Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot



Yüklə 94,18 Kb.
səhifə4/13
tarix24.10.2023
ölçüsü94,18 Kb.
#130776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi-fayllar.org

Samuel Johnson (1709-84). Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida
emas balki u tuzgan izchil ―Lug`at‖ tufayli ko`proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda
soliqlarga bevosita aloqador bo`lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari,



9
Amerika mustaqillik urushi markazidagi masalalar bilan shug`ullanadigan ―The


Patriot‖ (1774) va ―Taxation No Tyronny‖(1775) asarlarini yozadi. Johnson
Angliyaning Amerika koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va
Amerikani ―Angliya himoyasida saqlanuvchi... Angliya nizomi bo`yicha tuzilgan...
Angliya armiyasi tomonidan mudofaa qilinuvchi‖ deb
ta`riflaydi va ―Ular bizning davlat himoyasi ostida
rivojlanmoqda, shuning evaziga nimadur berishlari
kerak‖ degan fikrni ilgari suradi. Agar Amerikaliklar
ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to`laligicha
qabul qilishlari kerak edi, jumladan soliqqa aloqador
bo`lganlarini ham. Ular o`zlari yoqtirgan elementlarni
olib tashlay olmasdilar. Qonun ko`pchilikning xohishi
bilan yo`lga qo`yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o`z huquqlarini
topshirishga majbur bo`ldilar.


Devid Yum (1711-76). Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi
tushunchasini yo'q qilishi bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u
hukumatlar qanday bir turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li
bilan tashkil etiladi, deb bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma
bo‘lmasa, hokimiyat qanday qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkin? Bu savolga
Yum aniq javob bermagan bo‘lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida
ma‘lumotlar bor.
2
Hukumat shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni
barchaning manfaati uchun yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar
tinch jamiyatni yaratish hamda milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun
yaratiladi. Soliq to'lash inson hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog‘liq
fuqarolik burchidir, deya xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa
ishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ―Inson aqli haqida so‘rov‖ asarida
2
Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor
and Francis Group. 2015



10
(u taklif qiladi), inson harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o‘zini qanday


tutishi kerakligi har doim ham asos bo‘la olmaydi. Demak, soliqda buni qo‘llasak,
inson uni qabul qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun
paydo bo‘lgani haqida o‘ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor
narsadan foydalanishi, garchi u narsa o‘zgartirilishi mumkin bo‘lsada, u bilan
shug‘ullanishi kerak. Yum o‘zining original shartnoma inshosida buni yanada
oydinlashtiradi: Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali
tashkil etilgan bo‘lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga
sodiqlik yoki ahloq qoidalaridan ko‘ra ko‘proq zaruriyat va qo‘rquvi uchun
bo‘ysunadi... Vaqt, darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni
ular bosqinchi yoki mustabid deb o‘ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga
yaxshi munosabat bildirishga o‘rgatadi.
Yumning ―Soliq‖ deb nom olgan inshosida
soliq bo‘yicha qarashlar tushuntirib ketilgan. U soliq
nazariyasiga yo‘naltirmaydi, balki ishchilar qanday
qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga
ko‘nishi, ish haqini katta darajada oshmasligi haqida
munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa,
albatta ko‘proq pul topadi. U iqlimi keskin bo‘lgan
mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy noqulayliklarni
yengib o‘tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko‘rib, solishtiradi. U
soliqqa tortishning eng yaxshi yo‘li muhtoj odamlarni emas, balki boy insonlarni
soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning ―Fuqarolar ozodligi‖ (1741) nomli
inshosida ozod bo‘lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli yo‘qolib
ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi.


Yüklə 94,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin