"Parvardigorning Odam bolalarnigg bellaridan(ya’ni, pushta kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib, "Men Par. vardigoringiz emasmanmi?" deb o‘zlariga qarshi guvox qilganida, ular: "Haqiqatdan, Sen Parvardigorimizsan, biz bunga shohidmiz", deganlarini eslang (A’rof, 172-oyat), deb aytgan. Shunda ularning iqrorlarini qog‘ozga yozdi. Keyin bu toshni chaqirib, boyagi qog‘oz unga mahkamlandi. U Alloh taoloning bu makondagi
qo‘riqchisidir. Kim o‘sha ahdiga vafo qilsa, unga guvohlik beradi", dedilar, Umar (r.a.) Ey
Abul Hasan, Alloh taolo ko‘p ilmni sizlarning oralaringazda yoydi", deb javob qildilar".
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qrlinadi. U kishi ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganlaridan keyin aytgan edilar: "Piyoda holda haj qilmaganim uchun pushaymon bo‘lganchalik hech narsaga pushaymon bo‘lmadim. chunki men Alloh taoloning:
"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq- holdan toygan tuyalar ustida kelurlar" (Haj, 27-oyat) degan kalomini eshitganman".
Faqih aytadilar: "Agar yo‘l yaqin bo‘lsa, piyoda borishning zarari yo‘q va u afzaldir-yo‘l uzoq bo‘lsa, ulovda kelish afzal. Chunki boruvchi o‘zini charchatadi, qiynaladi, buziladi. Agar bunday holga tushishdan xotirjam bo‘lsa, piyoda borgani yaxshi.
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u kishi; «farishtalar hojilarni kutib oladi: tuya egalariga salom beradi, xachir va eshaqda kelganlar bilan so‘rishadi, piyodalarni quchoqlab oladi", deganlar.
767. Zahhok Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Qay bir musulmon uyidan Alloh yo‘lini qasd qilib chiqsa, so‘ngra urushdan oldin ulovdan yiqilib yoki ilon chaqib o‘lsa, qanday holatda o‘lsa ham, u shahiddir. Kaysi musulmon uyidan Allohning haramini haj qilaman, deb chiqsa, ammo yetmasdan uni o‘lim olib ketsa, Alloh unga jannatni vojib qiladi".
768. Payg‘ambar (s.a.v.) yana bir hadislarida aytadilar: "Allohim, hojini va u istig‘for aytgan kishini mag‘firat qil".
769. Ato Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz boshqa masjidda o‘qiltan namozning mingtasiga to‘g‘ri keladi. Magar Masjidi harom bunday emas".
770. Boshqa xabarda aytiladi: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz, boshqa masjidlarda o‘qilgan namozlardan o‘n ming marta afzal zdi. Magaram Masjidi Haromdagisi emas. Masjidi Haromda o‘qshidgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming marta ustun. Alloh yo‘lida o‘qilgan namoz yuz ming namozdan afzaldir". So‘ng Nabiy (s.a..v.): "O’sha narsadan Ham afzalroq narsani sizlarga aytib berayinmi? Kishi qorong‘i kechada turib, yaxshilab tahorat olsa va ikki rak’at namozni Alloh taolo huzuridagi narsani umid qilib o‘qisa (shu namozi afzaldir)", dedilar.
Ibn Umar (r.a) aytadilar: "Paygambar (s.a.v.): beshta narsaning ustiga qurilgan: La-a ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyida ro‘za tutish va Allohning uyini haj qilish", dedilar.
772. Said ibn Musayyab (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "Alloh taolo uch nafar kishini bir kishining haji bilan jannatga kirgizadi. Vasiyat qiluvchini, uni bajaruvchini va uning nomidan haj qiluvchini. Umra ham xuddi shunday. Alloh bilguvchiroqlir", dedilar.
773. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahihsa nadsal ila Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh yo‘lida (yurganda ko‘tarilgan) changlar bilan jahannamning tutuni bapdaning ichida hech kachon birga bo‘lmaydi. Bandaning qalbida hech qachon iymon va baxillik jamlanmaydi".
774. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh yo‘lida ertalab otlanib, kechqurun kaytish yer va undagi bor narsalardan afzaldir. Kishining safda turishi oltmish yillik ibodatdan yaxshi".
775. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravohani qo‘shin bilan jo‘natdilar. Juma quni edi, Ammo Abdulloh (r.a.), Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga juma namozini o‘qib, so‘ng sheriklarimga yetib olaman, deb o‘yladilar. Na-moz paytida Payg‘ambar (s.a.v.) u kishini ko‘rib qolib: "Nima bo‘ldi, birodarlaring bilan jo‘nab ketmadingmi?" deb so‘radilar. Abdulloh (r.a.): "Siz bilan juma namozini o‘qishni xohladim, birodarlarimga keyin yetib olaman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda
unga: "Agar yerdagi bor narsani infoq qilsang HAM, ularning jo‘nab ketishidagi fazilatni topa olmaysan", dedilar".
776. Salmon Forsiy (r,a.) aytadilar: "Kechasi sohil bo‘yida chegarani qo‘riklash kishiga ro‘za tutganidan va ahlida bir oy qoim turganidan yaxshidir Alloh yo‘lida dushmanga qarshi chegarada qurol olib turganida o‘lsa, Alloh uni kabr fitnasidan mudofaa qiladi va uni katta qo‘rqinchdan omon saqyaaydi. Amali uchun kecha-kunduz qiyomatgacha ajr berib turadi.
777 Ubayd ibn Umayr otasining shunday rivoyat qilganini aytadilar: "Payg‘ambardan (s.a.v.) "Islom nima?” deb so‘rashdi. "Yaxshi gapirish, ochlarga taom va salomni yoyish", dedilar. "Qaysi Islom Islom yo‘lida qilingan amallarning qaysilari afzal?" deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "Qo‘lidan va tilidan insonlarning omonda bo‘lishi", dedilar.
Keyin: "Qaysi namoz afzal?" deyishdi. "Uzun qiyom", dadilar. "Kaysi saddaqa afzal?" deb so‘rashdi so‘ng. "Kambag‘alliqdagisi", dedilar. "Qaysi iymon afzal?" deb so‘rashganda, "Sabr va bag‘rikenglik", deb javob berdilar. "Qaysi jang afzal?" deb so‘rashdi keyin. Nabiy: "Kimning oti yarador bo‘lsa va uning qoni oqsa", dedilar. "Qullarning qaysisi afzal?" deb so‘rashgan edi, "Puli qimmatrog‘i", dedilar Nabiy (s.a.v.)".
778. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh taoloning yo‘lida ketayotganida ko‘tarilgan chang bilan jahannam tutini musulmon bandaning dimog‘ida birga bo‘lmaydi".
779. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Qiyomat kuni uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, Alloh harom etgan narsalardan tayilgan ko‘z, Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z".
780. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Menga ummatimdan jannatga birinchi kiradigan hamda do‘zaxga kiradigan uch kishi ko‘rsatildi. Jannatga kiruvchi Uch kishi - shahid, qulligi Alloh taologa ibodat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul va bola-chaqasi bor pokdomon faqir. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiruvchi uch kishi zolim amr,Allohning haqqini ado qilmaydigan kishi va kibrli kambag‘al".
“Nega undan yuz o‘girdingiz?” deb so‘rashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, uning Hurul ‘iyn juftlari shoshayotganini, hatto bilakuzuklari ochilib ketganini ko‘rdim”.
783. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech qaysi banda o‘lganidan keyin dunyoga qaytishni orzu qilmaydi. Agar dunyo va undagi narsalar berilsa ham, uning uchun Allohning dargohi yaxshi. (Ya’ni, dunyoga qaytishni o‘limdan xavfsiragani uchun jamiki dunyo berilsa ham, umid qilmaydi). Magar shahidgina shahodatning fazilatini bilgani uchun dunyoga qaytishni va yana bir bor o‘ldirilishni orzu qiladi”.
Said ibn Jubayr (r.a.) Allohning:
“Osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar)” (Zumar, 68-oyat), degan so‘zi haqida: “ular arsh atrofida qilichlarini yalong‘ochlab turgan shahidlardir”, deb aytganlar.
784. Hasan Basriy (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Allohdan shahidlikni so‘rasa va o‘lsa, unga shahidning ajri beriladi”.
Ibn Mas’ud (r.a.) Alloh taoloning:
“Yo‘q, ular tirikdir, u zotlar alloh o‘z fazli karami bilan bergan ne’matlaridan xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar” (Oli Imron, 169-oyat), degan so‘zi haqida aytadilar: “Ularning ruhlari ko‘k qush ko‘rinishida bo‘lib, jannatning xohlagan joyida uchib yurishadi, so‘ng arsh tagidagi osilgan qandillarga joylashishadi”.
785. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib aytadilar: “Kim Alloh yo‘lida bir tuya sog‘ib olingancha vaqt urushsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Alloh taolodan samimiy, sodiq holda shahidlikni so‘rasa, so‘ng o‘lsa yoki o‘ldirilsa, unga shahidning ajri bo‘ladi Kim Alloh yo‘lida jarohat olsa yoki bir baxtsizlikka yo‘liqsa, qiyomat kuni rangi za’farondek, hidi mushkdek holda keladi”.
786. Hasan Basriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni to‘rt ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh yo‘lida o‘yib olingan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib yosh oqizgan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib, kechasi bedor o‘tgan ko‘z va musulmonlarning orqasida qo‘shinni qo‘riqlab, tong ottirgan ko‘z”.
Haj fazilati bobi hadislari
761-hadis. Sanadida zaiflik bor.
762-hadis. Sanadida zaiflik bor.
763-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
764-hadis. Mutt afaqun alayh.
765-hadis. Mursal sahih. Imom Molik “Muvatto”da rivoyat qilgan.
766-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Bayhaqiy va Hokim rivoyat qilgan.
767-hadis. Unda zaiflik bor.
768-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
769-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
770-hadis. Iroqiy uni g‘arib hadis, degan.
771-hadis. Muttafaqun alayh.
772-hadis. Zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Az-za’iva”ga qarang.
773-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Hokim, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
774-hadis. Avvali sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. Oxiri mavsul.
775-hadis. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan.
776-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
777-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan.
778-hadis. Sahihi. Nasoiy, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
779-hadis. Juda zaif. Asbahoniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
780-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim, Tiyolisiy rivoyat qilgan.
781-hadis. Muttafaqun alayh.
782-hadis. Hokim uni sahih degan.
783-hadis. Muttafaqun alayh.
784-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
785-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.
786-hadis. Mursal.
YETMISHINCHI BOB POSBONLIK FAZILATI
787. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadlari ila Usmondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Men bir sir saqlagan edim, uni bugun oshkor qilmoqchiman. Uni sizlarga bildirishdan faqat sizlarga bo‘lgan gumon to‘sib turardi. Payg‘ambardan (s.a.v.) ushbu hadisni eshitganman: “Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish ming kunlik ro‘za tutish va ming kecha qoim turishdan yaxshidir”.
788. Salmon Forsiy (r.a.) Shurhabil ibn Samitning yonidan o‘tdilar. u fors yeridagi qal’ani qo‘riqlab turgan edi. shunda: “Sizga payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan hadisimni
aytib beraymi? Payg‘ambar (s.a.v.): “alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish kishining bir oylik ro‘zasidan va kechasidagi qiyomidan yaxshidir. Kim posbonlikda o‘lsa, qabr fitnasidan mudofaa qilinadi, uning har bir amali qiyomatgacha yaxshi amal qilgani kabi o‘sib boradi”, deganlar”, dedilar”.
789. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh yo‘lida bir takbir aytsa, qiyomat kuni uning tarozisida u takbir osmon, yer va ularda bor narsadan og‘irroq tosh bosadi. Kim Alloh yo‘lida “la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ovozini ko‘tarib aytsa, Alloh taolo u uchun ulug‘ rozilikni yozadi va kimga ulug‘ rozilikni yozsa, uni Muhammad (s.a.v.), Ibrohim (alayhissalom) va boshqa payg‘ambarlar bilan birga qiladi”.
Faqih (r.a.) aytadilar: “Allohning “ulug‘ roziligi” xususida ixtilof bor. Ba’zilar: “U – Allohni ko‘rish”, deydi, boshqalar esa: “Ulug‘ rozilikdan keyin unga hech qachon g‘azab qilinmaydi”, deb aytadi”.
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod
qilgan kishining darajasiga yetaman?” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nimang bor?” “Olti ming dirhamim bor”, dedi u. “Agar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga teng keladi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”.
Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: “Kimki sochini qo‘riqchilik qilib turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi”.
Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: “Bir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan ajablandi. Abdurahmon: “Senga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?” dedilar. “Ha”, dedi u. “Bir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir”, dedilar”.
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi”. “Ey Rasululloh, ular kimlar?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ular o‘limni qo‘riqchilikda topganlar”, dedilar.
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha qo‘riqlanadi”.
Posbonlik fazilati bobi hadislari
787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
790-hadis. Isnodi noma’lum.
791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang.
YETMISH BIRINCHI BOB
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI
793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha” dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar. Kamondan otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing,
otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki haqdandir”, deb aytganlar”.
Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham buyuringlar”, deb yozganlar”.
Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”.
Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar.
794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin”, degan edilar.
795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: “Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham
qilgan edilar.
796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”.
797. Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”.
798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q otsa, u qulni ozod etgan kabidir”.
799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq- ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan
ojiz qolmasin”.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul ozod qilish kabidir”.
800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib:
“(Ey mo‘minlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar” (Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: “Ogoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir”. Bu gapni uch marta takrorladilar.
801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Kim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni tashlabdi”. Boshqa bir xabarda “ne’matni tark etibdi”, deyiladi.
Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim: ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish.
802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: “Ilm talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir”. O‘shanda: “Ey Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?” deb so‘ragan edim, u zot: “Ey Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi. Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi”, dedilar.
803. Va yana aytadilar: “Kim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi va jannatga hisobsiz kiradi”.
804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”.
Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari
793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
794-hadis. Muttafaqun alayh.
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan.
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
797-hadis. Isnodi noma’lum.
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang.
802-hadis. Isnodi noma’lum.
803-hadis. Isnodi noma’lum.
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
YETMISH IKKINCHI BOB
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI
805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Rabbim, men sahifalarda shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummati”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. Shu kishilarni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatidir”, dedi.*
Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha ziyodasi bor: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad
(s.a.v.) ummatidir”. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh taolo: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi:
* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.
“Ey Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va (bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (ya’ni payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin” (A’rof, 144oyat);
“Muso qavmidan shunday jamoat ham borki”, haq (so‘z) bilan (odamlarni) to‘g‘ri yo‘lga boshlarlar va haq (hukmlar) bilan adolat qilurlar” (A’rof, 159- oyat). Shundan keyin Muso (alayhissalom) rozi bo‘ldilar.
806. Muqotil ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro kechasida Jabroil (alayhissalom) bilan Sidratul muntahoning oldidagi katta parda ro‘parasida to‘xtadik. Jabroil alayhissalom: “O‘ting, ey Muhammad (s.a.v.)”, dedi. Men:
“Siz o‘ting, Jabroil”, dedim. Jabroil aytdi: “Ey Muhammad, sizdan boshqaning bu makondan o‘tishi mumkin emas. Siz Allohga mendan ko‘ra hurmatliroqsiz”. Keyin pardaning naryog‘iga o‘tib tillo so‘riga yaqinlashdim. Unda jannat hariridan bo‘lgan to‘shak bor edi. Orqamdan Jabroil (alayhissalom): “Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga sano aytyapdi. Eshiting va itoat qiling. Uning kalomi sizni cho‘chitmaydi”, deb nido qildi. Men Alloh taologa sano ayta boshladim. Orqasidan: “Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat”ni o‘qidim. Alloh taolo: “Assalamu ‘alayka va rohmatullohi va barokatuh”, dedi. Men aytdim: “Assalamu alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn”. Keyin Jabroil dedi: “Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh”. Alloh taolo:
“Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi”, dedi. Men: “Ha, Rabbim, senga iymon keltirdim”,
“va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar)”. Yahudiy va nasorolar Muso bilan Isoni (alayhissalom) ajratdi. “Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: “Uning payg‘ambaridan birontasini ajratib qo‘ymaymiz”, dedim”.
Alloh taolo aytdi:
“Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi”, ya’ni, faqat toqati yetsagina buyuradi”,
“(Har kimning) qilgan amali o‘zi uchundir”, ya’ni yaxshilikdan topgan savobi o‘zigadir...”
“Va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir”. Keyin aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:
“Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga qaytajakmiz”, dedim. Alloh taolo aytdi: “Sizni va ummatingizni va kim Meni bir degan va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim”. Keyin yana aytdi: “Ey Muhammad (s.a.v.),
so‘rang, beriladi”.
“Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama!” dedim. Alloh aytdi: “So‘raganingiz berildi, xato qilsangizlar, unutsangizlar yoki majburlansangizlar, u uchun azobimga giriftor qilmayman”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:
“Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama”, dedim. Chunki Bani Isroil bir xato qilsa, Alloh taolo taomlarning yaxshisini harom qilardi. Alloh bu haqda:
“Ko‘p kishilarni zulm bilan Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik” (Niso, 160-oyat), degan.
Alloh taolo aytdi: “O‘sha so‘raganingiz sizga”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:
“Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama”, chunki
ummatim kuchsiz”, dedim. Alloh taolo aytdi. “Bu ham sizga. So‘rang, beriladi”. So‘ngra:
“Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!” (Baqara, 285 –
286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: “Bu ham sizga,
“Agar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni)
Dostları ilə paylaş: |