Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

SADOQAT 

 

Sadoqat deb kishi o’z vazifasini to’g’rilik ila ishlamakni aytilur. Sodiq kishi din va millatiga, vatan 



va davlatiga to’g’rilik ila xizmat qilub, obro’ va mukofotlar olur. Sadoqat gulshani salomat, bo’stoni 

najotdur. Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo’ldug’i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil 

bo’lur. 

Janobi Haq sodiqlarni suyar, yolg’onchilarni suymaz. To’g’rilikdan yo’qolgan kishi yo’q, xiyonatdan 

yo’qolganlar cho’qdur. Rostlik ila xiyonat ikkisi jam’ kelmas. 

Agar bir kishining diliga to’g’rilik tuxumi ekilsa, har qancha och va suvsiz bo’lsa ham to’g’rilik 

o’sar. Xiyonat ko’karmas. Axloq yuzasidan to’g’ri faqir yolg’onchi boydan e’tiborlidur. Chunki sodiq 

kishi ahdig’a vafo qilur. Yolg’onchi esa va’dasida turmay o’zini xijolat, boshqalarni ovora qilur. 

Sadoqat bir fayzi ma’naviydurki, u fayzdan hissasini olmak har bir kishining muqaddas vazifasidur. 

Hazrati imom Husaynga hazrati Ali: «So’zingda to’g’ri bo’l, yolg’onchilar kabi munofiq o’linmassan», – 

deb nasihat qilmishlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: 

«To’g’rilikni ixtiyor qilingiz, garchi halokat kabi ko’rinsa ham, najot to’g’rilikdadir. Har qancha najot 

kabi ko’rinsa ham, yolg’ondan saqlaningiz, zeroki oqibati halokatdur», – demishlar. 

 

Sidq-u safoyi rostlig’ o’lsa qarobating,  



Shuldur jahonda rohat, fayz, saodating.  

Olamda to’g’rilikcha yo’q odamning ziynati,  

Qalbing alifdek o’ldimi, ayni sharofating.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin