsam, u kishi Jobir ibn Abdulloh ekanlar (r.a.). Men u kishidan: "Siz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a kuni qilgan xutbalarini eshitganmisiz?" deb so‘radim. U kishi: "Ha", deb javob qildilar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xutbalarini aytdilar: "Ey odamlar, sizlar uchun alomat – belgilar bor, ularning oldida to‘xtang, sizlar uchun chegara bor, uning oldida ham to‘xtang. Mo‘min banda ikki xavf orasida bo‘ladi: O‘tgan umri borasida unga Alloh qanday muomala qilishini bilmaydi va qolgan umri davomida unga nima taqdir qilganini bilmaydi, mo‘min banda nafsidan nafsi uchun, hayotidan o‘limi uchun, yoshligidan keksaygan payti uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Dunyo sizlar uchun yaratilgan, sizlar oxirat uchun yaratilgansizlar. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin ayblash yo‘qdir. Dunyodan keyin yoki jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Bu so‘zimni tugataman, sizlarga va o‘zimga Allohdan mag‘firat tilayman".


Sahl ibn Abdulloh Tustoriydan zikr qilinadi. U kishi mollarini Alloh toatida infoq etardilar. U zotning onasi va akalari Abdulloh ibn Muborak oldilariga kelib, shikoyat qilishdi: "Bu o‘g‘limiz hech narsani qoldirmay, odamlarga beraveradi. Bizlar uning kambag‘allikka tushib qolishidan qo‘rqamiz", deb. Abdulloh ibn Muborak yordam bermoqchi bo‘lib, Sahlni chaqirtirdilar. Kelganidan so‘ng, Sahl unga aytdilar: "Ey Abdurahmonning otasi, agar shaharlik bir kishi bog‘ sotib olsa va shahardan boqqa ko‘chishni xohlasa, shunda shaharda biron narsani qoldiradimi o‘zi bog‘da turib?" Abdulloh aytdilar: "Agar shahardan boqqa qo‘chmoqchi bo‘lsa, shaharda hech narsasini qoldirmaydi". Shunda aytdilar: "Bir kishi dunyodan oxiratga ko‘chayotgan bo‘lsa, qanday qilib bu dunyoda narsasini tashlab ketadi?"
Faqih aytadilar: Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir.
Juvaybir Zahhokdan rivoyat qiladi. Zahhok aytdilar: "Alloh taolo Odam bilan Havvoni yerga tushirganda, ular dunyo hidini topishdi va jannat bo‘yini yo‘qotishdi. Ikkalasini qirq kun dunyo bad bo‘yi o‘rab oldi".
309. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Abadiy dunyo borligiga ishona turib, (foniy) dunyo uchun amal qiladigan kishiga juda ham taajjub!"
310. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bir majlislarida o‘tirgan edim, yuzlari oppoq, sochlari chiroyli va rangdor, oq kiyimli kishi kelib, salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Vaalaykumussalom", deb javob berdilar. U kishi so‘radi: "Ey Allohning elchisi, dunyo nima?" "Uyqudagi tush. Uning ahli esa mukofotlanuvchi yoki azoblanuvchidir", deb javob qildilar. U kishi yana so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Oxirat nima?" "Abadiylikdir, bir guruh jannatda, bir guruh do‘zaxdadir", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Yana savol qildi: "Ey Allohning elchisi! Jannat nima?" "Dunyoni tashlagan kishiga (dunyoning) o‘rniga abadiy ne’matni berishdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, jahannam nima?" "Dunyoni talab qiluvchiga (dunyoning) o‘rniga beriladi, ahli undan hech ajralmaydi". Savol-javob yana

davom etdi:

"Ummatning yaxshisi kim?"

"Allohga itoat bilan amal qiladiganlar". "Unday kishi qanday bo‘ladi?"

"Yengini shimargan holda karvonni izlovchi kabi". "U odam yerda (dunyoda) qancha vaqt turadi?" "Karvondan orqada qolganchalik miqdorda". "Dunyo bilan oxiratning orasi qancha?"

"Ko‘zni yumgancha".

Keyin u kishi qaytib ketdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bu kishi Jabroil bo‘ladi. Sizlarni bu dunyodan yuz o‘girtirish va oxiratga rag‘batlantirish uchun keldi", dedilar".
Zikr qilinadi: Allohning do‘sti Ibrohimdan (a.s.) so‘radilarki: "Qaysi narsa uchun sizni Alloh do‘st (xalil) qilib oldi?" Aytdilar: "Uch narsa bilan: Ikki ishni xohlasam, Alloh uchun bo‘lganini tanladim; Alloh taolo menga kafolatini bergan rizqdan boshqa rizqqa harakat qilmadim; tushlik va kechki ovqatni har vaqt mehmon bilan yedim".
Ba’zi hakimlar aytadi: "Qalbning tirikligi to‘rt narsada: Ilm, rozilik, qanoat va zuhdda. Ilm uni rozi qiladi. Rozilik bilan qanoatga erishadi, qanoat esa uni zuhdga yetkazadi. Zuhd dunyoni past sanashlikdir".

Aytishlaricha, zuhd uch xil bo‘ladi:

1) dunyoni bilish va keyin uni tark qilish;

2) Mavloning xizmatida bo‘lish, xizmatda odoblilik;

3) oxiratga shavq qilish, keyin uni talab etish.
Yahyo ibn Maoz Roziydan zikr qilindi: "Hikmat osmondan qalblarga otilib tushadi. To‘rt xislatga ega qalbga o‘rnashmaydi:

1) dunyoga ishonib qolgan;

2) ertaning g‘amida bo‘lgan;

3) birodariga hasadgo‘y;

4) ulug‘likni sevgan qalblarga".
Yana Yahyo aytadilar: "Muvaffaqiyatga erishgan oqil uch xislat uchun amal qiladi:

1) dunyo uni tark qilmasdan oldin u dunyoni tark etadi;

2) qabrga kirmasdan oldin qabrini bino qiladi;

3) yo‘liqishdan oldin Rabbini rozi qiladi".


Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Kim olti xislatni o‘zida jam qilsa, jannat talabini ham, do‘zaxdan qochishni ham tark etmaydi. Allohni tanib, Unga itoat qilsa; shaytonni tanib, unga itoat etmasa; haqni bilsa va unga ergashsa; botilni bilsa va undan qochsa; dunyoni bilsa va bosh tortsa; oxiratni bilsa va uni talab qilsa".
311. Ja’far ibn Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, to‘rt xislat badbaxtlikdandir: Ko‘zning quruqligi; qalbning qattiqligi; dunyoni sevish; orzuni uzun qilish".

312. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar dunyo Alloh nazarida chivinning qanotichalik qadrli bo‘lganida edi, kofir dunyodan bir tomchi suv ham icholmas edi".


313. Abdurahmon ibn Usmondan rivoyat qilinadi. "Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kechani uyqusiz o‘tkazdilar va bomdod namozini "Dumnatul-hay"da, ya’ni, qabilaning axlat tashlaydigan joyi tarafda o‘qidilar. Shu joyda o‘lgan echki bolasini ko‘rdilar, yog‘larida shish bor edi, ya’ni, uning terisida qurt g‘imirlab yurardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar va tuyalarini ushladilar. Keyin qavm turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mana shu echkining egasi uni past sanab tashlab qo‘ygan deb o‘ylaysizlarmi?", dedilar. "Ha, ey Allohning elchisi", deyishdi sahobiylar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dunyo Alloh huzurida bu uloqning o‘z ahliga xor bo‘lganidan ham xorroqdir".
314. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: "Dunyo mo‘minning zindoni, qabr qo‘rg‘oni, jannat esa, uning makonidir. Dunyo kofirning jannati, qabr qamoqxonasi, do‘zax esa makonidir".
Faqih aytadilar: "Dunyo mo‘minning zindoni", degan so‘zlarining ma’nosi, mo‘min agar ne’matda va kengchilikda bo‘lsa ham, Allohning jannatdagi ne’matlari oldida bu dunyoda go‘yo zindondagidek, deganidir. Chunki mo‘minga o‘lim hozir bo‘lsa, unga jannat ko‘rsatiladi. Va o‘zi uchun jannatda tayyorlangan narsalarni ko‘rib biladiki, u qamoqda ekan. Ammo kofirga o‘lim kelsa, do‘zax ko‘rsatiladi va Alloh unga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rib biladiki, dunyo jannat bo‘lgan ekan. Kim oqil bo‘lsa, zindonda xursand bo‘lmaydi, rohatni talab qilmaydi. Oqil kishi dunyoga qaramog‘i, dunyo haqidagi zarbulmasallarni fikr qilmog‘i lozim. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom dunyoni zarbulmasal qilib bayon etganlar.
Alloh taolo aytadi:

"Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli", ya’ni, uning yo‘q bo‘lishi va ketishi yomg‘ir kabi "suvga o‘xshaydi"; "Biz uni osmondan yog‘dirganmiz", ya’ni, Alloh taolo osmondan tushirgan; "u yer nabototi bilan aralashadi", ya’ni, suv yerga singadi, keyin "odamzod yeydigan" donlar "va hayvonlar yeydigan" o‘t va pichanlar unib chiqadi, "hatto yer chiroy oladi"; "yasan-tusan qilganida", ya’ni, yer o‘simliklar bilan ziynatlanganda "uning ahli gumon qilishadi", ya’ni,

o‘simlik va ekinlar egalari o‘ylashadiki, "uning ustida kuchli-qudratlimiz", deb, ya’ni, uning g‘allalariga egamiz, deb; ular yaqindagina tugaydi "va yerga kechasi yo kunduzi Bizning buyrug‘imiz keladi", ya’ni, Allohning azobi keladi; "go‘yo kuni kecha obod bo‘lmagandek uni vayrona qilib qo‘yamiz". Shuningdek, ekinzorlar qolmagandek dunyo va undagi narsalar qolmaydi, "Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni shunday mufassal bayon qilamiz", ya’ni misollarni (Yunus, 24).
315. Rivoyat. Bir kishi Shomdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularning yerlari haqida so‘radilar. Ular yerlarini kengligini va turli ne’matlarga boyligini aytdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qanday ishlaysizlar va qanday kun ko‘rasizlar?" deb so‘radilar. U kishi javob qildi: "Turli-tuman taomlar yeymiz". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "U

nimaga aylanadi?" "O‘zingiz bilgan narsaga" (ya’ni, bavl va axlatga), dedi. Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dunyo ham xuddi shunga o‘xshaydi", dedilar.


Yahyo ibn Maoz Roziy aytadilar: "Dunyo Allohning ekinzori, odamlar shu ekinzorning ekini, o‘lim o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhis-salom shu ekinni o‘ruvchi, qabriston uni yanchuvchi, jannat va do‘zax havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi do‘zaxda bo‘ladi".
Luqmoni Hakimdan zikr qilinadi. U kishi o‘g‘liga aytdilar: "Ey o‘g‘ilginam, dunyo chuqur dengizdir. Unda ko‘p kishilar g‘arq bo‘lishgan. Bas, kemangda Allohga taqvo qilgin".
Ba’zilar aytadi: "Solih amallar ko‘tarib yurgan davlatingdir. Bu molga hirs qilsang, sening foydang. Kunlar – solih amalning to‘lqini, tavakkul – soyasi. Allohning kitobi – dalili, nafsni havodan qaytarish – arqoni, o‘lim – sohili, qiyomat – savdo qiladigan yeri, Alloh esa uning egasidir".
Fuzayl ibn Iyozdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "Dunyo qiyomat kuni keltiriladi. O‘zidagi ziynat va chiroyi bilan aytadiki: Ey Rabb! Meni yaxshi bandalaring uchun uy qilib qo‘ygin". Alloh azza va jalla: "Seni ular uchun uy qilishga rozi emasman, sen hech narsadirsan, sepilgan chang bo‘lgin", deydi. Shundan so‘ng dunyo changga aylanadi".
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kunida dunyo oqarib-ko‘karib ketgan, qari, tishlari ko‘ringan, a’zolari titilgan xas holatda keltiriladi. Kim uni ko‘rsa, qayta qaragisi kelmaydi. Uni odamlarga qaratadi. Keyin: "Buni taniysizlarmi?" deyishadi. "Uni bilishdan Allohdan panoh tilaymiz", deb javob berishadi. Shundan so‘ng: "Bu dunyodir. Sizlar faxrlangan va uning ustida talashgan dunyo mana shudir", deyiladi.
Faqih aytadilar: Dunyoga azob berilmaydi. Chunki unda gunoh yo‘q, lekin do‘zax ahli uni ko‘rishligi uchun do‘zaxga tushiriladi. Do‘zax ahli uchun dunyo xor qilib ko‘rsatiladi.

Xuddi sanamlar do‘zaxga tashlangani kabi. Alloh aytadi:



"(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar" (Anbiyo, 98). Butlar uchun azob yo‘q, lekin azob va hasratni ziyoda qilish do‘zax ahli uchundir. Shuningdek, dunyo do‘zax ahlining azobini, hasratini ziyoda qilish uchun do‘zaxga tashlanadi. Demak, mo‘min kishi oxirat uchun amal qilmog‘i lozim. Dunyo bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi, shug‘ullansa ham, kerak bo‘lganicha, unga qalbi bilan yopishmasdan shug‘ullansa bo‘ladi.
Iso alayhissalom aytdilar: "Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar, vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar, oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki, unda amalsiz rizqlanmaysizlar".
316. Abu Ubayda Asadiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning qalbi dunyo sevgisi bilan to‘lgan bo‘lsa, Alloh taolo uni uch narsa bilan bog‘lab qo‘yadi: Mash-g‘ul bo‘lish va davomli charchash bilan; tugamaydigan orzu bilan; cheksiz hirs bilan. Unda qiyinchilik bo‘lmaydi.
Dunyo talab qiladi va talab qilinadi. Oxirat ham talab qiladi va talab qilinadi. Kim oxiratni

talab qilsa, uni dunyo talab qiladi. Hatto dunyoda rizqini to‘liq oladi. Kim dunyoni talab qilsa, uni oxirat talab qiladi. Hatto o‘lim keladi, so‘ngra birdaniga olib qo‘yadi".


Ibrohim ibn Yusuf Kinonadan rivoyat qiladi: Aytdilarki: "Men Abu Hozimning shunday deganlarini eshitdim: "Dunyodan ikki narsani topdim. Biri – mendagi narsa, u yo‘q bo‘lmaydi, ikkinchisi – boshqaniki, unga yetolmadim, chunki meniki bo‘lgan narsa boshqaga berilmagani kabi, boshqaniki ham menga berilmaydi. Men bu narsaning qaysi birida umr o‘tkazay? Va men yana ikki narsani ikki narsa deb bildim: Biri – mol- dunyoning ajali menikidan oldin kelib, undan g‘alaba qilaman; ikkinchisi – mening umrim unikidan oldin uziladi, o‘laman va boshqa kishiga tashlab ketaman. Qaysi biri bilan Rabbimga osiylik qildim?"
317. Abu Sufyon rivoyat qiladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos Salmonning (r.a.) oldiga keldilar. U kishi kasal edilar, ziyorat qildilar. Salmon yig‘ladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: "Ey Abdullohning otasi, nega yig‘layapsiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sizdan rozi holda dunyodan ketdilar-ku?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilar: "Ogoh bo‘linglar! Men o‘limdan qo‘rqib yoki dunyoga hirs qilib yig‘lamayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga bir ahd berganlar. "Sizlarning dunyodagi nasibalaringiz yo‘lovchi oladigan narsa miqdorida bo‘lsin", deganlar. Mening oldimda esa, bu qora narsalar turibdi". U kishining oldilarida ichadigan, yeydigan, tahorat qiladigan idishlar bor edi. Keyin Sa’d (r.a.) aytdilar: "Ey Abdullohning otasi, siz ham bizga ahd bering. Sizdan

keyin bizlar ham uni ushlaylik". Salmon (r.a.): "Ey Sa’d, qayg‘urgan paytingizda, hukm qilayotganingizda va qasamingizni bajarish vaqtida Allohni eslangiz", dedilar.


318. Jubayr Zahhokdan rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Odamlarning zohidrog‘i kim?" deb. Aytdilar: "Kim qabrni va chirishini unutmasa, dunyo ziynatining ortiqchasini tashlasa, dunyodan ko‘ra oxiratni afzal bilsa, kunlarining ertasi bor deb hisoblamasa va o‘zini o‘lganlardan deb sanasa".
Hakim Hotam Lifofiy aytadilar: "To‘rt narsani to‘rt narsadan talab qildik va bu yo‘lda xato etdik: Boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan, rohatni ko‘plikdan izladik, ozlikda ekan, ne’matni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, ya’ni, Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan".
319. Rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim dunyoga katta ahamiyat berib tong ottirsa, Alloh uning qalbiga uch narsani bog‘lab qo‘yadi: Famdan hech uzilmaydi, mashg‘ullikdan ajralmaydi va kambag‘alligi tugamaydi".
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalang‘ochdir. Mehmon jo‘nab ketadi, yalang‘ochlik ortiga qaytadi".
Fuzayl ibn Iyoz: "Yomonlikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni sevishlikdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni tark qilishdir", deydilar.
320. Anas (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Alloh taolo: "Mo‘min bandamga dunyoni ko‘paytirsam, xursand bo‘ladi, u Mendan uzoqroqdir, dunyoni kamaytirsam xafa bo‘ladi. Kimning dunyosini kamaytirsam,

ana shu bandam Menga yaqindir", deydi". Keyin bu oyatni tilovat qildilar:


"Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o‘zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi? Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar" (Mo‘minlar, 55-56).
321. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abu Zarrning qo‘lidan ushlab chiqdilar va: "Ey Abu Zarr, albatta, sening oldingda baland to‘siq bor. Unga faqat yengil kishilargina ko‘tariladi", dedilar. Abu Zarr: "Yo Rasululloh, men yengil kishilardanmi yoki og‘irlardan?" deb so‘radilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Senda bir kunlik taom bormi?" Abu Zarr: "Ha", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertangisi-chi?" Abu Zarr: "Ha", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertadan keyingisi- chi?" Abu Zarr: "Yo‘q", deb javob qildilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar senda uch kunlik taom bo‘lsa, og‘irlardansan".


Dunyodan yuz o‘girish bobi hadislari
306-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga kirgan.

307-hadis. Muttafaqun alayh. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.

308-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

309-hadis. Mavzu’. Ibn Abu Dunyo, Qazoiy rivoyat qilgan. Sanadidagi Abdulloh ibn Musavvar kazzobdir. “Az-zaifa” kitobida keltirilgan.

310-hadis. Hofiz Iroqiy “Tarix ul-ihyo” kitobida uning asli yo‘qligini aytgan.

311-hadis. Munkar, unda uzilish bor. Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan.

312-hadis. Sahih. Xatib, Qazoiy rivoyat qilgan. “As-sahiha” kitobiga qarang.

313-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.

314-hadis. Sahih. Muslim “Dunyo mo‘minning zindoni, kofirning jannati” lafzi bilan rivoyat qilgan.

315-hadis. Hasan. “Sahihul jome’” va “As-sahiha” kitoblarida keltirilgan.

316-hadis. Hasan. Abu Na’im, Tabaroniy rivoyat qilgan.

317-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim va boshqalar rivoyat qilishgan.

318-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang.

319-hadis. Munkar. Daylamiy rivoyat qilgan.

320-hadis. Mavquf. Suyutiy “Ad-durrul-mansur”da keltirgan.

