Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Microbiology

Masalan: Tilletia caries – bugdoy qattiq qora kuya kasalligi. 
1. 
Urokustis avlodi zamburuglarning teleosporalari ko‘pincha o‘simlikning yer ustki 
a’zolarida hosil bo‘ladi, ayrim hollarda ildiz va gullarda uchraydi. 
Masalan: Urocystis tritici – bugdoyda poya qora kuya kasalligi. 
2. 
Entuloma avlodi zamburuglarning teleosporalari yakka yoki gruppa bo‘lib joylashib, och 
sariq yoki och jigar rangda bo‘ladi. Bu zamburug o‘simlik barglarida, poyada, ildizli 
doglar hosil qiladi. 
Masalan: Entyloma clactylidis – rojda qora kuya kasalligi. 
Urdeniales tartibi. Bu tartib zamburuglari qishloq xqo‘jalik ekinlarida zang kasalligini 
keltirib chiqaradi. Ular obligat parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi. Bu zamburuglarning to‘liq 
rivojlanish sikli (davri) to‘rt bosqich va besh xil sporalarda hosil bo‘ladi. 
Birinchi bosqich – Esidiy bahorgi. Bular ikki xil ko‘payadi: Spermogoniyalarda spermalar 
hosil bo‘ladi va esidiylarda esidiosporalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich – Urediniya yozgi. Urediniya to‘plamlarida uredosporalar hosil bo‘ladi. 
Uchinchi bosqich – Teliopustula kuzgi - qishki. Teleopustula to‘plamidan teliosporalar 
hosil bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich – bazidiyali qishki. Bazidiyalarda bazidiya sporalar hosil bo‘ladi.
Shu tariqada Uridinales tartibi to‘rt bosqichi va besh xil ko‘rinishda ko‘payadi: spermalar, 
esidiosporalar, uredosporalar, teliosporalar va baziyasporalar. 
Teliosporalarni tuzilishiga qarab Uredinales tartibi ikkita oilaga bo‘linadi. 
1-Puksinatsiya, 2- Melamsporatsiya
1. Puksinatsiya oilasi zamburuglarning teleopustulasi epidermis tagida joylashgan bo‘ladi. 
Teleosporalari odatda oyoqchali, bir yoki bir nechta xujayralardan yakka yoki ajralmagan holda 
bo‘ladi. Ba’zi avlodlarda shilimshiq yigilgan holda hosil bo‘ladi.Bu oila o‘z ichiga to‘rtta avlodni 
oladi: 1- Uromisis, 2-Puksinatsiya,3-Fragmidium, 4- Gimnosporangium. 
1. Uromisis avlodi vakillarining teliosporalari bir xujayralidir. Bu avlod zamburuglari donli 
ekinlarda yozgi uredina va qishki teliopustula bosqichida parazitlik qilib yashaydi, bahorgi bosqichi 
esidiylari molochay o‘simligida rivojlanadi.

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin