Xitridiomisetlar sinfi.
Bu sinfga juda soda tuzilgan zamburuglar kiradi. Bu zamburuglar
vegetativ tanasi ameboidan
iborat. Ameboid spora hosil qilishdan oldin po‘stloq bilan qoplanadi.
Ularning ko‘payishi zoosporalar orqali o‘tadi. Zoosporalar dumaloq va bitta uzun xivchinli
bo‘ladi. Vegetatsiya davrida ameboid xo‘jayin o‘simlik xujayrasida yashaydi. Ameboidda bir
xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib o‘simlikni zararlaydi.
Vegetatsiya oxirida xo‘jayin o‘simlikning zararlangan xujayralarida tinchlik davrini kechiradigan
sporalar hosil bo‘ladi sistalar. Ular turli yo‘llar Bilan hosil bo‘ladi.
Ayrim holda ameboid mayda sporalarga bo‘linadi, ayrim holda ameboid qalin po‘stloq
Bilan
qoplanadi va sistaga aylanadi (kartoshka). Sista jinsiy protsess natijasida kelib chiqadi.
Tinchlik davrini o‘tgan sistani yadrosi reduksion bo‘linadi va hosil bo‘lgan zigota o‘sib
gaploid zoosporangilarni hosil qiladi.
Zoosporangiylardan chiqqan zoosporalar Yana o‘simlikni zararlaydilar.
Xitridiomisetlar – obligat parazitlar. Ular rivojlanayotgan yosh organ va to‘qimalarni
zararlaydi va o‘simlikda uning to‘qimalarni keskin o‘sib ketishiga olib keladi (gipertrofiya).
Bu sinfga kiruvchi zamburuglar 3 ta tartibga bo‘linadi:
a.tartib:Plazmodioforalilar.
Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning vegetativ tanasi o‘simlikni zararlangan xujayrasida hosil
bo‘ladigan ameboidan iborat.
Ameboid yetilgandan so‘ng tinchlik davrini kechiruvchi sporalarga sistaga bo‘linadi.
Bu tartib bitta oiladan Plazmodioforatsiya va 2 ta Plazmodiofora va Spongospora avlodlaridan
iborat.
1.Plasmodiophora avlodi – bu avlodga kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi
sporalar xujayin o‘simlikni xujayralarida erkin joylashgan. Plasmodiophara brassicae – karamda
kila kasalligini keltiradi.
Kasallangan o‘simliklarning ildizlarida shishlar hosil bo‘ladi (gipertoniya).
Spongospora – avlod – bu avlod kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi sporalar
zararlangan xujayralarda yopishgan holda bo‘ladi.
Avlod vakili - Spongospora subtiraniae (kartoshkada parsha) kasalligini hosil qiladi. Bu zamburug‘
o‘simlikning
yer osti qismini zararlab, tuganaklarida, ildizlarida qo‘shimcha ildizlar g‘adir – budur
shishlar hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: