Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

www.ziyouz.com кутубхонаси 

27

Tamomi ixtiyoring nafsi badni ilgina bersang,  



Marazlarga duchor aylar, bo’lur ranging fano kam-kam.

 

Buzuq yo’llarga isrof aylasang, molingni, joningni,



 

Qo’lingdan din-u dunyo, ish ketar, sharming, hayo kam-kam. 

 

AQSOMI JAHOLAT 

 

Jaholat ikki qismdurki, birini «jahli basit», ikkinchisini «jahli murakkab» deyilur. «Jahli basit» 



maraziga mubtalo bo’lgan kishilar bir narsani bilmasalar ham bilmaganliklarini iqror va e’tirof qilurlar. 

Shuning uchun buning davosi oson: faqat bilmak va o’rganmak yo’lida jahd-u jadal qilmak ila bo’lur. 

«Jahli murakkab» maraziga mubtalo bo’lgan kishilar bir narsani bilmas, bilmaganini ham bilmasdan 

bilaman deb da’vo qilur. Bizda munday kishilarga «o’zboshimcha» va «o’zim bilarmon» ismini berurlar 

. Bu dardi bedavoning iloji janobi Haqning lutf va inoyati ila hal o’linmasa, tuzalmog’i mushkil va 

og’irdur. 

 

JAHOLAT 

 

Jaholat deb o’qimagan, bilimsiz hech narsaga tushunmay-durgan nodonlig’ni aytilur. Jaholat 



insoniyatning eng zo’r dushmani va yomon xulqlarning boshlig’idur. Maorifdan, funun va mada-

niyatdan mahrum qolgan xalq jaholat panjalarining orasida xamir kabi ezilgandek, af’oli zamimadan 

ham o’z nafsining yoqasini bo’shatolmas. Ilm va ma’rifat sohiblari, fazli kamollari soyasida har bir 

ishni tadqiq va mushohada ila qilurlar. Ammo johillar esa bir narsaning mohiyatini mushohada qilurg’a 

aql va farosatlari yetmas. Chunki jahl xudbin va zohirparastdan iboratdur. Har bir narsaning haqiqati 

aql va irfon, ilm va donish sohiblarina maxsus bir maziyyat, johil va nodonlara zo’r aziyyatdur. Jaholat 

arbobi qayu yerda bo’lsa bo’lsun, loyiqi e’tibor o’lmoq sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan 

qancha boy va sarvatdor bo’lsa, ma’naviy jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat 

eng qo’rqinch faqir va muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur. Aql ila ilmning yaxshiligi va 

fazilati qancha baland bo’lsa, jaholatdan tug’uladurgan yomonliklar balolari shuncha ostin va 

xorlikdur. Hazrat Ali: «Arbobi fazl-u kamol johildan qancha izo va jafo cheksa, johil ham aql va irfon 

sohibidan shuncha mutaassir bo’lur», – demishlar. 

 

BAYT

 

Suymagay fazl egasi johilni,  



Johil ahli uluma dushmandur.

 

 



Suqrot hakim: «Dunyoda eng hazar qilinadurg’an illat jahldur. Men johilga achinganimdek, ko’rga 

achinmayman, zeroki, johilning o’z ixtiyori ila qilgan harakoti a’moning ixtiyorsiz qilgan harakotidan 

mening nazarimda xunuk», – demish. Arablar: «Aljohilu mayyitul-ahyo-nodon kishi tirik o’luk», – 

deyurlar. Bizlar esa «do’sti nodondan, dushmani ziyrak yaxshi», – deymiz. Ba’zi oqil dushmanlar 

bo’lurki, keturgan zararlari nodon do’stlarning foydalaridan natijada yaxshi va foydali bo’lib chiqadur. 

Aflotun hakim: «Johilning yaxshi niyati fozilning xusumatidan zararliroqdur. Inson eng yuqishlik 

bir kasaldan saqlangan kabi jahldan hazar qilmak lozimdur», – demish. 

Alhosil, jaholat insoniyat nomina yarashmagan bir sifat o’ldig’indan bahamahol ilm yo’lida harakat 

qilmak, aqli salim sohiblarining hikmatli so’zlaridan hissalanmak, aziz jonimizdan azizroq 

(avlodlarimizni) jaholat va nodonlik balolaridan qutqarmak uchun jonimiz boricha, kuchimiz yetkuncha 

cholishmoqimiz lozim va lobuddur. 

 

Ey jaholat nori birla yondi jismi pokimiz,  



Ilmsiz qolduk oyog’ ostida misli xokmiz.

 



Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy 

 

 




Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin