www.ziyouz.com кутубхонаси
36
Ishonmas el yolg’onchining so’ziga,
Agar bo’lsa so’zi kashf-u karomat.
NIFOQ
Nifoq deb kishining oldida bir xil, orqasidan boshqa xil so’zlanadurgan so’zni aytilur. Munday
so’zlarni so’zlovchi ikki yuzlama kishilarni munofiq deyilur. Ba’zi hiylakor, ko’rnamak, yolg’onchi
munofiqlar bo’lurki, manfaati shaxsiyalari uchun sizni qurbon qilur . Osh va noningizni yemak uchun
oldingizda izhori do’stlik va minnatdorlik qilub, orqangizdan sirr-u asroringizni dushmanlaringizga
eltub, g’iybat va shikoyatingizni qilub, alardan ham o’z nafsiga bir hissa chiqarur. Munday munofiqlar
do’stlik va ittifoqning dushmani o’ldig’indan dunyoda izzat, oxiratda rohat yuzini ko’rmaslar. Har vaqt
insonlar orasida to’g’ri so’zlik, oq ko’ngillik yaxshi kishilar o’ldig’i kabi munofiq, ikki yuzlik kishilarning
bo’lishi tabiiydur. Shuning uchun har holda aql va tajriba soyasida ehtiyot uzra harakat qilmak, oq ila
qorani, yaxshi ila yomonni, do’st ila dushmanni ayurmak, qalbi pok, xulqi toza, axloqi yaxshi kishilar
ila hamnishin bo’lmak, ikki yuzlama, axloqsiz, xarom-xarishni farq qilmaydurgan munofiqlardan hazar
qilmak va jirkanmak lozimdur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Bir odam ikki yuzlik bo’lsa,
qiyomat kunida tili o’tdan bo’lur», yana «qaysi kishi musulmonlar orasiga judolig’ solsa, bizdan
emasdur», – demishlar.
Dostları ilə paylaş: |