Microsoft Word Xudoybergenov O



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix01.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#106604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
badiiy asarda qahramon xarakterining shakllanishi

UMUMIY XULOSALAR 

XX  asr  so’nggi  o’n  yilliklarida  mamlakatimiz  misli  kuzatilmagan 

taraqqiyot  yo’liga  qadam  tashladi.  Ayniqsa,  istiqlol  davri  badiiy  solnomasida 

roman  janri  jiddiy  takomillashib,  tadrijiy  shakllanib,  an’anaviy  yo’ldan  ham 

o’zgiga  xos  bir  tarzda  evrilishlarga  yuz  tutdi.  Bunga  asosiy  sabab  globallashuv 

jarayonining  badiiyat  olamiga  ham  o’z  ta`sirini  o’tkazganida  ko’rinadi. 

Darhaqiqat, tasvir etilayotgan  hodisotlar jiddiy talqinlarni  yuzaga chiqarmoqda. 

Roman  mavzu-mundarijasi, epik kengliklari, tavsir  xilma-xilligi bugungi kunga 

kelib,  anchayin  kechagiga  nisbatan  farq  qiladi.  Ruhiy  tahlil  imkoniyatlari 

kengaya  boshladi.  Ijtimoiy  muammolardan  ko’ra  ko’proq,  inson  ruhiyatini 

birinchi planga chiqarib tasvirlash va shu orqali jamiyat hayotiga nazar tashlash 

bugungi adabiyotning bosh mezoniga aylandi. Yozuvchi endi erkin, mustaqil bir 

tarzda  ijod  qila  boshladi.  O’tgan  sobiq  ittifoq  davri  mafkuraviy  tazyiqlar 

adabiyotni  xolis  fikrlardan  tamomila  bo’g`ib,  biqiq  bir  holga  solib  qo’ygani 

barchamizga  ma`lumdir.  Mustaqillik  sharofati  jahon  estetikasi  va  madaniyatini 

o’rganishga  keng  yo’l  ochib  berdi.  Buning  amaliy  ifodasi  sifatida  J.Joys, 

A.Kamyu, F.Kafka kabi faylasuf yozuvchilar asarlarining o’zbek kitobxonlariga 

badiiy  tarjima  san`ati  orqali  yetib  kelganligidadir.  Shunga  xamohang 

xalqimizning  so’nggi  yuz  yil  ichida  orziqib  kutgan  istiqlol  madaniy 

hayotimizda,  ham  adabiyotimizda  sermazmun  asarlarning  tug`ilishiga  zamin 

hozirladi.  Bu  davrda  bir  avolod  vakillari  yaratgan  ilk  asarlaridanoq  olim-u 

munaqqidlar  e`tiboriga  tushib,  kitobxonlar  mehrini  qozona  boshladi.  Bular 

Sh.Bo’tayev,  X.Do’stmuhammad,  N.Eshonqul,  L.Bo’rixon,  T.Rustam,  S.Vafo, 

U.Hamdam  kabi  yozuvchilardir.  Biz  olib  borgan  BMImizni  hozirgi  o’zbek 

nasrida  badiiy  xarakter  yaratishdagi  o’zga  xoslikni  iste`dodli  yozuvchi  Isajon 

Sulton va Ulug’bek Hamdam asari asosida tadqiq etishni maqsad qildik.  


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin