Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING MEVA TANAChALARI



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Microbiology

MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING MEVA TANAChALARI. 
 Ish 
rejasi: 
1. Loje soxta meva tanasi. 
2. Piknida soxta meva tanasi. 
3. Kleystotesiya meva tanasi. 
4. Peritesiy meva tanasi. 
5. Apotesiyalar meva tanasi. 
6. Bazidiyali meva tanachalar

Zaruriy jixozlar: Meva tanachalar bilan tanishish uchun doimiy preparatlar. Mikroskop, 
qoplog‘ich va buyum oynachalari, spirt lampasi, sirtmoq. Rangli jadvallar va gerbariylar. 
(yong‘oqning qo‘ng‘ir dog‘lanishi,bedaning askoxitoz va un-shudring, olxo‘rining polistigmoz, 
kungaboqarning oq chirish kasalliklari va po‘kak meva tanasi). 
Topshiriq. 1. Mevatanachalar bilan tanishish. 
2. Mevatanachalarni mikroskopda ko‘rish va rasmini chizish. 


Zamburug‘larning mevatanachalari ularning ko‘payishi va saqlanishida 
katta ahamiyatga ega. Mevatanalardan iborat bo‘lgan menva tanachalar bir 
necha xil bo‘ladi: 
Piknida
– sharsimon meva tanacha, uning ichida konidiyalar va 
konidiya bandlar joylashgan bo‘ladi. Konidiyalar rangli yoki rangsiz ko‘p 
xujayrali (makrokonidiyalar) yoki bir xujayrali mikrokonidiyalar bo‘ladi
Loje
– bu mevatanacha konidiya bandlaridan iborat bo‘lib, bo‘sh 
to‘qilgan miseliylar orasida bo‘ladi. 
Kleystotesiy
– yopiq, dumaloq, sharsimon mevatana bo‘lib, ichidagi 
xaltachalarda sporalar yetiladi. Ular xaltacha devori parchalangandan keyin 
tashqariga chiqadi. 
Peritesiy –chala ochiq, sharsimon, noksimon shaklda bo‘lib tepa qismida sporalar chiqishi 
uchun teshikcha xosil qiladi. Peritesiyning ichida xaltacha va sporalar yetiladi. 
Apotesiy – turli shaklga ega bo‘lgan: disksimon, taqsimchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Uning 
ichidagi qavatlarida xaltachalar (gimeniy) va ular ichida askosporalar xosil bo‘ladi.
Po‘kaklar – mevatanasi bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, yumshoq etli yoki yog‘ochsimon 
bo‘ladi, ba’zan uzunligi bir metrga yetadi. Shakli turlicha, yoyiq, plastinkasimon, tuyoqsimon, 
qalpoqchasimon bo‘ladi. Bularga turli xil daraxtda yashovchi zamburug‘lar kiradi. Ularning 
mevatanasi ko‘p yillikdir. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin