Adovat deb birovga xusumat va dushmanlik qilmakni aytilur. Adovat vijdonni behuzur qiladurgon
Suqrot hakim: «Man dushmanim bo’lg’on bir odamga adovat qilmayman. Zeroki, maning
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
www.ziyouz.com кутубхонаси
32
xusumatni muvaddatga aylandurub, dushman kishilarni o’zumga el qilaman», – demish.
Aflotun hakim: «Dildagi adovat temirdagi zangg’a o’xshar. Zang temirni
yegani kabi adovat qalbni
azobga soladur», – demish. Hazrati Muhiddin: «Xusumat va adovatdan qutulmoq, birovga jabr va
zulm bo’ladurgan ishdan ehtiyot bo’lmak, dushman paydo qiladurgan harakotdan ihtiroz qilmak ila
bo’ladur. Man hech kimg’a adovat qilmoqg’a luzum ko’rmadim. Chunki hozirgacha man hech
dushmanga uchramadim», – demish.
Alhosil, yomon xulqlarning yomoni bo’lgan adovat shunday bir yomon sifatdurki, barcha buzuq
ishlarni tug’ub, katta bo’lub chiqadurgan yeri adovatdur. Adovat esa nafsoniyatdan paydo bo’lur .
Nafsoniyat esa farishtalarning ustodi o’lan Azozilga «Shaytonur-rajim» ismini bergan shoyoni ihtiroz
bir sifati zamimadur. Adovat ila nafsoniyat ikkisi tarbiyasiz dilga hosil bo’ladurgan bir illati
jismoniyadurki, buning birinchi iloji vijdon va insof uzra hakimona tadbir va harakotimizga bog’lidur.
Hamaga ochuq va oydindurki, adovat daraxti xusumat mevasini chiqarur. Agar adovatni kesub
tashlab o’rniga muxolasat novdasi ulansa va bu soyada muhabbat va ulfat mevasi nishona qilur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Alloh taoloni suymagan odam
xusumat va da’vosinda qattig’lik qilgan odamdur» , – demishlar.
Adovat balosi bizlarni netdi,
Adovat qilma deb Haq bizga aytti.
Zidlik qilduk, mol va davlatlar ketdi,
Moldan o’tub, oxir jonlarga yetdi.
Dostları ilə paylaş: