Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

OLIYHIMMAT 

 

Oliyhimmat deb din va millatga foydali ishlarni mol va jon ila ishlamakni aytilur. 



Himmat shunday bir olijanob fazilatdurki, insoniyatning koni, yaxshi xulqlarning posboni demak 

joizdur. Himmat sohiblari karim sifatli, rahim tabiatli bo’lur. O’z jinsining avlodidan har vaqt yordamini 

ayamas. Xayr-u saxovatli ishlardan o’zini tortmas. Pul va molini millat yo’lida sarf etmakdan 

qizg’anmas. Oliyhimmat kishi soyasi latif, mevasi laziz daraxt kabidurki, bu soyaga yaqin bo’lgan 

kishilar har vaqt foydalanurlar. 

Himmatli inson lutf-u marhamati ila dunyo yuzida jilvagar o’lur. Olamni ravshan qilguvchi 

gunashning quvvat va fayziga zarar yetmagani kabi himmat arbobining ham sarf va xarajot ila sha’n 

va molina zarracha xalal yetmas. Insonning mohiyati vijdonidan bilinur. Vijdon esa faqat oliyhimmat 

kishilardan topilur. Alhosil, himmat insonning kamoloti, taraqqiy va madaniyatning olotidur. Har ish 

himmat soyasida yuzaga chiqar. Oliyhimmat va xolis niyat ila ish ishlagan kishilar tavfiqi rabboniyga 

rafiq, rahmati rahmoniyga shafi’ bo’lurlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam 

afandimiz: «Uluvvil himmati minal imoni», – demishlar. No’shiravon: «Inson oliyhimmat vazifasi ila 

mukallafdur, olijanob o’lan bir hakim ko’rgan bemorini davoyi himmat ila darmonlayur. Jahonning 

kasbi umroniysi oliyhimmatlar soyasidadur», – demishlar. 

 

Ibrat ko’zingizni ochingiz, «Yo, ulal-absor»,



 

Himmat-la tikilmish shu go’zal masjidi dildor.

 

Jur’at-la muzayyan o’lur olam, yashar inson,  



Himmatli quling suygusi har yerda xaridor.

 

 




Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy 

 

 




Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin