ochish bilan birga biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan keskin
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali
zamonda yozuvchining, bashariyatning ertangi kunini o’ylab, odamlarni
ezgulikka, mehr-oqibat va bag`rikenglikka da`vat etishga qaratilgan
haroratli so’zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda»
2
.
Darhaqiqat, bu fikrlarni bugungi kun nasriga undagi qahramon masalasiga
muqoyasa qilsak masala mohiyati yanada tiniqlashadi. Tanlangan mavzu
yuzasidan u yoki bu darajada ixcham tadqiqotlar, talqin va tahlillar olib borilgan
bo’lsa-da, badiiy nasrning mikro va makro elementi – obraz ziynatiga xos talqin
zohir qilingan emas. Bu borada masala yuzasidan o’rganilgan nomlarni keltirish
mumkin. U.Hamdam «Yangilanish ehtiyoji», D.Quronov «Adabiyot nadir?
Yoxud Cho’lponning mangu savoli», Q.Yo’ldoshev «Yoniq so’z», H.Umurov
«Tahlil chizgilar», Y.Solijonov «Haqiqatning sinchkov ko’zlari» kabi katta-
kichik tadqiqotlarda masalaga ayrim murojaatlar qilinganini uchratish mumkin.
2
Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch. –T.: «Mа’nаviyat», 2008. 136-bеt.
6
Shu asosda biz mazkur o’rganilgan ishlarga tayanib, yangicha ilmiy tafakkur
negizida tadqiq qilishga harakat qildik.
Dostları ilə paylaş: |