Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin va pektin parchalanishi



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Microbiology

 
6. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin va pektin parchalanishi.
Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin, pektin kabi qiyin parchalanadigan moddalar 
ham tuproq mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadilar. Biosferadagi organik 
uglerodning 50% dan ko‘progi sellyuloza (kletchatka) tarkibidadir. Sellyuloza 
o‘simliklarda eng ko‘p uchraydigan (15-50% o‘simlik massasini tashkil etadi) 
polisaxarid hisoblanadi. Sellyuloza aerob parchalanishi. Spiroxeta sitofaga 
deb nomlangan tayoqchasimon bakteriya faoliyati bilanboglikdir. Yana 
miksobakteriyalar tarkibiga kiruvchi ko‘pgina bakteriyalarni ham 
parchalaydilar. Aktinomisetlar, zamburuglar juda sekin parchalash qobiliyatiga 
ega. 
Anaerob parchalanishni basillalar oilasi vakillari, tipik vakili klostridium 
omelyanskiy (1902 yilda V.P.Omelyanskiy birinchi ajratib olganligi uchun 
shunday nomlangan) amalga oshiradilar. Sellyuloza parchalanishi ko‘p 
bosqichda amalga oshadi. Dastlab fermentativ gidroliz sodir bo‘ladi. Disaxarid 
sellobioza hosil bo‘lib, keyin undan v- glyukozidaza ishtirokida glyukoza hosil 
bo‘ladi. Anaerob parchalanishida hosil bo‘lgan glyukozadan keyinchalik turli 
xil organik kislotalar vujudga keladi. Gemisellyuloza parchalanishi esa juda 
ko‘p avlod vakillari ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday 
mikroorganizmlarga Klostridium, Basillus, Sitofaga, Sporositofaga, Vibrio, 
Streptomukes, Zamburuglardan Asperkullus, Rizopus, Fomes, Poliporus 
avlodlari kiradilar. Gemisellblozani parchalovchi ferment kislanaza yoki 
gemisellyulaz deb nomlanadi. 
Lignin parchalanishini normal iqlimiy (haroratda) Bazidiyalik 
zamburuglar va takomillashgan xilma-xil zamburuglar klostridium bakteriyalari 
amalga oshiradilar. Lignin suvda ham, organik erituvchilarda ham 
eritmaydigan modda bo‘lib o‘simliklarda ximiyaviy tarkibi jixatidan har xildir. 
Hatto bitta o‘simliklarda ham uning o‘sish fazasiga qarab har xil tarkibida 
bo‘ladi. Molekulyar massasi 1000-10000 atrofida bo‘lib, uglerod, vodorod, 


kisloroddan iborat xolos. Oksidlanganda aldegidlar hosil qilib parchalanadi
shuningdek aromatik moddalar vanilin va boshqa metoksillangan aromatik 
tuzilishidagi moddalarga parchalanishi ham mumkin. 
Pektin moddalar parchalanganda galakturon kislotasi, pektin kislotasi, 
galaktoza, ksiloza, arabinoza, metil spirti, sirka kislota kabi moddalar hosil 
bo‘ladi. Bu modda parchalanishi ham klastridium avlodi vakillari bilan boglik. 
Bu bakteriyalar pektin kislotasi hosil bo‘lgandan keyin u parchalanib galaktoza 
arabinoza va boshqa moddalarni hosil qilgach, shu moddalardan moy 
kislotasi, sirka kislotasi, oz miqdorda aseton va butil spirtlarni hosil qiladilar. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki uglerodli murkkab 
moddalarning parchalanishi xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga egadir. Spirt 
ishlab chiqarish, vinochilik, sirka tayyorlash, pivo pishirish, novvotchilik, qatiq, 
pishloq tayyorlash, silos tayyorlash, sabzavotlarni tuzlash, kanopga ishlov 
berib tolasidan foydalanish, boshqa turli xil soxalarda ahamiyatli ekanligini 
ko‘rib o‘tishning o‘zi kifoya. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin