to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur” (Anfol, 38). Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering!
134. Hasan Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi. U zot aytdilarki: “Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha gunoh qilsa, keyin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul etadi”.
135. Yazid Raqqoshiy aytadi: “Bizga Rasulullohning minbarlaridan turib Abu Hurayra xutba o‘qidi”. Xutbada aytdi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir. Alloh taolo qiyomat kunida unga uchta uzrini aytadi: “Ey odam! Men yolg‘onchilarni la’natlamaganimda va yolg‘onni yomon ko‘rmaganimda, albatta butun zurriyotingga rahm qilardim, lekin:
“Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va
(dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!” (Sajda, 13).
Va unga aytadi: “Ey Odam! Men sening zurriyotingdan hech kimni do‘zaxga kirgizmayman. Do‘zax bilan azoblamayman. Men o‘z ilmim bilan bildimki, zurriyotingdan bir toifani agar dunyoga qaytarsam, albatta u dunyoda yomon ishlarga qaytadi. Keyin bu ishdan qaytmaydi, tavba ham qilmaydi, ana shularnigina do‘zaxga kirgizaman. Ey
Odam! Men seni o‘zim va zurriyoting o‘rtasida hakam qildim, tarozuning oldiga tur va ularning amallaridan senga nima yetishini ko‘r. Kimga bir misqol yaxshilik og‘ir kelsa, unga jannatdir, hattoki, Men do‘zaxga faqatgina zolimlarni kirgizishimni bilgaysan”.
136. Oyisha rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yozilgan gunohlar uchtadir: Alloh kechiradi; Alloh kechirmaydi; Alloh u narsadan hech narsaga teginmaydi”.
Alloh kechirmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Alloh aytadi:
“Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va
borar joyi do‘zax bo‘lur” (Moida, 72).
Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi zulmlardir.
Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan zulmidir.
137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib, uni suzdiriladi”.
Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim.
Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U
gunohlaridan kechadi.
Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir. Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu haqda xabar kelgan.
138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?” “Bizning nazarimizda muflis na dirhami, na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir”, deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Ummatimdan muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi,
zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib, do‘zaxga yuboriladi”.
Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit bo‘lishlik tavbadan qattiqdir!
Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni yomonliklardan qaytaradi”.
139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan
kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!”
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni
duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi.
Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga
halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim!
Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra Allohga tavba qildi. Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan qishloqqa yetib borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi. Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib: “Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi? Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”.
Alloh taolo bilguvchiroqdir.
IX va X bob. Tavba bobi hadislari
1. Abdulloh ibn Ubayd. “Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor...” Isnodi sahih*. Ibn Kasir tafsirida (61/4) keltirilgan.
2. Ibn Abbos. “Payg‘ambarning (s.a.v.) amakilarini o‘ldirgan Vahshiy...” Zaif*. “Asbobul-nuzul”da (281) keltirilgan, Tabaroniy, “Al-kabir” (11480).
3. Abdurahmon Sulamiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarimiz Madinada o‘tirgandik...” “Kanzul-ummol” (10265-10261).
4. Muhammad ibn Mutarrif. “Alloh aytdi: “Ey odam farzandi, senga voy bo‘lsin!..” Zaif*.
5. A’mash. “Sizlardan oldin o‘tgan qavmlarning ichida...” Zaif*.
6. Abu Bakr Siddiq. “Kishi kunda yetmish marta mag‘firat so‘rasa...” Zaif*. Abu Dovud (15/4) va Termiziy (3559).
7. Hadis. “Allohga qasamki, men har kuni Allohga yuz marta tavba qilaman”. Sahih*. Muslim (2702/4) va Abu Dovud (15/5).
8. Ali ibn Abu Tolib. “Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat qilsa...” Hasan*. Abu Dovud (1521), Termiziy (3006) va Ibn Moja
(1395).
9. Hasan Basriy. “Alloh taolo iblis la’inni tushirgan vaqtda...” Sahih*. Ahmad (41-23/3).
10. Abu Amoma Boxiliy. “O‘ng tomon egasi Amin...” Juda zaif*. Bahaqiyning “Ash-shu’ab”ida keltirilgan (7050-7049/5).
11. Hadis. “Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir...” Hasan*. “Sahihul jome’ (3008,, “Vaddoivad- davo” (211-bet)
ga qarang.
12. Safvon ibn Assol Murodiy. “Albatta, Mag‘rib tomonda...” Hasan*. Termiziy (3535) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7076/5).
13. Zuhriy. “Umar ibn Xattob Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lagan holda kirdi...” Zaif*.
14. Hadis. “Tili bilan kechirim so‘rovchi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”, (7178/5) “Az-zaifatu” (616).
15. Hasan. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettiribdilar...” Sahih*. Muslim (1696/3).
16. Hadis. “Kimiki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa...” Mavzu’*. Termiziy (2505), Ibn Ali “Al-Komil”da (173/6), Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da
(6697) va “Az-zaifatu” (178) da keltirgan.
17. Ibn Abbos. “Agar banda tavba qilsa...” Zaif*. Asbaxoniy “At-targ‘ib va at-tarhib” (751).
18. Ali ibn Abu Tolib. “Arshning tagida...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-Firdavs” (6708) uning isnodi Ismoil ibn Yahyo ibn Ubaydulloh at-Taymiyga boradi va u yo‘q hadislarni gapirganlikda ayblanadi. “Al-lison” (493/1)ga qarang.
19. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar...” Juda zaif*. Uning isnodi Nuh ibn Abu Maryamga borgan. Uni hadisda yolg‘onchi deganlar, “At-tahzib” (433/10) ga qarang.
20. Abu Hurayra. “Tavba havoda muallaq osilib turuvchidir...” Zaif*.
21. “Albatta, men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman” Sahih* (104-raqamda o‘tgan hadis).
22. Hadis. “Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar...” Sahih*. Muslim (422702/40).
23. Ibn Abbos. “Yaqinda tavba qilaman...” Zaif*. “Va yana aytildi”. Bu hadis sahobalardan eshitilmagan.
24. Abdulloh ibn Mas’ud. “Kimki faqat yakkayu yagona, tirik, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman deb...” Hasan*. Hokim (5/1/1).
25. Abu Qaloba. “Albatta Alloh taolo iblisni la’natlagan paytida, iblis muhlat berishni so‘radi...” Sahih*. Bu hadis (111) raqam bilan Abu
Saiddan rivoyat qilindi.
26. Hadis. “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki...” Hasan*. (113) raqam bilan chiqqan.
27. Abu Hurayra. “Agar banda bir gunoh qilsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7507/13) va Muslim (2758/4).
28. Ibn Mas’ud. «Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: «Ey Rasululloh...» Sahih*. Muslim (233) «Kitobut-tavba».
29. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4687/8) va Muslim (2763/4).
30. Hasan. «Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi...» Mursal (zaiflardan).
31. Abu Hurayra. «Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir tafsirida (27/19).
32. «Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi...» Sahih*. Muslim (190).
33. Hasan . “Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha...” Hasan*. Ibn Moja (4238).
34. Abu Hurayra. “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. Aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir...” Zaif*. “At-taqrib”.
35. Oyisha. “Devonlar uchtadir...” Zaif*. Hokim (575/4).
36. Abu Hurayra. “Har bir inson qiyomat kunida...” Sahih*. Muslim (2572/4) va Termiziy (2420) va Ahmad (235-301-372/2).
37. Abu Hurayra. “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?..” Sahih*. Muslim (1258/4), Termiziy (2318).
38. Abu Zarr G‘iforiy. “Ey Rasululloh! Musoning sahifasida bo‘lgan narsalardan xabar bering...” Zaif*. Ibn Hibbon (94) Abu Na’im (166/1) va
“Az-zaifatu” (1910) ga qarang.
XI BOB. OTA-ONANING HAQQI
140. Faqih, Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Abbos deydiki: “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsayu ikkovlariga yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki darvoza ochadi. Ikkovlaridan biri g‘azabli bo‘lsa, Alloh taolo ham undan rozi bo‘lmaydi, toki u rozi bo‘lmaguncha”. So‘radi: “Agar zolim bo‘lsa-chi?” “Agar zolim bo‘lsa ham!” Boshqa xabarda: «Ota-onaga gunohkor holatda tong ottirsa, Alloh taolo unga do‘zaxdan ikki eshikni ochib qo‘yadi, agar bittasiga (osiylik qilsa), bitta (eshik ochadi)», deyilgan.
Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: “Ey Rabbim, menga buyurgin!” Alloh aytdi: “Seni o‘zimga bo‘ysunishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh aytdi: “Onangga vasiyat qilaman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh taolo aytdi: “Otangga vasiyat qilaman!”
141. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi: “Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi va “Men jihodni xohlayman!” dedi. Payg‘ambar: “Ota-onang tirikmi?” deb so‘radilar. “Ha tirik”, dedi. “Bas, ikkovlarining xizmatlarida bo‘lgin, shu jihod bo‘ladi!” dedilar.
Bu xabarda Alloh yo‘lida jihod qilishlikdan ota-onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) jihodni tark qilib, ota-onaga yaxshilik qilish bilan shug‘ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo‘lida jihod qilish joiz bo‘lmaydi, agar ota-onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo‘lsa, shunda ham ota-onaga itoat qilishlik g‘azotga chiqishdan afzal bo‘ladi”.
142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?” Aytdilar: “Onangga!” “Keyin-chi?” “Onangga!” “Keyin kimga?” “Onangga!” Aytdim: “Keyin kimga?” Aytdilar: “Otangga, keyin yaqin qarindoshlaringga” dedilar.
143. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga “uf” deyishdan ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi. Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq bo‘lgan kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi.
Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota-onaning huquqini kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganida edi, aql bilan ham ota- onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinar edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdir. Alloh taolo hamma kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg‘ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh o‘zining rizovi ota-onaning rizosida va o‘zining g‘azabi ota-onaning g‘azabida ekanligini bildirdi.
Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz
Alloh qabul qilmaydi. Allohning so‘zi:
“Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering” (Baqara, 43). Kim namoz o‘qisa, zakot bermasa, undan namozi qabul qilinmaydi.
Allohning so‘zi:
“Alloh va Payg‘ambariga itoat qilingiz” (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg‘ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
Allohning so‘zi:
“Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”, (Luqmon, 14). Kim Allohga shukr qilsa, ota-onaga shukr qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
144. Bunga dalil Rasulullohning (s.a.v.) hadislari: “Albatta ota-onaning la’nati farzandining aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo‘lgan bo‘lsa. Kimiki ota-onasining roziligini topsa, Rabbisining rizosini topadi. Kimiki ota-onasini g‘azablantirsa, Rabbisini g‘azablantiradi! Kimiki ota-onasi tirik bo‘lib, yaxshilik qilmasa, do‘zaxga kiradi va uni Alloh o‘zidan uzoqlashtiradi”.
145. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘raldi: “Qaysi amallar yaxshiroqdir?” Aytdilar: “O‘z vaqtida o‘qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish...”
Farqand Sabaxiy aytadi: “Ba’zi kitoblarda o‘qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining iznisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o‘ngdan ham, chapdan ham, lozim bo‘lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so‘ngra javob berib, ularning ketidan yuradi, qul o‘zining xo‘jayini orqasida yurgandek”.
146. Zikr qilindi, bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo‘q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob olgaysan!”
Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: “Kim otasini va onasini la’natlasa,
u la’natlangandir, kimiki yo‘lto‘sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko‘rni yo‘ldan adashtirsa, la’natlangan. Allohdan boshqaga atab biron narsa so‘ysa, la’natlangan, kimiki yer chegerasini o‘zgartirsa, ya’ni yeriga birovning yerini qo‘shib olsa, la’natlangandir”.
Ota-onasini la’natlasa, degan so‘zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir.
147. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: “Albatta kishi ota- onasini so‘kishi katta gunohlardandir. So‘raldiki: “Qanday qilib kishi o‘zining ota- onasinnni so‘kadi?” Aytdilar: “Birovning otasini so‘ksa, u uning otasini so‘kadi, birovning onasini so‘ksa, u uning onasini so‘kadi”.
148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Rasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini,
Salmon va Ammorni “Uning holini ko‘ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning ota-onasi bormi?” deb so‘radilar. Aytishdi: “Otasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Menga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham”. Rasululloh aytdilar: “Sizning u bilan munosabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men xafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi”, dedilar. So‘ngra Bilolga: “Ko‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” dedi. Rasululloh: “Ey Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki,
modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!” dedi. Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb
ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi”, dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: “Ey muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz- nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?” dedilar.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Alloh aytadi: “Parvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi”. Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. “Ota- onaga yaxshilikni”, ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, “Agar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma”, yomon so‘zlarni aytma. “Ota-ona keksalik yoshiga yetsalar”ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. “Va ularning so‘zlarini qaytarma”, gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! “Ularga doimo yaxshi so‘z ayt”. “Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!” ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. “Va ayt: “Parvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin” deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi
haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi. “Meni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek” (Al-Isro, 23-24), meni kichkina holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat bilan mukofotlagin”.
Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: “Kim har kuni ota-onasi haqqiga besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo:
“Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan”, dedi. (Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi, shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin Alloh aytdi: “Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir”, ya’ni qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir, keyin aytdi: “Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar...” ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar. “Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir” (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota- onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan qaytguvchilarni kechirguvchidir”.
Aytildi: “Ota-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor:
1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i;
2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): “Ularga dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi: “Yaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar, kiydirmog‘ingdir”;
3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish;
4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi;
5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi;
6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi;
7) otini aytib chaqirmasligi;
8) orqasidan yurishligi;
9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i;
10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek.
Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi: “Parvardigoro, o‘zing meni, ota- onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!” (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim alayhissalomdan: “Parvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob- kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat
Dostları ilə paylaş: |