www.ziyouz.com кутубхонаси
34
deb insonlarning dilini shishaga, haqorat va yomon so’zlarni toshga tashbih qilub, yomon so’z
kishining shisha kabi nozuk dilini parcha-parcha qiladur, – demishlar.
Mol va dunyoga mag’rur bo’lub, har kimga haqorat ko’z ila qaragan kishilar tezgina o’zlari ham
xor va haqoratga duchor bo’lurlar. Haqorat va birovni xo’rlamak so’z va ish ila o’ldig’i kabi qalam va
yozuv ila ham bo’ladur. Ba’zi adab va tarbiyadan mahrum muharrir va shoirlar bo’ladurki, dillariga
kelgan narsalarni qaytarmasdan, axloq va adabni rioya qilmasdan, xalqdan ibo qilmasdan, bachcha
va juvonlar sha’niga muvashshahmi, yoki bir mo’min birodarlarining haqida hajv va istehzomi yozub,
matbuot va adabiyot dunyosini iflos va mulavvas qilmak ila barobar o’zlariga hamsuhbat bo’ladurgan
yoshlarning axloqini buzulmog’iga sabab va namuna bo’lurlar.
Ko’p o’turma yomonning suhbatida,
Pok bo’lsang, seni qilur iflos.
Ko’r nechuk oftob ravshandur,
Xira qilsa bulut, ko’rub bo’lmas.
Dostları ilə paylaş: |