XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI
169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda
ularga: “Do‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deydi. Ular:
1) livota qiluvchi va livota qilingan;
2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi);
3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi;
4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi;
5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi;
6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi;
7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi”.
Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir.
170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan, tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha”. “Uning yomonligi nima?” deyishdi. Aytdilar: “Qo‘polligi va zulmi”.
171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati kabidir”.
172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar: “Qo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin”. Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi: “Ey g‘ulom!” Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin”. G‘ulom aytdi: “Bu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku”. Abdulloh ibn Amr: “Senga dard tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik”.
173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha- kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi”.
174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: “Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?” Aytdilar: “Agar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir
musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa, shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan bergin”.
Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: “Uyingni uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli”.
175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros beriladi”, deb o‘ylardim”.
Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: “Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik
qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi”.
Alloh taolo:
“Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar”, ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga” qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; “yo‘lovchi musofirga”, ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va “qarindosh qo‘shniga”, ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga “yaxshilik qilinglar” (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham.
177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi: ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir”.
Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi
va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim bo‘ladi.
178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: “Eshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin”.
Va aytildi: “Uch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning gunohlari kechiriladi”.
179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar.
Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”.
Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi.
Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir (ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir).
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir:
1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar;
2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab turadi;
3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”.
180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor, sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?”
Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir:
1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa;
2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa;
3) kishi qabristonlardan o‘tib, u yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa;
4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa.
5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa;
6) Kishi yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa o‘rganish uchun bormasa;
7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa;
8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa;
9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa;
10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa bermasa...”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt narsadadir:
1) qo‘shniga hamdard bo‘lish;
2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi;
3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i;
4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i.
XIV bob. Qo‘shnichilik haqlari bobi hadislari
1. Abdulloh ibn Amr ibn Os. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga...” Zaif*. Ajriy, “Zammul luvot” (53) va “Al-kaboir” (149) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Mas’ud. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim o‘z qudratida bo‘lgan zotga qasamki...” Zaif*. Ahmad (387/1), Hokim (165/4)
va Bayhaqiy (3524).
3. Said ibn Musayyab. “Payg‘ambar aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati...” Mursal*. Ibn Abu Dunyo, “Al-makorim” (323).
4. Muhojid. “Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdi: ...” Sahih*. Ahmad (160/2), Abu Dovud (5 152) va Termiziy (1943).
5. Abu Shurayix Ka’biy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6019) va
Muslim (48).
6. Hasan Basriy. «Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?..» Zaif*. Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (9560) va Xaroitiy, «Makorimul axloq» (40-bet).
7. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki...» Sahih*. Ahmad (445, 305/2), Ibn Moja (3674).
8. Abu Hurayra. «Rasululloh aytdilarki: «Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin...» Hasan*. Termiziy (2305) va «As-sahihat» (402/3) ga qarang.
9. Hadis. «Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi...» Zaif*. «Zaiful jome’» (2674).
10. Abu Zarr G‘iforiy. «Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar...» Sahih*. Muslim (648, 837, 2625), Ahmad (171,
161/5) va Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (7347-5919).
11. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Zaif*. «Zaiful jome’» (4191).
12. Anas ibn Molik. «Payg‘ambardan (s.a.v.) aytildi: «Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekan...» Zaif*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (1111) va Asbahoniy «At-tartib» (875), «Zaiful jome’» (4268).
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin: “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi. Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar”.
Masruq aytadi: “Aroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa
Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir”.
Ka’bul Ahbor aytadi: “Bir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan yaxshiroqdir”.
181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi”.
Faqih aytdi: “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir”, degan hadisning ma’nosi pishirilgan bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir.
182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ko‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Pishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa, uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi.
184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: “Ey odamlar, aroqdan saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi. To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: “Mendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni
ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?” dedi. Bu payt yigit og‘ir
holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi, bolani ham o‘ldirdi”.
Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Undan qochinglar, chunki u iflosliklarning onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi”.
Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida – jon ketish vaqtida bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va hasratda qoladi.
Zahhok aytdi: “Kimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast holatda tiriladi”.
185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: “To‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil, minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir”.
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Aroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi, savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi”.
186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: “Qiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin bo‘ladi”.
187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa, shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman”.
Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: “Aroq Tavrotda harom qilinganmi?” “Ha”, dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan
harom ishdir” (Moida, 90). Tavrotda yozilgan: “Biz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil qildik va u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham; aroq ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman”. So‘raldi: “Hozirat ul-qudus nima?” Aytdi: “Qudus – Alloh, hozira esa jannatdir”.
Faqih aytdi: Aroq ichishdan saqlangin. Chunki undan o‘nta yomonlangan xislat bor:’
1. Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanadi. Aqllilar oldida yomon ot-liqdir.
Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: “Ey Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, pokdomonlardan qilgin”, deb aytardi.
Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: “Ey do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin”, dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, uning yuziga bavl qildi. Haligi mast issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb aytar edi...
2. U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: “Ey Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering”. Aytdilar: “Albatta, u molni yo‘qotuvchi, aqlni ketkazuvchidir”.
3. Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo aytganidek:
“Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni xohlaydi” (Moida, 91).
4. Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek: “Shayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar?” (Moida, 91). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan vaqtlar Umar ibn Xattob: “Albatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim”, degan edi.
5. Uni ichmoqlik, zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi sezmay qoladi.
6. Aroq hamma yomonlik kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib qoladi.
7. U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat berib qo‘yadigi, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas.
8. Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari qarab turadi.
9. Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha yaxshi amallari va qilgan duolari qabul bo‘lmaydi.
10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.
Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishil lozim bo‘ladi.
Muqotil ibn Sulaymondan Allohning:
“Biz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!” (Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan “Jannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar, unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron bir ifloslik qolmaydi, hammasi ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: “Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin. Xush keldingiz!” (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan. Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar va ular jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar, ular ham alik oladi, keyin u yerga kiradilar.
Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: “Nima xohlaysan?” Aytadi: “Alloh-ning karomatiga tushmoqni xohlayman”. Ular: “Senga bundan ham yaxshisi bor”, deydilar. U yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan marvariddekdir. Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga alik oladi. Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: “Yurgin, bu qasrdan ham afzalrog‘i bor sen uchun”, deydi. Bas, yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladi. Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi, agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi, uning balandligi ham shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan, toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir.
Ahli do‘zax do‘zaxga haydab keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi. Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning
a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki (azob) farishtasi uradi, urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi, qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek:
“Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir” (Niso, 56).
Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar, suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini pishiradi. Alloh aytadi:
“U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir” (Haj, 20-21).
So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini chaqiradi.
“(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: “Parvardigorlaringga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deydilar. (G‘ofir, 49). Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar,
Dostları ilə paylaş: |