321-hadis. Sahih. Ibn Muborak, Bayhaqiy rivoyat qilgan.




YIGIRMA SAKKIZINCHI BOB

BALO VA MASHAQQATLARGA SABR QILISH
322. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey bola, senga Alloh taolo foyda beradigan kalimalarni o‘rgataymi?" dedilar. Men: "Ha, ey Allohning elchisi!" dedim. Aytdilar: "Allohni yod et, Alloh seni saqlaydi. Allohni yod et, Uni huzuringda topasan. Alloh taoloni kenglik paytida tani, qiyinchilikda seni taniydi. Tilasang, Allohdan tila. Yordam so‘rasang, Allohdan so‘ra. Bo‘ladigan narsalarni qalam (yozib bo‘ldi), quridi. Agar butun odamlar senga foyda bermoqni xohlasalar, Alloh uni senga taqdir qilmagan bo‘lsa, qodir bo‘lmaydilar. Agar ular senga zarar bermoqchi bo‘lsalar, Alloh taolo taqdir qilmagan bo‘lsa, zarar berishga ham qodir bo‘lmaydilar. Allohga shukr va ishonch bilan amal qil. Bilki, yomon ko‘rgan narsangga qilgan

sabringda ko‘p yaxshiliklar bor. Albatta, (Allohning) yordami sabr qilish bilan, quvonch qayg‘u bilan, yengillik mashaqqat bilan birgadir".


Ali ibn Abu Tolib (Alloh uzotdan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Ey odamlar! Mendan besh narsani yod qilinglar: Gunohdan boshqa narsadan qo‘rqmangiz, Allohdan boshqasiga umid etmangiz, agar bilmasangiz, ta’lim olishdan uyalmangiz, agar so‘rasalar, bilmasangiz, bilmayman, demoqdan uyalmangiz. Bilingizki, sabr jasaddagi bosh kabidir.

Jasaddan bosh ajralsa, jasad hech narsaga yaramaydi, shuningdek, ishlardan sabr ketsa, buziladi".


Keyin: "Men sizlarga haqiqiy faqihning xabarini beraymi?" deb so‘radilar. "Ha, ey amirul mo‘minin", deyishdi. "Odamlarni Allohning iltifoti va marhamatidan noumid qilmagan, shuningdek, ularni Allohning azobidan xotirjam ham qilib qo‘ymagan, gunohlarni odamlarga ziynatli qilib ko‘rsatmagan, gunohkor va muvahhidlarni (tavhid e’tiqodida bo‘lganlarni) Alloh hukm qilmasdan oldin jannati yoki do‘zaxi deb hukm etmagan kishi haqiqiy faqihdir. Allohning azobidan bu ummatning yaxshisi xotirjam bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:

"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning "makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi" (A’rof, 99). Bu ummatning yomoni ham Allohning lutfidan noumid bo‘lmaydi.
Alloh aytadi:

"Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87)", dedilar Hazrati Ali.
Yazid Raqqoshiy aytadilar: "Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda, bergan zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman". Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring, uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman.
Bu xabarlarda sabr amallarning afzali ekaniga dalil bordir. Alloh taolo aytadi: "Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob- kitobsiz, to‘la-tokis qilib berilur" (Zumar, 10).
323. Muhammad ibn Muslim rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning elchisi! Molim ketdi, tanam kasal bo‘ldi", deb shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Moli ketmagan, joniga kasallik yetmagan bandaga yaxshilik yo‘qdir. Albatta, Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa, unga balo yuboradi, agar unga balo yuborsa, uni sabrli qilib qo‘yadi".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaysi bir kishini sulton zulm qilib qamasa, u hibsda o‘lsa, shahiddir. Agar ursa, tayoq zarbidan o‘lsa, shahiddir".
324. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Aytdilar: "Albatta, kishining Alloh nazdidagi darajaga erishmog‘i uchun qilgan amali yetmaydi. Hattoki, uning joniga balo keladi, o‘sha balo tufayli uni o‘sha darajaga yetkazadi".
325. Rivoyat qilindi. Allohning:

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin