2
REJA:
1. Kirish…………………………………………………………………… 2
2.Asosiy qism………………………………………………………………5
2.1.Soliq atamasiga nisbatan turli xil qarashlar…………………………….5
2.2.Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va ob‘ektiv zarurligi……...…..12
2.3.
Soliqlarning umumiy belgilari, funksiyalari va vazifalari hamda ularni
guruhlash tartibi……………………………………………………….. 19
2.4. Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari……………… 33
3. Xulosalar……………………………………………………………. 38
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………. 40
3
KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki
va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali
to‘playdi.
Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini
shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi,
soliq
to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy
resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx
belgilashga ta‘sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini
tartibga solib turadi,
imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy
himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati
davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob‘ektiv
majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu
moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,
milliy
daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga
xizmat qiladi. Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat
byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog‘liqdir. Soliq
bozor konyukturasini boshqarishga o‘ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari
orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo‘lsa
ularni inqiroz holatiga
tushib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Shu bois moliyaviy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy
– iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda soliq munosabatlari muhim rol o‘ynaydi.
Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashga,
balki mukammal byudjet siyosatini yuritishga,
aholi turmush darajasini
yaxshilashga erishish mumkin bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi
mavzusi dolzarbdir.