Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Fosforli organik birikmalar o‘zgarishi



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Microbiology

 
3. Fosforli organik birikmalar o‘zgarishi.
O‘simliklar oziqlanishidagi 
ahamiyati bo‘yicha fosfor azotdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Fosfor 
tuproqda, o‘simliklarda va mikroorganizmlarda, organik va anorganik 
birikmalar tarkibida uchraydi. Tuproqda fosfor har xil holatda bo‘ladi. 1.Kalsiy 
fosfatlar (apatit, oksiapatit, ftorapatit, fosforitlar) fosfat yoki temir oksifosfati 
(vivianit) holdagi birlamchi minerallar hamda uchraydi. 2. Har xil tuproqlardagi 
fosforning 25-28% ni organik shaklda uchrab, tuproq organik moddasining 
0,5-2% gacha miqdorini tashkil etadi. Tuproqga fosfor o‘simlik, hayvon 
qoldiqlari va minerpal o‘gitlar orkali kiradi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari 
tarkibida 0,05-0,5% fosfor bo‘ladi. O‘simliklarda ham hayvonlardagi kabi 
organik formada (fitin, fosolipidlar, NK, ATF va x.k.) mavjud bo‘ladi. Azot, 
oltingugurtlar to‘qimalarda qaytarilgan shaklda uchrasa, fosfor fosfatlar holida 
oksidlanishgan shaklda uchraydi. 
Organik shakldagi fosfor parchalanishini Psevdomonas, Basillus 
avlodiga mansub bakteriyalar, Penisillium, Aspergillus, Rizopus, Trixotekium, 
Alternariya avlodi vakillari, aktinomisetlar va boshqa mikroorganizmlar amalga 
oshiradilar. Organik moddalarni parchalanish jarayonida o‘z hujayralarida 
ma’lum miqdorini olib qoladilar. Shuning uchun fosfor yetishmaydigan 
tuproqlarga fosforning organik shaklini kiritishi o‘simliklar fosforlik oziqlanishini 
yaxshilaydi. 
4.Fosforli noorganik birikmalar o‘zgarishi.
Tuproqdagi anarganik 
fosforning ko‘pchiligi erimaydigan shaklda bo‘ladi. Apatit, oksiapatit, fosforit 
(neytral va ishqoriy reaksiyali tuproqlarda uchraydi) alyuminiy va temir 
fosfatlar (kislotali tuproqda uchraydi) sh birikmalar jumlasiga kiradilar. Bu 
minerallar o‘simlikga o‘zlashtirilmaydi. Shuning uchun mikroorganizmlarga 
faoliyati ijuda axamiyatlidir. Chunki ular ana shu minerallarni o‘simlik 
o‘zlashtiradigan xolatga aylantirib beradilar. Bunday mikroorganizmlarga 
bakteriyalar, aktinomisitlar, zamburuglarni Pisevdovmonas, Besilllus, 
Mikrokokus, Muobakterium, Penisellium, Aspergilus avlodi vakillari kiradilar. 
Fosforning menerallari parchalanishi tuproqda SO
2
va xar xil kislotalar xosil 
bo‘lishi bilan yuoglangandir. Tuproqda mikroorganizmlar nafas olishi, bichgish 
jarayonlaridan ajralib chiqan SO
2
fosfatlarni eruvchan gidro fosfatlarga 
aylantiradi va ularni o‘simliklar o‘zlashtiradilar. Ba’zi xolatlarda fosfatlarni 
nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyati natijasida xosil bo‘lgan nitrit kislota 
xam eruvchan xolatga aylantirib bera oladilar. Bularning xammasi o‘simlikka 
fosforining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, o‘sishi rivojlanish kuchayib xosildorlik 
oshishiga olib keladi.

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin