Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
www.ziyouz.com кутубхонаси
13
aytilur.
Hilm insonlarning tab’idan xusumat, adovat, g’azab, hiddat kabi yomon xulqlarni yo’q qiladurgan
har kimcha maqbul bir sifatdur.
Hilm ilmi axloq yuzasidan insonga eng kerakli narsadur.
Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati halim tabiat bo’lmoq ila
hosil bo’lur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va qudrat sohibi bo’lsa ham, o’zidan ojiz
kishilarga shiddat ila muomala qilmas. Fikri salomat kishilarning qalbi halim, tab’i karim o’lur. Zeroki,
vujudimizdan paydo bo’ladirgan af’ol va harakotimizning manbayi havas va orzudur. Bu havas va
orzuga faqat hilm ila g’olib kelurmiz va bu vasila ila to’g’ri yo’lga kirub, yaxshi xulq sohibi, din va
millat xodimlaridan bo’lurmiz. Dunyoda chin inson bo’lmak uchun havasning qo’liga nafsning jilovini
bermaydirgan, bo’lar-bo’lmas narsalardan achchig’lanmaydurgan, sovuqqonli, yumshoq tabiatli,
muloyim so’zli, halim va sabrli bo’lmak lozimdur.
Zotiga, hilmiyati mavsuf qilsa har kishi,
Ikki olamda bo’lur rohat, halovatda ishi.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Alhilmu sayyidal axloq – Hilm xulqlarning
sayyididur», – demishlar.
Suqrot hakim: «Shiddat ila muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik ila muqobila
qilurman, chunki hilm shiddatni, xusumatni past qilur. Lekin kishini ojiz va xorlik darajasiga
tushuradurgan halimlikdan man bezor», – demish.
Bu so’zga qaraganda saxovatning ifroti isrof o’ldig’i kabi o’rinsiz yerda hilm iste’mol qilmak
insonning viqor va e’tiborini poymol qilur. Shuning uchun hilmiyat hududidan – chegarasidan
chiqmay, g’azab, hiddat kabi yerlarda hilm iste’mol qilub, nafsning haroratini past qilmolidur. Lekin
tepsa tebranmaydurgan, turtsa ting etmaydigan bo’lub, g’ayrat, shijoat o’rinlariga ham muloyimlik
ishlatuv halimlik hududidan oshub, bo’shlik, anqovlik dunyosiga chiqmakdur. Bunday halimlikdan
qochmak, hazar qilmak kerak.
Halimlikni qilsang agar ixtiyor,
Bo’lur xalqi olam sanga do’st-u yor.
Bo’lur mevalik shoxni boshi past,
Halim o’lg’usi oqili hushyor.
Dostları ilə paylaş: