Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə38/46
tarix22.10.2017
ölçüsü3,04 Mb.
#10138
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46

yengar” (Anfol, 65-oyat), dedi”.
807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: “Boshqa payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim”.
808. Faqih aytadilar: “Umar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.) uni topib: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga beradiganingni bermaguningcha sendan ajramayman”, dedilar. Yahudiy aytdi: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q”. Umar (r.a.) shunda yahudiyning yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: “Sen bilan mening oramni Abul Qosim ochadi”, dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: “Umar, Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi”, deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh

taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki urdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol”, dedilar. So‘ngra: “Ha, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom) Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom)

Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab

qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir”, dedilar yana Rasululloh (s.a.v.)”.


Ka’bul Ahbor aytadilar: “Alloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta narsa bilan ikrom qildi:

1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga.

2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi:
Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!”

(Mo‘minlar, 51-oyat), bu ummatga qarata:


Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar!”

(Baqara, 172-oyat), dedi.


3. Har bir payg‘ambar uchun aytdi: “Menga duo qiling, ijobat qilaman”, dedi, bu ummat uchun esa:

Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman” (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi”.


Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan:

1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi.

2. Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi.

3. Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi.

4. Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi.

5. Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi.


Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: “Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.)

ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi:

1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba qilsa, Alloh qabul qiladi.

2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim. Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni kiyintirib qo‘yadi.

3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi.

4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi”.


809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. “Ey Muhammad, – deyishdi ular, – bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz”. Payg‘ambar (s.a.v.): “So‘ranglar-chi”, dedilar. “Bizga ummatinga Alloh farz qilgan besh vaqt namozning xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Quyosh zavolga ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni

chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni qo‘yib, unga sig‘inadi”.


Yahudiylar: “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob borligining xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Peshin namozi vaqtida jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi”. So‘ng bu oyatni o‘qidilar:
Barcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar” (Baqara, 238-oyat). Keyin yana davom etdilar: “Shom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilgan soat. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi munofiqlikdan ozodlik”.

“To‘g‘ri aytding, ey Muhammad”, deyishdi yahudiylar. So‘ngra yana savol qilishdi: “Nima uchun Alloh taolo ummatingga o‘ttiz kun ro‘zani farz qildi?” “Odam (alayhissalom) o‘sha daraxtning mevasidan yeganida, u narsa qornida o‘ttiz kun saqlangan edi. Shuning uchun Alloh taolo farzandlariga o‘ttiz kun och yurishni farz qildi, kechqurun esa, marhamati ila taom yeyishga izn berdi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, bu ro‘zani tutgan ummatingga qanday savoblar bor?” deyishdi keyin. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi banda ramazon oyida chin qalbdan ro‘za tutsa, Alloh taolo unga yetti xislat beradi: jasadidagi harom go‘shtlarni eritadi, rahmatiga yaqinlashtiradi, amallarning yaxshisini beradi, ochlik, chanqoqlikdan omon saqlaydi, qabr azobidan asraydi, qiyomat kunida sirotdan o‘tish uchun nur beradi, jannatda ikrom qiladi”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad! – deyishdi yahudiylar. – Endi payg‘ambarlardan ortiqliging nimada ekanini ayt-chi!?” Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Har bir payg‘ambar o‘z qavmini badduo qilgan. Men esa, duoimni (ya’ni, shafoatni) ummatim uchun saqlab qo‘yganman”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.) shohidlik beramizki, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo‘q va sen Allohning elchisidirsan”, deyishdi yahudiylar.


Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: “Musoga (alayhissalom) nozil qilingan narsaning ba’zilarini o‘qidim. Unda: “Ey Muso, Muhammad va uning ummati ikki rak’at namoz o‘qishadi. U bomdod namozidir. Kim uni o‘qisa, kunduz va kechasida qilgan gunohlarini kechirdim va u Mening himoyamda bo‘ladi. Ey Muso! Muhammad va uning ummati to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U peshin namozidir. Uning birinchi rak’ati bilan ularni mag‘firat qilaman, ikkinchi rak’ati bilan ularning tarozularini og‘ir qilaman, uchinchi rak’ati bilan ularga bir farishtani vakil qilamanki, ular uchun tasbeh va istig‘for aytib turadilar. To‘rtinchi rak’ati bilan ularga osmon eshiklarini ochaman, ular Hurul ‘iynlarga musharraf bo‘lishadi. Ey Muso, Muhammad (s.a.v.) va uning ummati yana to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U asr namozidir. Osmon va yerda biron farishta qolmasdan ularga istig‘for aytadi. Kim uchun maloikalar istig‘for aytsa, uni azoblamayman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati

quyosh botgan vaqtda uch rak’at namoz o‘qishadi. Ularga osmon eshiklarini ochaman, qaysi hojatlarini so‘rashsa, ularning hojatini beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati shafaq yo‘qolgan vaqtda to‘rt rak’at namoz o‘qishadi, bu dunyo va undagi bor narsalardan o‘sha to‘rt rak’at yaxshidir, onalaridan tug‘ilgan kundagidek gunohlaridan poklanadilar. Ey Muso, Ahmad va uning ummati buyurganimdek tahorat qiladilar, u suvdan sachragan har bir qatra barobarida Men ularga kengligi osmonu yerga teng bo‘lgan jannatni beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati har yili ramazon oyida

ro‘za tutadi. Har kungi ro‘zasiga jannatda bir shahar beraman. Ularning nafl amallariga farz amallarining ajrini beraman. Laylatul qadr kechasida kim gunohlariga pushaymon bo‘lib, qalbdan sodiq istig‘for so‘rasa, keyin shu kecha yoki shu oyda vafot etsa, unga o‘ttiz shahidning ajrini beraman. Ey Muso! Muhammadning (s.a.v.) ummatida shunday kishilar borki, ular ulug‘ martabada turadilar va “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik beradilar. Ularning mukofoti payg‘ambarlarning mukofoti kabidir. Mening rahmatim ularga vojib va g‘azabim ulardan uzoqdir. Modomiki “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik berib tursalar, ulardan hech biriga tavba eshigini berkitmayman”, deb yozilgan edi”.
810. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kuni chaqiriladigan birinchi kishi Nuh (alayhissalom) va uning ummatidir. Keyin u kishidan: “Sen bilan yuborilgan narsani yetkazdingmi?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, ey Rabbim”, deydilar. Keyin qavmiga aytiladi: “Sizlarga Nuh Allohning risolatini yetkazdimi?” “Yo‘q, Allohga qasamki, agar bizlarga elchi yuborganingda, albatta, Sening

oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga yetkazmaganingni da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom) aytadilar: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib,

so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki, Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”.
Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa oldingilar. Bu Allohning so‘zidir:
Shuningdek, (ya’ni, haq yolga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun orta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat).


Muhammad (s.a.v.) ummatlari fazli bobi hadislari
805-hadis. Isnodi mavzu’.

806-hadis. Sanadida uzilish bor, zaif.

807-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.

808-hadis. Isnodi noma’lum.

809-hadis. Isnodi noma’lum.

810-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.




YETMISH UCHINCHI BOB

ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI
811. Faqih aytadilar: “Bir a’robiy Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: “Men Islomga kirdim. Yana biror narsa ko‘rsating, ishonchim ziyoda bo‘lsin”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Nima istaysan?” deb so‘radilar. “Anuv daraxtni chaqiring, oldingizga kelsin”, dedi a’robiy. Nabiy aytdilar: “Borib, uni chaqir”. A’robiy daraxt oldiga borib: “Allohning rasuliga javob ber”, dedi. Daraxt ag‘darildi. Tomirlari uzildi. Keyin bu tomonga, oldinga va orqaga ag‘darildi. Keyin tomirlari, shoxlari bilan yurib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) oldlarida to‘xtab, salom berdi. A’robiy tan berib: “Yetadi, yetadi”, dedi. Unga qaytishni buyurdilar. Daraxt qaytib ketdi, tomirlari o‘rniga qadalib, to‘g‘ri o‘rnashdi. A’robiy aytdi: “Ey Allohning elchisi, menga boshingizni va oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat bering”. Unga ruxsat berdilar. Boshlarini va oyoqlarini o‘pganidan keyin: “Sizga sajda qilishga ruxsat bering”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga sajda qilma, maxluqlar (yaratilganlar) bir-biriga hech sajda qilmaydilar. Agar maxluqqa sig‘inishni biron kishiga buyurganimda, xotinga erining haqqini hurmatlashi uchun unga sajda qilishni buyurar edim”.
812. Ato ibn Omir (r.a.) rivoyat qiladilar. Bir xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib aytdi: “Ey Allohning elchisi, erning xotin ustidagi haqqi nima?” Nabiy (s.a.v.): “Agar eri tuyaning ustida turib uni xohlasa, e’tiroz qilmasligi; ramazondan tashqari har qanday nafl ro‘zani faqat erning izni bilan tutishi. Agar shunday qilmasa, erga ajr bor, xotinga gunoh. Yana erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqmasligi. Agar chiqsa, rahmat va azob

farishtalari to qaytgunicha unga la’nat o‘qishadi”, dedilar.


Ka’bul Ahbor aytadilar: “Qiyomat kuni xotindan birinchi so‘raladigan narsa namoz, so‘ng erining haqqi bo‘ladi”.
813. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar xotin erining uyidan qochib ketsa, qaytgunicha va qo‘lini erining qo‘liga qo‘yib, nima qilsang, qil, degunicha namozi qabul qilinmaydi. Agar xotin namoz o‘qib, eri uchun duo qilmasa, eriga duo qilmagunicha namozi qabul bo‘lmaydi”.
814. Qatoda (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Payg‘ambarning (s.a.v.) Minodagi xutbalarida shunday deganlari zikr qilindi: “Ey odamlar, albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz va xotinlaringizning sizlarda haqqi bor. Ularning ustidagi sizlarning haqlaringiz – ular sizlarning to‘shaklaringizni muhofaza qilmoqlari va sizlar yomon ko‘radigan kishilarning uyingizga kirishiga ruxsat bermasliklari, yomon ish qilmasliklari. Agar ular yuqoridagi ishlarni qilsalar, ularni zarar yetkazmasdan urishlaringiz halol bo‘ladi. Ularning sizning ustingizdagi haqqi – ularni kiyintirishingiz, yaxshilik bilan nafaqa qilishingiz”.
815. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar xotin besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon oyi ro‘zasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat qilsa, jannat eshigining xohlaganidan kiradi”.
816. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytganlar: “Agar erni ikki burnining biridan qon va biridan yiring oqsa, uni xotini artsa, bu bilan ham erining haqqini ado qilolmaydi”.


Erning xotini ustidagi haqlari bobi hadislari
811-hadis. Zaif.

812-hadis. Zaif.

813-hadis. Zaif.

814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.

815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.

816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan.




YETMISH TO‘RTINCHI BOB XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI
817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): “Qaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ahllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari”, deb javob qildilar“.
818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Hammalaringiz boshliqsiz va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom raiyatidan mas’uldir. Ahliga boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi narsasidan so‘raluvchisizlar”.

819. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir xotinga mahri misl (odatdagi mahr) bo‘yicha uylansa-yu, mahr bermaslikni niyat qilsa, u zinokordir. Kim birovdan qarz so‘rab, qaytarmaslikni niyat qilsa, u o‘g‘ridir”.


820. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Xotinlar bilan yaxshi muomalada bo‘linglar. Chunki ular sizlarning oldlaringizda yordamchi, nafslari uchun hech narsaga molik emaslar. Ularni Allohning omonati, deb olingizlar. Avratlarini Alloh taoloning so‘zi bilan o‘zingizga halol qildingizlar”.
Faqih aytadilar: “Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir:

1. Uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Chunki ayol avratdir. Ayolning satrdan chiqishi gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir.

2. Unga tahorat, namoz va ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish.

3. Uni haloldan ovqatlantirish. Chunki go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi.

4. Unga zulm qilmaslik. Chunki ayol er uchun omonatdir.

5. Agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish”.


Zikr qiladilarki, bir kishi Umar ibn Xattob oldlariga xotinidan shikoyat qilish uchun keldi. Eshikning oldiga yetganida xotini Ummu Gulsumning u kishiga qattiq gapirgani eshitildi. Haligi kishi: “Men xotinimdan shikoyat qilish uchun kelgan edim. Bu kishida ham menga o‘xshash g‘am bor ekan”, deb o‘ylab, ortiga qaytdi. Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar-da, chaqirdilar va nima uchun kelganini so‘radilar. Haligi kishi: “Xotinimdan shikoyat qilish uchun keluvdim, ammo xotiningizning so‘zlarini eshitib, ortga qaytdim”, dedi. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: “Menda uning haqqi bo‘lgani uchun qilmishlarini kechib yuboraman. Avvalo, u men bilan do‘zax orasini to‘sadi, u tufayli qalbim haromni xohlamaydi. Ikkinchidan, u mening xazinabonim, agar uydan chiqsam, qo‘riqchimdir. Uchinchidan, u mening kiyimlarimni yuvib, tozalaydi. To‘rtinchidan, u farzandlarimni tarbiya qiladi. Beshinchidan, u men uchun non pishiradi, ovqat tayyorlaydi”. Keyin haligi kishi: “Meniki ham sizniki kabi, siz kechibsiz, men ham kechiraman”, dedi.
821. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Aytdilarki: “To‘rt xil nafaqasi (sarf-xarajati) uchun banda qiyomat kuni hisob bermaydi: ota-onasiga qilgan nafaqasi, saharlik uchun qilgan nafaqasi, iftorlik uchun qilgan nafaqasi, oilasiga qilgan nafaqasi”.
822. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dinorlar (pullar) to‘rtta: Alloh yo‘lida infoq qilgan dinoring, miskinlarga bergan dinoring, qulni ozod etishga bergan dinoring va ahlingga infoq qilgan dinoring. Dinorlarning ajri ulug‘rog‘i ahlingga infoq qilgan dinoringdir”.


Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari
817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.

818-hadis. Muttafiqun alayh.

819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang.

820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.

821-hadis. Isnodi noma’lum.

822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.



YETMISH BESHINCHI BOB

NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN QAYTARISH
823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning yaxshisi birinchi salom berganidir“.
824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”.
825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”. Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st tutinganlardir”.
826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Jannat eshiklari seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda Allohga shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”.
827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi yarmiga yetganida kechasi Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini kechiradi”.
Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo: “Bas, Alloh ular hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”.

828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”.


829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”.
830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”, deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).
Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish

uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi:

– kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin;

– kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin;

– kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin;

– kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin;

– kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin;

kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin;

– kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin;

– kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”.


831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. “Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: “Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan

oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: “Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: “Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir- birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”.


832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”.
Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”.
Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod qilganlik savobini beradi”.

Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har

biridan ikkita narsani talab qildi. Qalbdan Allohning ishlarini ulug‘lash va Uning maxluqlariga shafqatli bo‘lish; tildan Allohni har doim zikr qilish va xalqqa xushmuomala bo‘lish; a’zolarlardan Alloh taologa ibodat qilish va musulmonlarga yordam berish; xulqdan taqdirga rozi bo‘lish va odamlar bilan yaxshi hayot kechirish”.
833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: “Ogoh bo‘linglarki, din nasihatdir”, deb uch marta aytdilar. “Kim uchun, ey Rasululloh?” deyishdi. “Alloh uchun, payg‘ambari uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari uchun va ularning hammalari uchun”,

deb javob qildilar.


Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a) aytadilar: “Alloh taolo uchun nasihat”, degani Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U buyurgan narsani bajarish, qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat qilishdir. “Payg‘ambar uchun nasihat” – u zotning sunnatlariga amal qilish va odamlarni unga chaqirish. “Uning kitobi uchun nasihat” esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. “Imomlar uchun nasihat” degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va adolatga chaqirish, odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. “Hamma uchun nasihat” degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir».
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Mag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir”.
834. Muammar Zuhriydan, u kishi Humayddan, u kishi onasi Ummu Gulsum binti Uqbadan, u esa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.): “Yaxshi gap aytib yoki yaxshi gapni qo‘shib, odamlarning orasini isloh qilgan kishi yolg‘onchi emasdir”, dedilar.
Odamlar orasini isloh qilish payg‘ambarlik ishidan bir bo‘lakdir. Odamlarning orasini buzish esa, sehrgarlik ishidan bir parchadir.
835. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh nazdida qiyomat kunida savob jihatidan odamlarning afzali, Allohga yaqinrog‘i va dunyoda odamlar uchun foydalirog‘i odamlar orasini isloh qilguvchilardir”.


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin