www.ziyouz.com кутубхонаси
26
maxsus bir quvvayi murofiadurki, tabiatda mavjud o’lan g’azab tuyg’usi ila boshqalar tarafidan
keladurgan zarar va halokatdan o’z nafsini faqat shu soyada saqlar. Lekin g’azabning jabr va zulm
tariqi-la ishlatmakdan nihoyatda ehtiyot bo’lmak lozimdur. Nafsning g’ururidan paydo bo’lgan g’azab
insonni alamlik azoblarga giriftor qiladur. Chunki bu shiddat va haroratning ta’siri vujuddagi qonni
buzub, harakat qildurub, dimog’iga hujum qilub, aqlni parishon qilurda kishining ixtiyorini qo’lidan
olur va bu soyada o’zini yoxud boshqa bir kishini hasrat va nadomatga duchor qilur. G’azablik kishilar
qancha aql va idrok sohibi bo’lsa ham, g’azab qoni qo’zg’algan zamonida o’zini to’xtatolmas, aql va
idrokidan ayrilub, bir yomon ishni qilub qo’yar-da, so’ng’idan pushaymon bo’lur. Suqrot hakim:
«G’azabning avvali junun, oxiri nadomatdur» -demish.
Imom Shofe’i hazratlari: «Qilich va nayza ila hosil bo’lmagan ko’p ishlar yumshoqlik va muloyimlik
ila hosil bo’lur. G’azabning zarari egasiga qaytur», – demishlar.
Aflotun: «Hayajon ila paydo bo’lgan bir hol, albatta, pushay-monlik ila tamom bo’lur. G’azab
g’azab qilinuvchidan ko’proq g’azab qiluvchig’a zarar qilur. Aqlni g’azabga soluvchi inson nafsini
haroratli o’tga yoqmish o’lur. Nadomatdan avval matonatni ixtiyor qiluvchilar hech bir tahlika va
azobga duchor o’lmaslar», – demish.
Siyuti: «G’azab va shiddat vujud iqlimining dahshatli bir ofatidur. Buning daf’i va chorasi
topilmasa, u iqlimni xarob qilur. G’azab bir illati muhlikadurki, yagona davosi sabr va tahammuldan
iboratdur . Tadovi etilmagan bir maraz insonning hayotini mahv va barbod etar, hazar qilmak
lozimdur», – demish.
G’azablik bo’lmag’il, bo’lg’il muloyim,
Bo’lursan shod-u xurramlikda doim.
G’azab o’tdur, yoqadur jism-u joning,
G’azab barbod etadur xonumoning.
G’azablik o’tni bo’s h suv past qilg’ay,
G’azabni jinni yoki mast qilg’ay.
Dostları ilə paylaş: |