www.ziyouz.com кутубхонаси
37
Noni minnat uchun egur bo’yning,
Qiladur ko’zni intizor tama.
Yuzdan otkay hayo-u sharmingni,
G’ayrating kuydurar nori tama
Hirsi dunyo qiladi Qorundek,
Hotam isming yutar mori tama.
ZULM
Zulm deb birovning joniga yoki moliga zarar yetkurmakni aytilur. Janobi Haq butun yer yuzidagi
insonlarni huquqda musoviy –barobar qilub yaratmishdur. Mansab va davlatga, kuch va quvvatga
mag’rur bo’lub, birovning haqig’a taarruz va tajovuz qilmak zulmdur. Kattalikning izzati zulm va
taaddida emas, shafqat va marhamatdadur. Kichiklikning lazzati nafrat va qarshulikda emas, sadoqat
va hurmatdadur. Shul xususda Shayx Sa’diy:
G’ami zeri doston bexo’r, zinhor,
Betars az zabardastiye ruzgor.
Tarjimasi:
Quvvatsizlar g’amin yeb yur hamisha,
Quvvatlilardan etgil xavf pesha.
deb kichiklarni izzat qil, kattalarni hurmat qil, maolindagi hikmat va ibratlik she’ri balig’asini
so’ylamishlar.
Dunyoda mazlumning ohidan o’tkur narsa yo’qdur. Mazlumning duosi ijobatga yaqindur.
Qo’rqmak va hazar qilmak lozimdur. Bobolarimiz: «Pichoqni o’zingga, og’rimasa, boshqaga ur», –
demishlar. Bir kishi zulmning yomonlig’ini bilmak uchun boshqa bir odam tarafidan o’z nafsiga qilinsa,
chekadurgan azobini o’ylasa, yomon fanoligi ochiq ma’lum bo’ladur. O’tkan zamonlardagi hukumatlar-
ning barposi adolat ila poydor o’ldig’i kabi, inqiroz va barbodi ham zulm ila poytaxtga yetub va ul
zolim hukumatlarning tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaning ma’lumidur. Rasuli akram
nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Ey bandalar! Allohdan qo’rqingiz, Allohning
ismi ila ont ichamanki, bir mo’min bir mo’minga zulm qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida ul odamdan
o’ch olur», – demishlar.
Dostları ilə paylaş: |