Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Microbiology

1 –avlod – Perenospora –bu avlodga kirgan zamburug‘larning konidiya bandlari dixotomik 
shoxlangan. Ularning uchlari o‘tkir bo‘lib konidiyalari joylashadi. Ushbu avlod vakili Perenospora 
aystevales –bedani soxta un-shudring kasalligini qo‘zgatadi. 
2-avlod - Plazmopara – bu yerda ularning konidiya bandlari monopadial joylashgan bo‘ladi. Ushbu 
avlod vakili – Plazmopara vitikola tokning mildyu kasalligini qo‘zgatadi. 
 3-avlod Bremiya – bularda konidiya bandlarining uchlari panjasimon shaklda bo‘ladi. Ular salatda 
soxta un-shudring kasalligini qo‘zgatadi. 
4- oila Albuginatsiya: Bu oila zamburug‘Lar oq zang kasalligini keltirib chiqaradi. 
Ularngparazit holda yashaydi. Konidiyalar epidermis tagida joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun ular 
o‘simliklarda oq yostiqchalar hosil qiladi. Bu oilaga 1 ta Albugo avlodi kiradi. Bu avlodga kiruvchi 
zamburug‘larning konidiyalari bulavkasimon bo‘ladi. Konidiyalar epidermis yorilgandan so‘ng 
o‘simliklarni zararlaydi. Ular o‘simliklarda oq zang kasalligini qo‘zgatadi. 
Avlod vakili
– Albugo kandida - krestguldoshlarga zang kasalligining 
keltiradi.
 
12-MAVZU: ASKOMISETLAR SINFINING SISTEMATIKASI.


HEMIASCOMYCETIDAE (GEMIASKOMISETLAR) KENJA SINFINING
VAKILLARI. 
Ish rejasi: 
1. Endomycetales. tartibi: 
1. Endomycetaseae oilasi 
2.  Taphrinales tartibi: 
3. Taphrinaseae oilasi 
 
Zaruriy jihozlar : Rangli jadvallar. Gerbariydan namunalar (shaftoli barglarini bujmayishi). 
Fiksatsiya qilingan bankalar (olxo‘ri mevalarini danaksizlanishi). Lupalar. 
Topshiriq: 1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish. 
Askomisetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘larning tanasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, bularning
miseliysi ko‘p hujayrali bo‘ladi. Bularning jinssiz ko‘payishi konidiyalar yordamida o‘tadi. Jinsiy 
ko‘payishi esa otalik va onalik xujayralarni qo‘shilishi yordamida o‘tadi. Askomisetlar sinfi 
xaltachalarni joylashiga qarab 3 ta kenja sinfga bo‘linadi. 
1. 
Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni yalongoch xaltali 
zamburuglar, bularmiseliyda ochiq holda joylashadi. 
2. 
Loculoascomycetidae  (lokuloaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni soxta meva 
tanali zamburuglar, bular miseliyni oraligida maxsus bo‘shliqlarda 
joylashadi. 
3. 
Euascomycetidae (euaskomisetlar) kenja sinfi ya’ni xaqiqIy xaltali 
zamburuglar, bular miseliyda meva tanalarning ichida joylashadi. 
1. Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar zararlangan 
o‘simlik organlarida joylashagan bo‘ladi. Bu kenjja sinf 2 ta tartibga bo‘linadi. 
1. Endomycetales (endomuketales) tartibi. 
2. Taphrinales (tafrinales) tartibi. 
1. Endomycetales  tartibiga kiruvchi zamburuglar saprofit holda hayot kechiradi. Bular 
tabiatga juda keng tarqalgan bo‘lib, shakarga boy bo‘lgan mevalarda, shikastlangan daraxt 
tanasining shirali oqimida, gul nektarlarida uchraydi. Bu tartib Endomycetaseae oilasini tashkil 
etadi. Oila esa bir necha avlodga bo‘linadi. 
1. Endomyces  (Endomukes) 
2.Nematospora  (Nematospora)
3. Saccharomyces (Saxaromises) 
1. Endomyces  avlodiga kiruvchi zamburuglar miseliy shoxlarida xaltalar va sporalar hosil qiladi. 
Bularning shakli dumaloq yoki qalpoqchasimon bo‘ladi. 
 Masalan: E.mali olmaning chirish kasalligida uchraydi. 
2.Nematospora avlodiga kiruvchi zamburuglarining miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘lib, sporalari 
yelpigichsimon yoki dumaloq shaklda bo‘ladi. 
3. Saccharomyces  avlodiga achitqi zamburuglar kiradi. Bu avlod vakillarining haqiqIy miseliysi 
bo‘lmaydi, bular kurtaklanish yo‘li Bilan hosil bo‘ladigan bir yadroli xujayralardan iborat. Asosan 
kurtaklanish yo‘li Bilan ko‘payadi. 
Taphrinales tartibiga kiruvchi zamburug‘lar parazit holda hayot kechiradi.Bunday parazitlar 
o‘simliklarda deformatsiyalar hosil qiladi, ya’ni zararlangan organlarda barglarni bujmayishi, 
mevalarda esa danaksizlikni va turli shakl o‘zgarishlarini sodir etadi. Bu tartibga kiruvchi 
zamburuglarning miseliysi ipsimon, ko‘p xujayrali bo‘lib, endofit rivojlanadi (ikki yadroli 
xujayralar). Xaltachalari meva tanasiz miseliyni o‘zida yalangoch holda hosil bo‘ladi. Xaltachalar 
silindrsimon va zich joylashgan. Bu tartib 1 ta
Taphrinaseae oilasini tashkil etadi. Oila esa 1 ta Taphrinia  avlodini beradi. 
Taphrinia  avlodi vakillarining miseliysi bir yoki ko‘p yillik bo‘lib, ko‘p yilliklari 
daraxtlarning tanasida saqlanadi, bir yilliklari esa barglarda rivojlanadi. Ko‘p yillik 


zamburug‘larning miseliysi to‘qimalarda chuqUr joylashib kurtaklarda qishlaydi va kelgusi yilda 
Yangi organlarni zararlaydi 
Masalan: Taphrinia  deformans barglarda bujmayish kasalligini keltiruvchi zamburug. 
Taphrinia  zerasi – daraxtlarda supurgilar hosil qiluvchi zamburug.

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin