Mikroelementlar va ularning fiziologik ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Mineral elementlarning yutilish mexanizmi


Ammoniyli yoki ammiakli o`g`itlar



Yüklə 347,5 Kb.
səhifə8/12
tarix14.12.2023
ölçüsü347,5 Kb.
#140737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mikroelementlar va ularning fiziologik ahamiyati

Ammoniyli yoki ammiakli o`g`itlar, masalan ammoniy sulfat-(NH4)2SO4, suyuq suvsiz ammiak bo`lib 82,2% azot tutadi (NH4)2SO4 Ammiakli o`g`it NH4OH esa tarkibida ammiakning 25% li suvli eritmasini tutadi. Ushbu o`g`itlar fiziologik jihatidan kislotalik xossasiga egaligi tufayli ularning samaradorligi kuchsiz ishqoriy va neytral muhitli tuproqlarda yuqoridir. Nordon muhitli tuproqlarda esa ushbu o`g`itlarni solish bilan birga tuproqni ohaklash tavsiya qilinadi.
Ammoniyli-nitrat o`g`itlar. Bu asosiy azotli o`g`it ammiakli selitra-NH4NO3 bo`lib tarkibida 34% azot tutadi. Fiziologik jihatidan nordon, ammo (NH4)2SO4 o`g`itiga nisbatan tuproqni kamroq nordonlashtiradi. Nordon muhitli tuproqlarga (NH4NO3+CaCO3) holida solish tavsiya qilinadi.
Mochevina [(karbamid) CO(NH2)2] tarkibida 46% azot saqlaydi va tupoqga uning o`zi solinganda uni yengil ishqorlaydi.
O`simliklar mochevina va ammiakli o`g`itlar bilan oziqlantirilganda azotning yo`qolishini oldini olish uchun ozroq nitrifikatsiya ingibitorlaridan qushish tavsiya qilinadi. Azotli o`g`itlar o`z ta`sirini uzoq saqlamaydi va tuproqda ko`p to`planmaydi. Tez eruvchan bo`lib tuproqning chuqur qatlamiga tushib ketadi. Ularni ma’lum qismi mol azotga aylanib, ya`ni denitrifikatsiya natijasida havoga chiqib ketadi.
Fosforli o`g`itlar. O`simliklar o`z vegetatsiyasi davomida tuproqdan o`rtacha 60 kg/ga miqdorda fosforni olib chiqib ketadi va tuproqga qaytarmaydi. O`simliklar uchun zarur fosfor ekin maydonlarini fosforlash orqali to`ldirib turiladi. Ayniqsa o`simliklar azotli o`g`itlar bilan yaxshi ta’minlanganda ularning fosforga bo`lgan talabi ortadi. Masalan fosforli o`g`itlarning g`o`zaga berilish miqdori 1 : 0,7 kutilgan hosilni olish mumkin. Fosforli o`g`itlar suvda erishiga qarab uch guruhga bo`linadi. Bular suvda eriydigan, suvda erimaydigan, ammo kuchsiz nordon muhitda eriydigan va suvda hamda kuchsiz kislotalik muhitda ham erimaydigan fosforli o`g`itlardir.
Biz suvda eruvchan fosforli o`g`itlarga misol sifatida oddiy superfosfat-Ca(H2PO4)2 va qo`sh superfosfat- Ca(H2PO4)2-2H2O birikmalarini ko`rsatishimiz mumkin. Oddiy superfosfatda o`zlashtiriladigan fosfor miqdori nisbatan kam 14% bo`lib, qo`sh superfosfatda ushbu ko`rsatgich 30% atrofida bo`ladi va tarkibida oz miqdorda ortofosfat kislotasini tutadi. Superfosfatlar fosfori kam harakatchan bo`iganligi sababli solingan joyda to`planib qoladi va ularning samarasi 2-3 yildan so`ng bilinadi.
Hozirgi vaqtda superfosfatni donador va ammiaklashtirib, ammofos tayyorlanmoqda. Unda 48-60% P2O5, 11% azot bo`ladi. Fosforli o`g`itlarning fosfori suvda erimaydigan ammo kuchsiz kislotada eriydigan formasiga pretsipitat kiradi (H3PO4 + 2Ca). Uning tarkibida o`simlik o`zlashtiradigan 25-38% P2O5 bor. Fosfori suvda ham va kuchsiz kislotada ham erimaydigan o`g`itga fosforit uni va suyak uni kiradi.



Yüklə 347,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin