Haqqoniyat deb ishda to’g’rilik, so’zda rostlikni aytilur. Inson bo’stoni salomatga, gulzori saodatga
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
www.ziyouz.com кутубхонаси
16
sifatlarning onasi haqqoniyatdur. Janobi Haqning shu nomi muborakini muqaddas bilgan kishi hech
vaqt haqqoniyatdan ayrilmas, chunki haqqoniyat nuri qaysi dilda jilvagar o’lsa, janobi Haqning tavfiqi
rabboniysi shu dilda nash’u namo qilur. Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko’rgan, qilgan va
bilganlarini, haqiqatni va to’g’risini so’zlar. Ishda to’g’rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmov,
so’zda to’g’rilik har vaqt rost so’zlamaklikdur.
Rostlig’ haqning rizosini topar,
To’g’ri yo’lda yo’q bo’lurmu hech chopar?
Bizim shariati islomiyada agar bir kishining haqiga bo’hton qilinub, qilmagan ishni qildi deb so’z
so’ylansa, bilgan kishi rostini so’zlab, shul kishini oqlamak vojibdur. Rasuli akram
nabiyyi muhataram
sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Annajotu fissiddiqi – najot rostlikdadur», – demishlar. Hazrati
mavlono Rumiy: «Islomiyat ayni haqqoniyatdur . Haqni qabul qiluvchilar huquqi shar’iyani
saqlamoqg’a buyurulmishdurlar. Chunki shariat hukmlarining eng asosiy ildizi haqqoniyatdan
iboratdur», – demishlar.
Haqshunoslik o’lmoq sharofatdur jahonda odama,
Haqni izhor aylamak birla ko’ruk ver olama.
Yarashur insona sidqu to’g’rilik gar ko’rsa girih,
To’g’rining yordamchisidur haq taolo g’am yema.
To’g’rilarning maskani firdavs ayvonidadur,
Egrilar ikki jahonda g’am-alam konidadur.
Dostları ilə paylaş: