Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


MAVZU: O‘SIMLIKLARDA KASALLIK QO‘ZG‘ATADIGAN BAKTERIYaLAR



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Microbiology

MAVZU: O‘SIMLIKLARDA KASALLIK QO‘ZG‘ATADIGAN BAKTERIYaLAR. 
Ish rejasi:
I. Parenximali kasalliklar: 
1. Dog‘lanish -g‘o‘za gommozi, bodring bakteriozi. 
2. Chirish - kartoshkaning xo‘l chirishi. 
3. Shishlarni xosil bo‘lishi - olmaning ildiz raki, tokning 
bakteriya raki. 
II. Parenximali - o‘tkazuvchi to‘qima kasalliklari: 
1.So‘lish - kartoshkaning xalqali chirishi, pomidorning bakteriya raki. 
 
Zaruriy jixozlar: Gerbariydan namunalar; bodring va g‘o‘zaning zararlangan barglari
zararlangan olma ko‘chatlarining ildizi, tokning zararlangan poyasi. Konservalangan 
ko‘rgazmalar: chirigan kartoshka. 
 
Bakteriyalarning umumiy tavsifi. Bakteriyalar bir xujayrali xlorofilsiz organizmlardir. 
Bakteriyalar juda yupka qobiq bilan o‘ralgan protoplazmadan iboratdir. Ularning o‘lchami 0.06-0.3 
dan 3.5 mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ko‘pincha sharsimon, tayoqchasimon shaklga 
ega bo‘ladi. Deyarli xamma bakteriyalar xivchinga ega bo‘lib, bu xivchinlar xujayraning bir yoki 
ikki uchiga, ayrim xollarda esa butun xujayra bo‘ylab joylashgandir. Xivchinlar yordamida 
bakteriyalar xarakatlanadi. Xivchinga ega bo‘lmagan bakteriyalar xarakatlanmaydi. Fitopatogen 
bakteriyalarda bir qator fermentlar: proteaza, amilaza, protopektinaza va boshqalar bor. Mavjud 
fermentlarning yuqori darajali faolligi tufayli bakteriyalar o‘simlik ichiga kirib, xujayra devorlarini 
yemiradi, xujayrani nobud bo‘lishi tufayli patologik jarayon kuzatiladi, bu esa kasallikni turli xil 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. 
Bakteriyalar o‘simlik ichiga turli yoriqlar, qirilgan joy va boshka mexanik shikastlangan 
qismidan hamda tabiiy tirqishlar ustida, chechevichka orqali kiradi. 
O‘simlarda bakteriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni parenximali va parenximali-o‘tkazuvchi 
to‘qima kasalliklarga bo‘lish mumkin. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin