hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday hayvonlar rasioniga oqsil,
aminokislotalar, vitaminlar qo‘shib berish samaralidir. Kavsh qaytaruvchilar
bunday qilishga uncha muxtoj bo‘lmaydi. Chunki, ularning oshqozon-
ichaklarida yetarli miqdorda mikroorganizmlar bo‘lib, ular ovqat xazm bo‘lishi
jarayonida zarur aminokislotalarni hosil qilish imkoniyatiga egadirlar.
Ozuqa oqsili mikroorganizmlar ishtirokida suyuq parafindan,
uglevodlardan Kandida avlodi vakillari bo‘lgan achitqilar yordamida olinadi.
Bunda oqsil – vitamin – kompleksi (OVK) hosil bo‘ladi. OVK ni analiz qilish
uning hayvonlardan olinadigan ozuqa maxsulotlaridan sifat jixatidan
qolishmasligini isbotladi. Ozuqa oqsillarini mikroblar ishtirokida har xil
chiqindilar, etil spirti, yogoch chiqindilari, xatto go‘ng va x.k. lardan ham olish
imkoni bor. O‘zbekistonda xlorellani ko‘paytirib ozuqa qiymatini oshirish
amalga oshirilgan. Xlorella ham ko‘p oqsil va vitaminlarni ushlaydi.
Hayvonlarda vitamin S sintezlanadi. Kavsh qaytaruvchilar xazm
organlaridagi mikroorganizmlar tomonidan vitamin V va K yetarli miqdorda
hosil bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik vitaminlarga hayvonlar muxtojdir. Shuning
uchun sanoat miqyosida mikrobiologik usullar bilan vitamin V
12
(asetonbutil
aralashmasidan) 50
o
S metan bijgishini qo‘zgatuvchilar ishtirokida, vitamin V
2
provitamin A, (achitqilar yordamida olinadigan) vitamin D va x.k. larni
mikrobiologik usulda ishlab chiqarish ozuqa qo‘shiladi.
V) Shuningdek ozuqaga antibiotiklar ham qo‘shiladi. Ayniqsa jo‘jalarga
senisillin (200 ming boshga) 40 mg/kg yoki biomisin (20 mg/kg) yemiga
qo‘shib beriladi. Cho‘chkalar, sogin sigirlar, toylar va boshqa hayvonlar
rasioniga qo‘shib berilsa, ogirligi ortadi, sut berish, suyak mustaxkamligi ortadi
va x.k. Mikroblar ishtirokida kormogrizin (streptomiset grissus misellasi
qo‘shib tayyorlanadi). Vitamisin (streptomitsey auchevertikillatus) kormarin
(strentomiset aurigiseus), Flavomisin (qo‘zgatuvchi streptomitsey
bambergiepsis) tayyorlanib ozuqaga qo‘shib beriladi. Ozuqa antibiotiklarni
tayyorlashda asosan aktinomisetlar kulturasi ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: