41
2-xulosa. Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‗planib
borishini ta‘minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy
rivojlanishning umumdavlat,
mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‗batlantirish,
ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun
foydalaniladi.
3-xulosa. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy
shaxslar o‗rtasida vujudga keluvchi ob‘ektiv majburiy to‗lovlarga asoslangan
moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus
ijtimoiy xarakterga ega bo‗lib, milliy daromadning bir qismi bo‗lgan pul
mablag‗larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
4-xulosa. Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi
hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi
asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o‘zlarining
bajaradigan muhim
vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va
boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak.
5-xulosa. Davlat budjetiga tushgan soliq va to‗lovlarni
tushumini tahlil
qilish natijasida soliq tizimini rivojlantirish samaradorligi, korxonalarni ishlab
chiqarish
sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish faktorlari
o‗rganib chiqiladi va ishlab-chiqarish uchun «soliq iqlimi» yaratiladi. Tahlil
asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o‗sish sur‘atlarini o‗sishi
yoki pasayishi,
mablag‗ to‗planishini tezlatilishi yoki sekinlashtirilishi, aholining to‗lov qobiliyati
kengayishi yoki kamayishi bo‗lgan tasiri o‗rganib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: