Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


B) Ozuqa oqsili, aminokislotalar va vitaminlar sintezi



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Microbiology

B) Ozuqa oqsili, aminokislotalar va vitaminlar sintezi.
Yetarli 
miqdordagi protein, almashinmaydigan aminokislotalarni, vitaminlarni 
saqlamagan ozuqa foydasiz va samarasizdir. Bunday ozuqani yegan 
mollarda maxsldorlik yegan ozuqasiningqiymatidan ham kam bo‘lishi tabiiy 
hol. Shuning uchun ozuqani to‘yimliligini oshirish maqsadida oqsillar, 
vitaminlar, aminokislotalarni shunday ozuqalar bilan omuxta qilib ishlatish 
lozim. Xayvonlarni oziqlantirishda kavsh qaytaruvchi va kavsh 
qaytarmaydiganlarning organizmida sodir bo‘ladigan mikrobiologik 
jarayonlarga ham e’tibor berish lozim. Kvash qaytarmovchi hayvonlar 
oshqozon bir kamerali, ularda ozuqa asosan ichaklarda xazm bo‘ladi. 
Shuning uchun ular oshqozonida sezilarli mikrobiologik jarayonlar kechmaydi. 
Ular oshqozonida oqsillar shirasi yordamida faqat aminokislotalarga 
parchalanadi va qayta aminlanish bo‘ladi xolos. Bunda lizin, treonin, argninga 
o‘xshash almashinmaydigan aminokislotalar hosil bo‘lmaydi yoki juda kam 


hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday hayvonlar rasioniga oqsil, 
aminokislotalar, vitaminlar qo‘shib berish samaralidir. Kavsh qaytaruvchilar 
bunday qilishga uncha muxtoj bo‘lmaydi. Chunki, ularning oshqozon-
ichaklarida yetarli miqdorda mikroorganizmlar bo‘lib, ular ovqat xazm bo‘lishi 
jarayonida zarur aminokislotalarni hosil qilish imkoniyatiga egadirlar. 
Ozuqa oqsili mikroorganizmlar ishtirokida suyuq parafindan, 
uglevodlardan Kandida avlodi vakillari bo‘lgan achitqilar yordamida olinadi. 
Bunda oqsil – vitamin – kompleksi (OVK) hosil bo‘ladi. OVK ni analiz qilish 
uning hayvonlardan olinadigan ozuqa maxsulotlaridan sifat jixatidan 
qolishmasligini isbotladi. Ozuqa oqsillarini mikroblar ishtirokida har xil 
chiqindilar, etil spirti, yogoch chiqindilari, xatto go‘ng va x.k. lardan ham olish 
imkoni bor. O‘zbekistonda xlorellani ko‘paytirib ozuqa qiymatini oshirish 
amalga oshirilgan. Xlorella ham ko‘p oqsil va vitaminlarni ushlaydi. 
Hayvonlarda vitamin S sintezlanadi. Kavsh qaytaruvchilar xazm 
organlaridagi mikroorganizmlar tomonidan vitamin V va K yetarli miqdorda 
hosil bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik vitaminlarga hayvonlar muxtojdir. Shuning 
uchun sanoat miqyosida mikrobiologik usullar bilan vitamin V
12
(asetonbutil 
aralashmasidan) 50
o
S metan bijgishini qo‘zgatuvchilar ishtirokida, vitamin V
2
provitamin A, (achitqilar yordamida olinadigan) vitamin D va x.k. larni 
mikrobiologik usulda ishlab chiqarish ozuqa qo‘shiladi. 
V) Shuningdek ozuqaga antibiotiklar ham qo‘shiladi. Ayniqsa jo‘jalarga 
senisillin (200 ming boshga) 40 mg/kg yoki biomisin (20 mg/kg) yemiga 
qo‘shib beriladi. Cho‘chkalar, sogin sigirlar, toylar va boshqa hayvonlar 
rasioniga qo‘shib berilsa, ogirligi ortadi, sut berish, suyak mustaxkamligi ortadi 
va x.k. Mikroblar ishtirokida kormogrizin (streptomiset grissus misellasi 
qo‘shib tayyorlanadi). Vitamisin (streptomitsey auchevertikillatus) kormarin 
(strentomiset aurigiseus), Flavomisin (qo‘zgatuvchi streptomitsey 
bambergiepsis) tayyorlanib ozuqaga qo‘shib beriladi. Ozuqa antibiotiklarni 
tayyorlashda asosan aktinomisetlar kulturasi ishlatiladi. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin