Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Kurs ishi mavzusining ob’ekti va predmeti



Yüklə 94,18 Kb.
səhifə2/13
tarix24.10.2023
ölçüsü94,18 Kb.
#130776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi-fayllar.org

Kurs ishi mavzusining ob’ekti va predmeti. Kurs ishining ob‘ekti bo‘lib
soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati, ularning funksiyasi va tamoyillarini


4
o‘rganish hamda yurtimizda amalga oshiralayotgan soliq islohotlarini tahlil qilish


jarayoni hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi soliq haqidagi
iqtisodchi olimlarning arshlarini o‘rgansih, soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati,
ularning funksiyasi va tamoyillarini keng ko‘lamda tahlil etish, soliqlarni davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi rolini ochib berish, mamlakatimiz
miqyosidagi soliq bo‘yicha qilinayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish va
xulosalardan iborat.
Ishning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning vazifalari
quyidagilardan iborat:
- Soliqlar haqidagi iqtisodchi olimlar fikrlarini tahlil etish;
-Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi;
-Soliqlarning umumiy belgilari, funksiyalari va vazifalari hamda ularning
tamoyillari;
-Yurtimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan chora va tadbirlarni;
- Xulosalar.




5

2. ASOSIY QISM 


2.1. SOLIQ ATAMASIGA NISBATAN TURLI QARASHLAR. 
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq
tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi
bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi
kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib
chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq
tizimining
asosiy
tamoyillari
qanday
bo`lishi
kerakligini
aniqlashga
bag`ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar,
eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy
siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf
Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq
iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan
o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning
soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning
boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi
o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb
qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag`
topa olmaydiganlargaijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi.
1
Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga
kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi
mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan.
U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov,
ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi
1
Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor
and Francis Group. 2015



6
mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu


kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan.
"Uzoq o`n sakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam
Smit va uning izdoshlari hozirgi kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab
chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi
g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida
ko`plab ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida
kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi
Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706-yil Gollandiyadagi
hamkasibiga shunday yozadi: “Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan 
qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq 
tezlikda tarqalishi shart” 
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi
kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning
uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David
Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham,
Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki
siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida
axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu
qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam
Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir.


Yüklə 94,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin