Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Microbiology

Masalan: graminicola boshoqli ekinlarda korli chirish kasalliklarini keltiradi.
Giberella (Giberella) avlodi vakillarining peritesiyalari qora, to‘q-siyoh rang bo‘lib, to‘p-
to‘p bo‘lib joylashgan. Stromalari yaxshi rivojlanmagan, hamda ma’lum shaklga ega bo‘lmaydi. 
Masalan: G. Saubinetii-boshoqli ekinlarda fuzurioz kasalliklarini keltiradi.
2.Clavicipitales (Klavisipitales) tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanachalari to‘q yoki 
ochiq ranglarda bo‘ladi. Peritesiyalar etli va yumshoq stromalarda hosil bo‘ladi. Bu tartib 1 ta 
Clavicipitaseae oilasini tashkil etadi. Oila esa ikkita asosiy avloddan iborat. 
 Epichloe (Epiloe) avlodi vakillarning stromalari tarqoq, ma’lum shaklga ega emas. 
Peritesiyalari tuxumsimon, xaltachalar silindr shaklida, sporalari rangsiz, bir to‘siqli, bir xujayrali
ko‘pincha ipsimon bo‘ladi. 
Masalan: E.typhina – boshoqli ekinlarda qoplovchi kasalliklarni keltiradi.
Claviceps (Klaviseps) avlodi vakillarning stromalari substrat Bilan bogliq, tarqoq bo‘lib, 
sklerotsiyalardan hosil bo‘ladi, etli binafsha rangli. 


Masalan: Ce.purpurea – boshoqlilarda sporinya kasalliklarini keltiradi 
3.Sphaeriales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‘zasimon bo‘lib, qora va jigar 
ranglarda bo‘ladi. Xaltachalari silindrsimon va tugnogichsimon bo‘ladi. Bu tartib 3 ta oilani tashkil 
etadi.1.Polystigmaceae; 2.Roselliniaceae;3.Phyllachoraceae. 
Polystigmaceae oilasi 1 ta Polystigma avlodini beradi. Bu avlod vakillarining xaltachalari 
uzun to‘gnogichsimon bo‘lib, sporalari rangsiz, bir xujayrali. Peritesiyalari sharsimon, stromalari 
etli, qizil va sargish ranglarda bo‘ladi. 
Masalan: P.rubrum- olxo‘rining qizil doglanish kasalligini keltiradi 
Poselliniaceae oilasi 1 ta Ceratostomella avlodini beradi. Bu avlod vakillarining stromalari 
bo‘lmaydi. Peritesiyalari esa yakka ayrim hollarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi.

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin