Kurs ishining maqsadi: O`simliklar o`z vegetatsiyasi davomida tuproqdan o`rtacha 60 kg/ga miqdorda fosforni olib chiqib ketadi va tuproqga qaytarmaydi. O`simliklar uchun zarur fosfor ekin maydonlarini fosforlash orqali to`ldirib turiladi. Ayniqsa o`simliklar azotli o`g`itlar bilan yaxshi ta’minlanganda ularning fosforga bo`lgan talabi ortadi. Masalan fosforli o`g`itlarning g`o`zaga berilish miqdori 1 : 0,7 kutilgan hosilni olish mumkin. Fosforli o`g`itlar suvda erishiga qarab uch guruhga bo`linadi. Bular suvda eriydigan, suvda erimaydigan, ammo kuchsiz nordon muhitda eriydigan va suvda hamda kuchsiz kislotalik muhitda ham erimaydigan fosforli o`g`itlardir.
Kurs ishining vazifasi: Biz suvda eruvchan fosforli o`g`itlarga misol sifatida oddiy superfosfat-Ca(H2PO4)2 va qo`sh superfosfat- Ca(H2PO4)2-2H2O birikmalarini ko`rsatishimiz mumkin. Oddiy superfosfatda o`zlashtiriladigan fosfor miqdori nisbatan kam 14% bo`lib, qo`sh superfosfatda ushbu ko`rsatgich 30% atrofida bo`ladi va tarkibida oz miqdorda ortofosfat kislotasini tutadi. Superfosfatlar fosfori kam harakatchan bo`iganligi sababli solingan joyda to`planib qoladi va ularning samarasi 2-3 yildan so`ng bilinadi.
Kurs ishining metadologik asoslari: Hozirgi vaqtda superfosfatni donador va ammiaklashtirib, ammofos tayyorlanmoqda. Unda 48-60% P2O5, 11% azot bo`ladi. Fosforli o`g`itlarning fosfori suvda erimaydigan ammo kuchsiz kislotada eriydigan formasiga pretsipitat kiradi (H3PO4 + 2Ca). Uning tarkibida o`simlik o`zlashtiradigan 25-38% P2O5 bor. Fosfori suvda ham va kuchsiz kislotada ham erimaydigan o`g`itga fosforit uni va suyak uni kiradi. Mikroelementlar ko`pchilik fermentlarning faollik markaziga, vitaminlar tarkibiga kirib o`simliklarni turli kasalliklarga va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning tanqisligi o`sish va rivojlanishga salbiy ta`sir etib, hosildorlikni keskin pasaytirishi mumkin.