Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

HAQSHUNOSLIK 

 

Haqshunoslik deb bir kishining qilgan yaxshiligini unutmaslikni aytilur. Butun olamdagi insonlar 



haqshunoslik va do’stlik orqasida yasharlar. Qars ikki qo’ldan chiqar. Shariatda yaxshilik qilgan kishiga 

yaxshilik qilmak vojibdur. Hukamolar yomonlik qilg’on kishiga ham yaxshilik qilmak lozimdir, derlar. 

Hosil, yaxshilikdan zarar ko’rgan, boshi yorilgan kishi yo’qdur. 

Yaxshilikdan do’stlik, mehribonlik tug’ar, ikki ko’ngil orasida ulfat va muhabbat cho’juqlari 

yugurishar, quvusharlar. Bu do’stlikni jamol va kamoli haqshunoslikdurki, birovdan ko’rgan yaxshilikni 

unutmay, shuning barobariga biz ham o’z vazifamizni ado qilmak lozim ekan, hech bo’lmasa, taqdir 

qilmak ila birodarlik va do’stlik hurmatini ado qilmokimiz lozimdur. Chunki, mo’min birodari 



Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

22

mo’mindur. 



 

Dildan dil uzra ochiladur ikki xil yo’li,  

Mehra mehr yo’li ochilur, kina kin yo’li.

 

 



Ma’lumdirki, har bir millatning taraqqiy va taoliysi o’z millatiga jon, mol, qalam ila ishlagan 

kishilarning xizmatlarini taqdir qilub, vazifalar, haykallar, qalamlar ila yod qilub, o’tub ketgan bahodir

olim va shoirlarining ruhlarini shod qilub, ishlovchi kishilarning g’ayrat va jasoratlarini ziyoda qilmakda 

ekan. Afsus, bizlar taqdir qilmak bir tarafda tursun, tahqir, masxara, hatto takfir qilmak ila qarshu 

olurmiz. 

 

Yaxshi ishdur haqni taqdir aylamak har xizmata,  



Haqshunos o’lmak haqiqiy bir quvvatdur millata.

 

Haqshunos o’lmakla mashhur erdilar Payg’ambarim,



 

To’g’ri yo’lni tashlamak aslo yoqshamas ummata.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin