Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


VAKILLARI.  Ish rejasi:  1. Hyphomycetales tartibi



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Microbiology

VAKILLARI. 
Ish rejasi: 
1. Hyphomycetales tartibi. 
1. Moniliaceae oilasi 
2. Dematiaceae oilasi 
3. Tuberculariceae oilasi 


2. Melanconiales tartibi 
1. Melanconiaceae oilasi 
Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (mevali daraxatlarning chirish kasalliklari, guzaning 
vertisillyoz so‘lish, tokning antraknoz, maymunjonning qo‘ngir doglanish, tutning silindosporioz 
kasalliklari). Rangli jadvalar. Aspergillus va Penicillium  zamburuglarini sof kulturasi. Mikroskop 
buyum va qoplagich oynachalar, sirtmoq, spirt lampasi. 
Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 
Bu sinfga kiruvchi zamburug‘lar yuksak zamburug‘lar guruhiga kiradi. Bularning tanasi ko‘p 
hujayrali miseliydan iborat. Bu sinf zamburuglari jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi, ya’ni konidiya va 
konidiyabandlari yordamida. Takomillashmagan zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular 
tuproq va o‘simlik qoldiqlarida saprofit hamda parazit holda yashaydi. Ba’zi tartibga kiruvchi 
zamburug‘lar antibiotik zamburug‘lar hisoblanadi (penisillium, aspergillus), ayrim vakillari juda 
zararli kasalliklarni keltiradi. Bu sinf zamburug‘lari qishloq xo‘jalik ekinlarida chirish, dog‘lanish, 
so‘lish kabi kasalliklarini keltiradi. Bular konidiya, konidiyabandlarini tuzilishi va ularni rangiga 
qarab 4 ta tartibga bo‘linadi:
1. Gifomisetales -Hyphomycetales.
2. Melankoniales- Melanconiales.
3. Sferopsidales – Sphaeropsidales.
4. Misilialilar -Myceliales 
Gifomisetales - Hyphomycetales tartibi. Bu  tartibi vakillarining konidiyasporalari 
subtratdan dastalanib yoki yakka holda tashqariga chiqadigan konidiyabandlarida hosil bo‘ladi. 
Konidiyabandlari oddiy yoki har xil shoxlangan bo‘ladi. Konidiyalari esa bir hujayrali, ko‘p 
hujayrali ko‘ndalang yoki uzunasiga to‘siqli, ipsimon, ovalsimon bo‘lishi mumkin. Konidiyalar 
konidiyabandlarida yakka holda, zanjirsimon yoki boshsimon bo‘lishi mumkin. Gifomisetalis tartibi 
zamburug‘lari 3 ta oilaga bo‘linadi: 1. 1. 1.Moniliatsiya - Moniliaceae.
2. Dematatsiya -Dematiaceae.
3. Tuberkulyaratsiya - Tuberculariceae. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin